Disleksiya reja: Disleksiya ta’rifi


Download 296.56 Kb.
bet3/4
Sana15.11.2023
Hajmi296.56 Kb.
#1776807
1   2   3   4
Bog'liq
Disleksiya

Disleksiya turlari


Agrammatik disleksiya, nutqning grammatik tuzilishi, morfologik va sintaktik umumlashmalarning rivojlanmaganligidan kelib chiqadi.
Semantik disleksiya,texnik jihatdan to'g'ri o'qish paytida o'qilgan so'zlarni, jumlalarni, matnlarni tushunishning buzilishida namoyon bo'ladi.
Fonematik disleksiya, fonematik tizim funktsiyasining yaxshi rivojlanmaganligi bilan bog'liq.
Mnestik disleksiya, harflarni o'zlashtirish, ularni farqlash, almashtirishlar qiyinchiligida namoyon bo'ladi.
Optik disleksiya, o'xshash grafik harflar va ularning o'zaro almashtirilishini o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklarda namoyon bo‘ladi.

Disleksiya belgilari

  • Tovushlarni harflar bilan noto'g'ri bog'laydi (almashtirish, fonetik aralashtirish (yurak-buyrak), grafik jihatdan o'xshash harflarni o'zlashtirmaslik: b-q, n-u, x-k);
  • Harflab, uzib o'qish: Mana - m, a, n, a;
  • So‘zning tovush-bo‘g‘in tuzilishini buzadi: tushirib qoldirish, o‘zgartirish, harf va bo‘g‘in qo‘shish: kapalak-kalak, tarvuz – rabuz, ariq – riqa;
  • O‘qiganini tushunmaslik;
  • O'qish paytida agrammatizmlarga yo'l qo'yish: u hollar sonini, otlar sonini, shakli, zamon va fe'l turini o'zgartirish, so'zlarni noto'g'ri joylashtirish;
  • Bir qatorni o'tkazib yuborish, matnning ma'lum joylarini o'tkazib yuborish;
  • O'qish va yozishda juda tez charchash;
  • Talab qiladigan uy vazifasini bajarishdan qochish uchun bahona izlash;

Disleksiya belgilari

  • Kitob o'qiyotganda, boshini g'ayritabiiy tarzda aylantirish, bir ko'z bilan o'qish;
  • Ko'pincha o'qishdan keyin bosh og'rig'i yoki bosh aylanishi haqida shikoyat qilish;
  • Asosiy geometrik shakllarni eslab qolish, farqlash va takrorlashda qiynaladi;
  • Maktabgacha yoshda va ta'limning birinchi yillarida harflarni "ko'zgu" qilish, so'zlarni teskari yozish;
  • Juda yomon va sekin o'qish;
  • Juda ko'p chaplash bilan yozish, so'zlar bir-biriga yopishtirish.


Download 296.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling