Diqqatni tortish
Darsni faollashtiruvchi o’yinlar
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sinfni boshqarishdagi 5 xato
Darsni faollashtiruvchi o’yinlar
1. Yumshoq koptok yoki g’ijimlangan qog’ozlarddan yasalgan yumshoq buyum yordamida qiziqarli o’yin tashkil etish mumkin. Bu usuladan chet tili darslarida lug’at so’rashda va boshqa fanlardan turli atamalarni mustahkamlash yoki qisqa savol-javoblarni tashkil etishda foydalaniladi. Bunda o’qituvchi yangi so’zni yoki atamani doskaga yozadi va tezda biror o’quvchiga yumshoq buyumni uloqtiradi. Tutib olgan o’quvchi esa javob berib, buyumni o’qituvchiga qayta uloqtiradi. 2. Yana bir qiziqarli usul bu – o’quvchilar orqasiga ruchkaning orqasi bilan so’z yozish texnikasi. Bunda ikki o’quvchi doskaga chiqadi va ikkalasi orqama-ketin doskaga qarab turadi. Orqadagi o’quvchi oldindagi o’quvchining orqasiga ruchkani orqasi bilan harflar yoza boshlaydi. Bularni qanday haflardan iborat ekanligini taxmin qilib oldindagi o’quvchi ularni doskaga yozadi va yangi so’zni topadi. Bu usuldan rasm chizish orqali ham foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilar sinfning hajmiga ko’ra 3-4 guruhga bo’linib, orqama-ketin qator turib olishadi. Har bir guruhda kamida 4-5 yoki undan ortiq o’ruvchi bo’lishi mumkin. Ustoz esa eng oxirgi o’quvchiga qog’ozda chizilgan biror shakl yoki rasmni ko’rsatadi. Buni ko’rgan o’quvchi esa uni o’zining oldindagi o’quvchining orqasiga o’zi eslab qolgan shaklni chizadi. Shu zaylda davom etib, oxirgi o’quvchi oq qog’ozga yoki doskaga yakuniy shaklni chizadi. Buni pichirlagan holda quloqqa so’z aytish tarzida ham oli borsa bo’ladi. Sinfni boshqarishdagi 5 xato 1. Baqirish. O’quvchilar shovqin qilayotgan bo’lsa ularni baqirib tinchlantirish eng katta xatodir. Agar shunday qilsangiz, ular yanada qattiqroq sizni asabingizni buzishga va nima qila olishingizni ko’rishga qiziqishadi. 2. O’quvchilar tinchlanishini kutish. Agar sinfga kirganingizda shovqin bo’layotgan bo’lsa, ularning tinchlanishini kutib sukut saqlab kutib turish ham noto’g’ri yondashuv hisoblanadi. Aksincha, ularga bugungi mavzu bo’yicha qiziqarli nimadir tayyorlab kelganingizni ayting. O’quvchilarga qiziqarli biror narsa aytilsa yoki vazifa berilsa, ular albatta bunga katta ishtiyoq bilan javob qaytaradilar. 3. Qo’shimcha kuchdan foydalanish. Masalan, a’lochi yoki sinfda yetakchi bo’lgan o’quvchilarni sust o’zlashtiruvchi yoki to’palon qilayotgan o’quvchilarni boshqarishini, tinchlantirishlarini yoki qandaydir ta’sir o’tkazishlarini talab qilmang. Bunda ularning sizga nisbatan hurmat va ishonchlari yo’qolishiga sabab bo’lasiz. 4. Darsda yot vositalardan foydalanish. Kaltak, qo’ng’iroq, hushtak yoki shunga o’xshash o’quvchilarni tartibga chaqiruvchi narsalardan foydalanmang. Bu sizni o’quvchilarni o’zingiz boshqara olmasligingiz va o’zingizga bo’lgan ishonchning pastligini ko’rsatadi. 5. Direktor yoki boshqa o’qituvchini chaqirish. Sinfda turli vaziyatlar bo’lishi: o’quvchilar o’zaro urishib qolishi, bir-birini haqorat qilishi, ustoziga gap qaytarishi va shunga o’xshash holatlar tez-tez uchrab turadi. Bunday vaziyatda also 3-shaxslarni chaqirib vaziyatni yaxshilashga shoshilmang. Masalan, bir o’quvchi o’zini tuta olmasa darrov psixolog, audit yoki direktorni chaqirib kelib vaziyatni muhokama qilishingiz siz uchun katta minusdir. Bu holat xuddi ikki bola urishib qolib, onasini yordamga chaqirganga o’xshaydi. Bunday vaziyatda avvalambor, o’zingiz muammoni tashqariga chiqarmay, o’quvchining tilini topishga, unga do’stona munosabatda bo’lishga harakat qiling. Esingizda bo’lsin, o’quvchi hech qachon o’zidan-o’zi bunday to’palon qilmaydi, balki u e’tibor talab qilayotgan bo’ladi. Kimdir uni eshitishini, muammosini bo’lishishni yoki emotsiyasini chiqarishni xohlaydi. Siz esa 5 daqiqa u bilan alohida suhbat qilgan holda uning muammosini aniqlab, shunga ko’ra ish turing. Yodingizda bo’sin, suhbat do’stona va samimiy bo’lishi kerak, also talab va tanbehlarni aralashtirmang. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling