Diqqatni tortish


Download 128.09 Kb.
bet16/16
Sana29.04.2023
Hajmi128.09 Kb.
#1399992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Metodlar to\'plami

Puzzle metodi
Bu usuldan foydalanishga 2-5 daqiqa vaqt ketadi. Bizga A4 formatdagi oq varoq yoki rangli qog’oz kerak bo’ladi. Masalan, o’quvchilaringizni 4 ta guruhga bo’lmoqchisiz. Bunda 4 ta A4 qog’ozlarga mavzuga oid kerakli ma’lumotlar yoki qiziqarli 10-15 qatorli faktlarni printerdan chiqarib olasiz. Ularni esa bir xil hajmda kesib chiqasiz va har birini alohida 4 ta konvertga solib chiqasiz. Dars boshlanganida esa, 1-3-5 (toq qatordagi) o’quvchilarga 180º orqaga burilishlarini aytasiz va qarabsizki, birinchi va ikkinchi partadagi o’quvchilar bir-biriga qarab o’tirgan holda 4 kishilik jamoani tashkil etadilar. Siz esa 4 ta konvertni har bir guruhga berib chiqasiz va start berishingiz bilan boshlab shu bo’laklarni ketma-ketlikda terib chiqishlarini aytasiz. Barcha guruh vazifani tugatganlaridan so’ng, har bir guruhdan 1 ishtirokchi shu ma’lumotlarni o’qib yoki tushuntirib berishlarini so’raysiz. Qarabsizki, barcha qiziqqonlik bilan shu mavzuni tezda o’zlashtirib oladi.
A4 format
Sizga qatorlar soniga ko’ra ta A4 format varoq kerak bo’ladi. Masalan, 3 qatordan ketma-ket 5 ta parta bo’lsin. Buni darsni boshida qilsangiz o’tgan mavzuni takrorlash, dars oxirida qilsangiz esa yangi mavzuni mustahkamlash bo’ladi. Masalan, yangi mavzu bo’lsa, “bugungi o’tilgan mavzudan nimalarni o’rgandingiz” deb savol beriladi. 1-partadagi 2 ta o’quvchi o’z fikrlarini yozib, orqadagi 2 ta o’quvchiga uzatadi, u esa keyingisiga va shu tarzda qator oxirigacha davom etadi. Sharti: 1 yozilgan ma’lumotni takror yozish mumkin emas. Qarabsizki, har bir keyingi yozayotgan o’quvchi o’zidan avvalgi yozilgan ma’lumotlarni o’qiyda va yanada mavzuni mustahkamlab, yangi ma’lumot yozishga harakat qiladi. Oxirgi partalarda, barchaga ma’lumki, darsga qiziqishi kam bo’lgan o’quvchilar o’tirishadi va ularga navbat yetganda esa ko’p ma’lumotlar yozib bo’lingan va ular yangilarini topishi kerak bo’ladi. “Qaysi qator birinchi” deya musobaqa kayfiyatini yaratish ham o’zingizga bog’liq.
Download 128.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling