Diqqatni tortish
daqiqada charchoqdan qutulish
Download 128.09 Kb.
|
Metodlar to\'plami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qahramon usuli
- Snowball – g’ijimlangan qog’oz texnikasi
5 daqiqada charchoqdan qutulish
Ma’lumki bir necha soat bir xil holatda: tik turib, o'tirib, kompyuterda ishlab hammamiz bo’yin, yelka va qo'llarimizda charchoq his qilamiz. Bunda muskullarimiz, nerv tolalarimiz va kapilyar tomirlarimizda harakat susayib, moddalar almashinuv jarayoni sekinlashib qolgan bo'ladi. Bunda barchamizga ma'lum bo'lgan massaj qilish unchalik ham samarali natijani bermaydi. Buning o'rniga tennis koptokchasini kaftda yaxshilab ezish og’riq va charchoqlarni 5 daqiqada unutishingiz va o'zingizni tetik va diqqatni jamlagan holda bo'lishingizga yordam beradi. Muxbir O’qituvchi: jurnalist Dars: ko’rsatuv Mavzusi: o’tilgan yoki yangi mavzu Guruh sardorlari: muxbirlar O’quvchilar: intervyu beruvchilar Bunda o’quvchilar bir necha guruhlarga bo’linadi. Guruh sardorlari “muxbirlar” mikrofon bilan jamoadoshlari oldiga borib intervyu oladi. Bu yozma va og’zaki tarzda olib borilishi mumkin. Javoblarni yig’ib muharrirlar ustozga topshiradilar. Ustoz esa unga ko’ra o’quvchilarni guruh yoki yakka tartibda baholaydilar. Qahramon usuli Bunda ustoz o'tilayotgan mavzuga ko'ra o'quvchilaridan ijro etuvchi qahramonlarni tayinlab oladi. Matematika: al-Xorazmiy Adabiyot: Shum bola, Boy ota, boshqalar. Ingliz tili: dialog qahramonlari. Endi esa ular o'zlariga tegishli bo'lgan ma'lumotlarni o'zlashtirib buni rol ijro etgan tarzda yoki senariy o'qiyotgan tarzda amalga oshiradilar. Snowball – g’ijimlangan qog’oz texnikasi Ushbu usulni qo’llashda o’quvchilarga mavzu doirasida savollar tuzishlarini aytasiz. Ular o’z savol yoki mantiqiy jumboqlarini oddiy oq qog’oz (yoki rangli qog’oz)larga yozishadi. So’ngra ularni g’ijimlagan holda biror kattaroq idishga solib aralashtirib yuboriladi. Bu savollarni har bir o’quvchi ixtiyoriy tarzda tanlab olib, ochib o’qiydi va savolga javob beradi. Ushbu usuldan tezda ya’ni savollarni hamma o’quvchi bir vaqtni o’zida tanlab olib javob berish yoki ketma-ket ravishta navbatma-navbat amalga oshirish mumkin. Savollarga javoblar berilgandan so’ng, shu olingan savol ostiga ikkinchi savol yoki jumboqni yozib shu holatni yana takrorlash mumkin. Download 128.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling