Dispers sistemalar va chin eritmalar


Download 70 Kb.
bet6/9
Sana04.02.2023
Hajmi70 Kb.
#1157241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eritmalar tayyorlash dispers sistemalar

P0-P1 n
—— = —―
P0 Ν+n
Bu erda: P0- sof erituvchining bug‘ bosimi, P1-erituvchining eritma sirtidagi bug‘ bosim, n-erigan moddaning molekulalar soni,
N-erituvchining molekulalar soni. Yuqoridagi formuladagi
(P0-P1)/P0=∆P/P0 nisbat tuyingan bug‘ bosimining kamayishi va n/(N+n) nisbat erigan moddaning mol qismi deyiladi.
Eritmaning muzlashi va qaynashi
Har qanday suyuqlik bug‘ bosimi qattiq fazaning bug‘i bosimiga tenglashgandagina suyuqlik muzlay boshlaydi. Quyidagi rasmda sof erituvchi bilan eritma bug‘ bosimlarining temperaturaga qarab o‘zgarishi tasvirlangan. Ushbu rasmda A va V nuqtalarda suv bug‘i hamda eritma bug‘ bosimining egri chiziklari berilgan va ular rasmda kesishishadi. Bu nuqtalardan abscissalar o‘qiga tushirilgan perpendikulyarlar eritmaning muzlash temperaturasi erituvchining muzlash temperaturasidan ∆tMUZ=T-T1. kichikligini va (∆tMUZ- eritma muzlash temperaturasining pasayishi) eritmaning konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporcionalligini ko‘rsatadi. 100 g erituvchida 1 mol modda erishidan hosil bo‘lgan eritma muzlash temperaturasining pasayishini ko‘rsatadigan qiymat har bir erituvchi uchun o‘zgarmas kattalik bo‘lib, erituvchining krioskopik konstantasi deyiladi, KKR bilan ishoralanadi.
Eritma konsentratsiyasini uning muzlash temperaturasi pasayishiga ta’siri quyidagi matematik kurinishga ega:
Dtmuz=Kkr*C,
bu erda: DtMUZ-muzlash temperaturasining pasayishi, KKR-krioskopik konstanta , S-molyal konsentratsiya .Demak , Kkr ni bilgan holatda erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash mumkin. Eritmaning molyal konsentratsiyasi C=(a×1000)/(b×M) ga teng, bu erda: a-erigan moddaning massasi, b-erituvchining massasi, M-erigan modda-ning molekulyar massasi. Konsentratsiya ifodasini yuqorida formulaga kuysak
ga ega bo‘lamiz Har qanday suyuqlik uning bug‘ bosimi atmosfera bosimiga teng bo‘lgan sharoitda kaynaydi.
Yuqoridagi rasmda A1 va B1 nuqtalar sof erituvchi va eritma bug‘ bosimlarining atmosfera bosimi bilan tenglashganini ko‘rsatadi. Rasmdan kurinadiki, eritma toza erituvchiga nisbatan yuqori temperaturada qaynaydi. Eritmaning qaynash temperaturasining ko‘tarilishi, muzlash temperaturasining kamayishiga o‘xshab, eritmaning konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporcionaldir. Erituvchining bir xil mik-dorida moddalarning ekvimolekulyar miqdorlari eritilsa, eritmaning qaynash va muzlash temperaturasining kutarilishi bir xil gradusga uzgaradi. Masalan: 1mol shakar C12H22O11-342 g-1000 g H2O ∆tMUZ=-1,860 ∆tqay =0,52° glicirin C6H8O3-92 ∆tMUZ=-1,86˚; ∆tKAY=-0,52˚
1000 g erituvchida 1 mol modda erishidan hosil bo‘lgan eritmaning qaynash temperaturasi kutarilishini ko‘rsatuvchi son har bir erituvchi uchun o‘zgarmas bo‘lib, erituvchining ebulioskopik konstantasi deb ataladi va KEBUL bilan ishoralanadi.
Ebulioskopik konstanta erigan moddaning tabiatiga bog‘liq bulmay, faqat erituvchiga bog‘liqdir. Quyidagi jadvalda bir necha erituvchilar uchun ebulioskopik va krioskopik konsentratsiya qiymatlari keltirilgan:

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling