Diqqat va uning xususiyatlari reja: Diqqat haqida tushuncha. Diqqatning fiziologik asoslari


Download 23.94 Kb.
bet2/5
Sana24.12.2022
Hajmi23.94 Kb.
#1051750
1   2   3   4   5
Bog'liq
DIQQAT VA UNING XUSUSIYATLARI

2. DIQQATNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Diqqat malum nerv markazlarining qozgalishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan bogliqdir, bu esa obekt uchun ahamiyatli bolgan qozgatuvchilarni ajratishni, yani psixik faoliyatning yonaltirilishini taminlaydi. Har qanday yangidan yuzaga kelgan qozgatuvchi, agar u etarli darajada intensiv kuchlanishga ega bolsa tegishli qozgalish jarayonini yuzaga keltiradi, bu refleks I.P.Pavlov aytganidek “bu nima” degan refleks bilan ifodalanadi. Bu sodda turdagi diqqatning fiziologik asosidir.

Diqqat assotsiatsiya yoli bilan eslash va uning yangilik bilan farq qilmaydigan, lekin u obekt favgulodda alohida ahamiyat kasb etgan obektlarni idrok qilish bilan bogliq bolishi mumkin. I.P.Pavlov tomonidan kashf etilgan nerv jarayonlarining induktsiya qonuni diqqatning fiziologik asoslarini tushunib olish uchun ahamiyatga egadir. Mana shu qonunga muvofiq, bosh miya postining bir joyida maydonga kelgan qozgalish jarayonlari bosh miya postining boshqa joylarida tormozlanish jarayonlarini yuzaga keltiradi. Bosh miya postining ayrim bir joyida yuzaga kelgan tormozlanish jarayoni bosh miya pustining boshqa joylarida kuchli qozgalish jarayonlarini paydo bolishiga olib keladi. Ayni shu paytning har bir onida miya postida kozgalish jarayoni uchun optimal, yani nihoyatda qulaylik bilan harakatlanuvchi biror bir kuchli qozgalish manbai mavjud boladi. “Agar bosh suyagiga qarash imkoni bolganda, degan edi I.P.Pavlov, uning ichidagi miya korinadigan bolsa, agar miya yarim sharlarida optimal kuchli qozgalish uchun eng yaxshi sharoit tugilgan nuqtasi miltillab korinadigan bolsa, yangi soglom bir narsani oylab turgan odamning miyasiga qaraganimizda uni miyasini katta yarim sharlarida juda galati jimjimador shaklli, surati va hajmi har damda bir ozgarib, turlanib, jimir - jimir qilib turgan yorug narsani u yoqdan bu yoqqa yugurib qimirlab turganini va miya yarim sharining bu yorug narsa atrofidagi boshqa erlarni bir muncha xira tortib turganini ko`rardik”.


A.A.Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantlik tamoyili ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun katta ahamiyatga ega. Dominantlik tamoyiliga muvofiq miyada qozgalishning har doim ustun turadigan hukmron ochogi mavjud boladi, bu hukmron qozgalish ochogi aynan shu damda miyaga tasir qilib, unda yuzaga kelayotgan hamma qozgalishlarni qandaydir ravishda oziga tortib oladi va buning natijasida boshqa qozgalishlarga nisbatan uning hukmronligi yanada oshib boradi. Nerv tizimi faoliyatining tabiati qozgalishning hukmron bolishi yoki dominantning mavjudligi bilan asoslanadi.

Bu hol psixologik jihatdan biror qozgatuvchilarga diqqatning qaratilishi va ayni chogda tasir qilib turgan boshqa qozgatuvchilardan diqqatning chalgishida ifodalanadi. Jiddiy diqqat, odatda oziga xarakterli bolgan tashqi ifodalari bilan bogliq boladi. Narsani yaxshilab idrok qilishga qaratilgan harakatlar bilan (tiqilib qarash bilan eshitish) ortiqcha harakatlarni toxtatish, nafas olishni sekinlashtirish, diqqat uchun xos bolgan yuz harakatlari bilan bogliq bo`ladi.



Download 23.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling