Eritma qaynash temperaturasining kutarilishi quyidagi formula bilan topiladi:
Dtqaynash =Keb*C
Bu erda: Dtqaynash-eritma qaynash temperaturasining kutarilishi, Keb-ebulioskopik konstanta, S-eritmaning molyal konsentratsiyasi. Bu formulaga S ning qiymatlarini kuysak.
ga ega bo‘lamiz.
Erigan moddaning molekulyar massasini aniqlashda krioskopik va ebulioskopik metodlardan foydalanish kulay. Bu metodlar bug‘simon holatga utmaydigan moddalarning (masalan, oksil, shakar va boshqalar) molekulyar massasini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Krioskopik metod past temperaturada soviydigan suyuqliklar (antifriz eritmalar)da ∆tMUZ ni xisoblash uchun kup qo‘llaniladi. Avtomobilsozlik sanoatida etilenglikol asosida tayyorlangan anti-frizlar ishlatiladi.
Muammoli savol: Erituvchining ertish imkoniyati qanday hossasiga bog‘liq?
Ikki moddadan tarkib topgan va ulardan biri juda mayda zarrachalar holida ikkinchisining orasida tarqalgan sistema dispers sistema deb ataladi. Maydalagan modda dispers faza deyiladi. Dispers faza dispersion muhitda tarqalgan bo`ladi.
Dispers sistemalar dispers fazaning mayda-yirikligi bilan farq qiladi. Kolloid eritmalar xossalariga ko`ra chin eritmalar bilan muallaq zarrachali sistemalar oralig`ida bo`ladi.
Chin eritmalarda erigan modda molekula va ionlarga parchalanadi. Kolloid eritmalarda dispers faza zarrachalari yuz va minglab molekulalardan tarkib topgan yirik agregatlardan iborat. Kolloid zarrachalarning diametri 1 nm dan 100 nm gachadir.
Kolloid eritma zarrachalarining muhim xossasi shuki, ular o`z sirtiga erigan moddalarni adsorbilaydi (yig`adi va to`playdi).
Eritmada zaryadlangan kolloid zarrachalar bilan birga qarama-qarshi ionlar deb ataladigan qarama -qarshi ishorali ionlar ham bo`ladi. Qarama-qarshi ionlarning bir qismi kolloid zarracha tarkibiga kirib adsorbsion qavatni hosil qiladi, ularning qolgan qismi esa kolloid zarrachadan biroz uzoqroqda joylashgan bo`ladi va qarama-qarshi ionlarning diffuz qavatini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |