Dirijorlikda o’ng va chap qo’lning mohiyati
Download 451.5 Kb.
|
Dirijorlikda o’ng va chap qo’lning mohiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermatalarni dirijyorlik qilish usullari
- Fermata jarayonida qo‘l harakatlari
Fermataning turlari: Nota va pauzalarning ustiga yoki ostiga qo‘yiladigan oddiy fermatalardan tashqari, so‘z bilan yoziladigan (linga) nomli uzun fermatalar ham uchraydi. Bu fermatalar oddiy fermatalarga nisbatan ko‘proq ushlanib turiladi. Bundan tashqari, faqat pauzalarni cho’zib turish uchun qo‘llaniladigan nisbatan qisqa fermatalarni anglatuvchi ‘ “ v kabi belgichalar ham qo‘llaniladi. Bular musiqada lyuft pauza yoki yengil pauza ham deb yuritiladi. Amaliyotda takt chizig‘i ustida ishlatiladigan (sezura) deb ataladigan fermata ham yuqorida aytib o‘tgan fermatachalardan deyarli farq qilmaydi. Musiqa ijrochiligida yana shunday fermatalar uchraydiki, ular notalar ustiga qo‘yilmaydi yoki yozilmaydi. Lekin asar mazmunining rivoji uni bajarishga majbur etadi. Buni musiqada yozilmaydigan faqat musiqiy tafakkur bilan ishlatiladigan fermata deb yuritiladi.
Fermatalarni dirijyorlik qilish usullari: Fematani dirijyorlik qilishda dirijyor avvalo musiqa tovushiga qo‘yilgan fermatani va pauzaga qo‘yilgan fermatalarni farqlay olishi zarur. Bu fermatalarni dirijyorlik qilish bir-biridan juda keskin farq qiladi. Tovushga qo‘yilgan fermatani dirijyorlik qilishda dirijyorning o‘ng qo‘li harakatda davom etadi va bu harakat tovush to’xtamagunicha davom ettiriladi. Pauzaga qo‘yilgan fermatani ko‘rsatishda esa, dirijyorning qo‘li harakatlanmaydi. Faqatgina qo‘l fermata qo‘yilgan hissaga aniq auftakt bilan qo‘yiladi.
Download 451.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling