Dispers sistemalar va chin eritmalar


O‘zgarmas temperaturada eritmaning osmotik bosimi erigan modda konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir


Download 70 Kb.
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi70 Kb.
#1157241
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eritmalar tayyorlash dispers sistemalar

O‘zgarmas temperaturada eritmaning osmotik bosimi erigan modda konsentratsiyasiga to‘g‘ri proporsionaldir.
Osmotik bosim eritmaning absolyut temperaturasiga proporsionaldir.
Pfeffer qoidalari bilan Boyl-Mariot, Gey-Lyussak va Avagadroning gazlarga oid qonunlari orasida to‘la uxshashlik borligini birinchi marta 1886 yilda Vant-Goff e’tibor berdi. U bu qonunlarni birlashtirib osmotik bosim uchun xuddi ideal gaz tenglamalariga o‘xshash tenglama yaratdi: u quyidagi ko‘rinishga ega:
Р=С×R×Т
Bu erda: C-eritmaning molyar konsentratsiyasi, R-gaz doiymiyligi, T- absolyut temperatura , P –osmotik bosim .
Gazlar bilan eritmalar orasida o‘xshashlik Vant-Goff qonuni deb yuritiladi va u quyidagicha ta’riflanadi; eritmaning osmotik bosimi erigan modda ayni temperatura gaz holatida bo‘lib, eritma hajmiga teng hajmini egallaganda kuzatiladigan gaz bosimiga tengdir.Suyultirilgan eritmalar uchun Avogadro qonuni quyidagicha ta’riflanadi; teng hajmida olingan va bir xil osmotik bosimga ega bo‘lgan eritmalarda erigan modda molekulalar soni bir xil bo‘ladi. Agar 22,4 l erituvchida 0°S da 1 mol modda eritilsa, eritmaning osmotik bosimi bir atmosferaga teng bo‘ladi. Osmotik bosim kattaligi atmosferalar bilan o‘lchanadi. Bir xil osmotik bosimga ega bo‘lgan eritmalar izotonik eritmalar deyiladi .
Erituvchi osmotik hodisasida, konsentratsiyasi kam bo‘lgan eritmadan, konsentratsiya yuqori bo‘lgan eritmaga o‘tadi, ya’ni osmotik jarayonlarda erituvchi yarim o‘tkazgich orqali bir-biriga tegib turgan ikki eritmaning konsentratsiyasini tenglash tomon diffuziyalanadi Osmotik bosim hayvon va ayniqsa o‘simliklar hayotida juda muhim rol uynaydi. Masalan, xayvonlarda oziq moddaning xazm bo‘lish jarayonlari, buyrakdan moddalarning ajralishi, o‘simliklar ildiziga er osti eritmalarining o‘tishi va ularning o‘simliklar tanasiga tarqalishi va hokazolar jarayonlar osmos bilan aloqadordir. Eritmaning bug‘ bosimi.
Har bir temperaturaga suyuqlikning tuyingan bug‘ bosimining ma’lum miqdori va bug‘simon fazaning ma’lum konsentratsiyasi to‘g‘ri keladi. Agar suyuqlikda bug‘lanmaydigan biror modda eritilgan bo‘lsa, suyuqlikning bug‘lanish tezligi kamayadi, bug‘ning konsentratsiyalanish tezligi o‘zgarishsiz koladi. Natijada eritma sirtidagi bug‘ bosimi toza erituvchining bug‘ bosimidan kichik bo‘lganda sistemada muvozanat karor topadi. Demak, o‘zgarmas temperaturada toza erituvchining bug‘ bosimi(R0) hamma vaqt eritma sirtidagi erituvchining bug‘ bosimi (P) dan katta bo‘ladi. Bo‘lardan P0-P1=∆P eritma sirtida bug‘ bosimining pasayishi kelib chiqadi. Fransuz olimi F.Raul 1887 yili eritma bug‘ bosimining pasayishi eritma konsentratsiyasiga bog‘liqligini aniqladi, va u quyidagi qonuniyatni yaratdi: eritma yuzasidagi erituvchi bug‘ bosimining nisbiy kamayishi, erigan moddalar molekulalari soni yig‘indisi nisbatiga teng, ya’ni:

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling