Fermataning tamomlanishi.
Fermatani tamomlashning ikki xil usuli mavjud:
Tovush tugallanishidan keyin (uziladigan fermata).
Tovushni pauzasiz navbatdagi hissaga o‘tkazish (uzilmaydigan fermata).
Endi bu fermatalarni alohida-alohida ko‘rib chiqaylik:
a). Muddati tugagan fermatani uzish (uziladigan fermata).
Cho‘zilib turgan tovushni ko‘rsatib sekin harakatlanayotgan dirijyorning qo‘llari, tovush to’xtashining oxirgi nuqtasiga kelib dirijyorlikning asosiy sxemasidan chetlangan holda unga qarama-qarshi harakatlanib nuqta qo‘yadi.
Misol:
Agar fermata juda ham uzoq cho’zilib tursa va qo‘llar harakatlanayotgan tomonda boshqa masofa qolmasa, u holda qo‘llar yana teskari tomonga harakatlantiriladi.
Misol:
b). Tovushni yana davom ettiruvchi fermata (uzilmaydigan fermata). Yuqorida ko‘rib chiqqan holatimizning teskarisi o’laroq, fermata o‘zining oxirgi nuqtasiga ega bo‘lmasligi va uzluksiz navbatdagi kuyga o‘tishi mumkin. U
holda yuqorida ta’kidlangan qo‘l harakatiga hojat qolmaydi va qo‘llar hech qanday pauzasiz tovushni kuyning kelgusi qismiga o‘tkazadi. Buning uchun qisqa lahzaga fermatani cho’zib turgan qo‘llar to‘xtatiladi va odatiy refleksni vujudga keltirish lozim, ya’ni kelgusi hissaga auftaktning boshlang‘ich harakatiga o‘tiladi.
Ovozni kuchaytishni yoki pasaytirishni o‘z ichiga olgan fermata. Fermata jarayoni uch xil kechishi mumkin:
Oddiy, ya’ni fermata davomida tovush bir xil ushlab cho’zib turiladi.
Fermata davomida tovush kuchaytirib boriladi.
Fermata davomida tovush pasaytirib boriladi.
Agar fermata yonida creschendo belgisi qo‘yilgan bo‘lsa, unda o‘ng qo‘l asta-sekin o‘z faoliyati darajasini, jadalligini oshirib, yuqoriga harakatlanib boradi. Chap qo‘l esa, tovushni kuchaytirish uchun qo‘llaniladigan oddiy haraktni davom ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |