Diqqatni tortish
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munosabatlarimiz osishimizga tasir otkazadi.
- Shakllarni yodda saqla" metodikasi
Bir xillikdan qoching
Darslaringizni tez-tez noodatiy tarzda o’tish yo’llarini amalda qo’llab boring. Masalan, ochiq tabiatda dars o’tish va hk. Bundan tashqari, o’quvchilarni bir xil muhitda ushlab turib, hammasidan bir xil xatti-harakatlarni kutish ham noto’g’ri. Ba’zi o’quvchilar tabiatan o’ta sho’x, ba’zilari esa sokin bo’lishadi, bu esa tabiiy holdir. Ularga erkinroq bo’lishlariga imkon bering. Kimdir xursand bo’lganidan baqirib emotsiyasini ko’rsatishni tabiiy hol deb biladi, kimdir esa uyatchan, kimdir yugurib yurishni yaxshi ko’radi, kimdir 5 haho olsa sakraydi. Bunda ularning xatti-harakatlarini qattiq nazoratga olmasdan ya’ni hammani bir xil qolibga tushishiga majburlamasdan, o’z emotsiyasi va harakatlarida me’yor doirasida erkin bo’lishiga imkon bering. Munosabatlarimiz o'sishimizga ta'sir o'tkazadi. Bir paytlar Genri Ford aytganidek, "Bajara olaman deb o'ylaysanmi yoki bajara olmayman deb o'ylaysanmi, sen ikkisida ham haqsan" Ushbu gapdan ko'rinib turibdiki, barcha chegaralarni o'zimiz yaratamiz. Aslida chegaralar mavjud emas. Shuning uchun, yangi metod yoki ko'nikmani o'rganish menga emas degan gap, aslida yolg'on. “Shakllarni yodda saqla" metodikasi Ushbu metodikadan maqsad bolaning ko‘ruv (vizual) xotirasini rivojlantirish va turli rasmlar orqali bola xotirasini mustahkamlash. "Quyidagi geometrik shakllarga diqqat bilan qarang (20-30 soniya mobaynida) va ularni yodda saqlab qolishga harakat qiling"Keyin esa o’quvchilar birma-bir shakllarni (yoki ranglari bilan) ketma-ketlikda aytib beradi. Bu metod darsda o'quvchilar fokusini bir joyga jamlashga yordam beradi. Sinf qutisi Sinf xonasiga chiroyli quti yoki plastik idishni joylashtiring. Unga "Sinf qutisi" deb nom bering. Bolalarga har kuni o'zlarini baxtli his qilgan bir lahzani aks ettiruvchi stikerlardan birini qutiga solishlarini taklif qiling. Masalan, “men qiyin masalani yecha oldim, do'stim bilan maroqli vaqt o'tkazdim, tushlik menga yoqdi, chiroyli narsani ko'rdim” va hokazo. Har bir hafta so'ngida bolalar bilan baxt qutisiga solingan barcha stikerlarni olib o'qing. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling