Diqqatni tortish
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
3 ta katta xato
1-xato: O’ziga bo’lgan ishonchning pastligi. Bilimingiz qanchalik yuqori bo’lmasin, metodik jihatdan yaxshi qurollanmagan bo’lsangiz, albatta, o’quvchilarda faningizga qiziqish va o’zingizga nisbatan hurmatni uyg’ota olmaysiz. Hamkasblaringiz darslarini kuzating, masalan siz bilan parallel sinflarga dars beruvchi o’qituvchilar aynan siz o’tayotgan yoki o’xshash mavzularni sinflariga o’tayotgan bo’ladi. Demak, ularning darslarini kuzatish orqali shu ustoz aynan siz o’tmoqchi bo’lgan yoki kechagina siz o’tgan mavzuni qanday o’quvchilarga tushuntirganini va qanday metodlardan foydalanganini bilib olishingiz mumkin. Albatta, o’z pedagogik mahoratini eng samarali va arzon yo’l bilan rivojlantirish bu boshqa o’qituvchilarning darslarini kuzatish va yangiliklarni o’rganish hisoblanadi. 2-xato: An’anaviy metodlar bilan cheklanish. Zamon jadallik bilan rivojlanib borayotgan bir vaqtda eski, ya’ni hammamiz o’rganib qolgan, maktabda bizning ustozlarimiz qo’llagan dars o’tish uslublari bilan cheklanib qolish yaramaydi. Yangi asr avlodlari bizdan ko’ra kreativ va yangiliklarga o’chligi ko’rinib turibdi. Ular zamonaviy texnologiya asrida katta bo’lishyapti. Hatto, tan olamizki, zamonaviy texnikalardan foydalanish, kreativ usulda ajoyib narsalar yasash, turli kashfiyotlar qilish yoshlar orasida ko’payib bormoqda. Tabiiyki, ular oddiy va bir xil dars o’tish ulubidan juda tez zerikishadi va buni darsda shovqin qilib, uyga vazifalarni bajarmay, sizga quloq solmay namoyon etishadi. Doimiy o’z ustingizda ishlab, dars jarayonlaringizga rang-baranglik bera olsangiz, ular yanada qiziqish bilan keyingi darslarni kuta boshlashadi va tabiiyki sizni va faningizni sevib qolishadi. 3-xato: Metodlardan foydalanishda qo’rquv. Albatta, har bir o’qituvchi o’zi uchun kashf qilgan va o’z sinfida faol qo’llab boradigan metodlari bo’ladi. Ammo, ko’p hollarda darsni kuzatish uchun tashqaridan biror o’qituvchi yoki metodistlar darslariga kirishsa ular hayajonlanib, shu metodlaridan foydalanmaydilar yoki mashhur tavsiya qilinadigan metodlardan foydalanib, yaxshi natija ko’rsata olmaydilar. Bu esa xatodir. Albatta, kim sizni kuzatishidan qat’iy nazar o’zingiz uchun qulay bo’gan va samarali metodlardan qo’rqmasdan foydalaning, albatta, yangi usullarni ham vaqti-vaqti bilan joriy qilib boring. Yangi metodlardan birinchi marta foydalanganda kutilgan natija bermasligi va uni amalga oshirish uchun ko’proq vaqt ketishi tabiiy holdir. Lekin siz aslo chekinmang, ishoning, har keyingi qo’llashingizda metodlar yanada samarali natija berishni boshlaydi, chunki bunga siz va o’quvchilaringiz ko’nikib, yangi qirralarini kashf qila borasiz. O’zingiz kashf qilgan metodlarni esa hamkasblaringizga o’rgating, hattoki, maqola va jurnallarda nashrga ham bering. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling