Diqqatni tortish


Download 128.09 Kb.
bet13/16
Sana29.04.2023
Hajmi128.09 Kb.
#1399992
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Metodlar to\'plami

Ortiqchasini top
Bu usuldan miyani charxlash, fokusni bir joyga qaratish maqsadida foydalaniladi. Til darslari va boshqa fanlarda ham mavzuga aloqador faktlar yoki motivatsion so’zlar berish orqali bu usulni qo’llash mumkin.
M: Intntilganjhga tolge’fh ygor.
Bosshingaa qilliichsh bkelmassa kham rosthd so’zlag.
Decoder
Bu raqamlar ortiga yashiringan so’zni yechish deb nomlanadi.
13, 15, 4, 1, 12 22, 5, 2, 19 raqamlarda ingliz tili alphabet harflari yashiringan (avval o’zingiz topib ko’ring)
Bo’yash uchun rasmda ranglarni raqamlab berish ham mumkin. Qizil-1, oq-4, yashil-3
10 ta dalil
Kecha o’tilan mavzu doirasida 10 ta dalil (fakt) yozing.
IELTS qanday imkoniyatlar berishi haqida 10 ta dalil keltiring.
Badan tarbiyaning foydalari haqida 10 ta dalil keltiring.
3, 4, 5, 6, 7 metodi
Krossword shaklda asosan til o’rganuvchilar yoki boshqa fanlardan terminlar o’tilganda foydalansa yoki so’z topish o’yini tarzida tashkil etilsa ham bo’ladi. So’zlar sonini istalgancha o’zgartirish mumkin.
M: sayohatga oid so’zlar yozing. (Travel)

b

a

g













h

i

k

E































p

i

c

N

i

c


























3 bo’g’inli so’z
Hamma o’nidan turadi ishtirokchilar soniga qarab 3ta guruh tashkil qilinadi, ular o’zaro doira bo’lib turib oladi. Istalgan guruhdan 1 ishtirokchi tashqariga chiqib turadi. Qolgan jamoa bilan bugungi darsda ishlatilingan 3 bo’g’inli so’z tanlanadi. M: ug-le-rod. So’z tanlanib, 3 bo’g’inda alohida-alohida talaffuz qilinib olinadi va har bir guruh 1 tadan bo’g’in oladi. Chiqib turgan ishtirokchi taklif qilinadi va ustoz 1-2-3 deganda 3 ta guruh birdaniga o’ziga belgilangan bo’g’inni aytadi. Hamma baravar aytganda topadigan ishtirokchi chalg’ib qoladi va unga 3 martagacha imkoniyat beriladi. O’yin shu tarzda davom etadi.
Maktub metodi
Bu metoddan aynan darsda jim o'tiruvchi, gapirishdan o'zini chetga oluvchi yoki uyatchan, kamgap, ko’pchilik oldida hayajon his qiluvchi o'quvchilarni faol ishtirokini ta'minlash uchun foydalaniladi (ba’zi faol o’quvchilarni ham jalb qilgan ma’qul). Bunda varoqlarga boshlang’ich sinflarga 2-4 qator, yuqori sinflarga 10 qatorgacha ma'lumot yozilgan holda ularni konvertlar ichiga solib berish mumkin. Darsni boshlab, mavzu haqida tushuncha berilgandan so'ng, bu konvertlarni o'quvchilarga tarqatib chiqiladi. Konvertlar raqamlangan bo'ladi. Ustoz darsni boshlab, mavzuni tushuntirishni davom ettiradi va vaqti-vaqti bilan o'quvchilarga yuzlanib: "1-raqamli konvert egasi, iltimos o'zingizdagi ma'lumotni bizga tushuntirib bering" deb mavzuni kelgan joyida ularga murojaat qilib boriladi. Ular esa ko'pchilik sinfdoshlari oldida yozilgan ma’lumotlarni barchaga tushuntirib berishlari kerak bo’ladi. Bu orqali ularda sinfdoshlari oldida gapira olish, fikrlarini ommaga tushuntirib bera olish, hayajonni yengish va o’ziga ishonch paydo bo’ladi. Shu tarzda mavzuni kelgan asosiy joylarida maktublarga yozilgan ma’lumotlarni (masala, misol, fakt…) o’quvchilar ishtirokida o’rganib borilaveradi.

Download 128.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling