Diqqatni tortish


Download 128.09 Kb.
bet3/16
Sana29.04.2023
Hajmi128.09 Kb.
#1399992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Metodlar to\'plami

Mukofot yoki jazo
Yangilik o‘quvchilar miyasiga qisman stress tarzida ta’sir qiladi. Ya’ni yangi mavzu o‘quvchilarning miyasiga noaniqlik va og‘irlik tarzida ta’sir qiladi.
Tadqiqotchi Gofmanning so‘zlariga ko‘ra inson miyasi yangi topshiriqni bajarish uchun uning ortidan biror mukofot kutadi. Agarda yangi topshiriq mukofotsiz ekani ko‘rinib tursa, miya uni stress tarzida qabul qiladi.
O‘quvchilaringizga yangi mavzuni tushuntirishdan oldin, birinchi bo‘lib bu mavzu orqali nima olishlarini ayting. Buni ikki xil ko‘rinishda taqdim etish munkin:
1. Salbiy vaziyat uchun mukofot;
2. Ijobiy vaziyat uchun mukofot.
Birinchi vaziyat shuni anglatadiki, siz sinfda dars o‘tish mobaynida sinfxonaga bir qancha bo‘lakli limon olib keling. Dars boshlanishida o‘quvchilaringizni quyidagicha ogohlantiring: "Kimda kim dars mobaynida savollarga noto’g‘ri javob bersa, ushbu limonlardan bir bo‘lagini yeydi". To’g’ri javob berganlar esa ushbu shirinlikdan yeydi yoki limon yeyishdan qutulib qoladi. Buni o’rniga boshqa turli variantlardan jazo va mukofot uchun foydalanishingiz mumkin.

4 toifada o’zlashtiruvchi o’quvchilar
1. Ko’rish (visual) - o'quvchilar ko'rish orqali yaxshiroq o'rganadilar. Bunda o’quvchilar video, rasmlar, jadvallar va grafikalar singari taqdimotlar orqali bilim va ma’lumotlarni yaxshi o’zlashtiradilar. Inson miyasi vizual ma'lumotni oddiy matnga qaraganda ancha tezroq qabul qiladi. 
2. Eshitish (auditory) - o'quvchilar eshitish orqali yaxshiroq o'rganadilar. Bu usul ma'ruzalar va audiolar tinglashni yaxshi ko'radigan o‘quvchilarga mos keladi. Ushbu o'quvchilar eshitgan narsalarini o'rganishi oson bo‘ladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, ko’pincha insonlar film tomosha qilsalar, sodir bo'lgan harakatlarni emas, balki filmda aytilgan so’zlarni yaxshi eslab qolishadi.
3. O'qish / yozish (reading/writing) - o'quvchilar o'qish va yozish orqali yaxshi o’rganishadi. Bunda o’quvchilar ma’lumotlarni qayta-qayta yozib ko’rib va matnlarni o’qish orqali bilimni yaxshi o’zlashtiradilar.
4. Harakat va sezgi (kinesthetic) - o'quvchilar harakat qilish va bajarish orqali yaxshiroq o'rganadilar. Bu usul sinfda turli harakatlardan iborat o‘yinlar va musobaqalar orqali amalga oshiriladi. Bu orqali o’quvchilar o‘rinlaridan turib, turli harakatlar orqali darsda tetik va diqqat bilan o‘tirishadi.


Download 128.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling