6-tajriba. Gel hosil qilish. Probirkaga alyuminiy sulfat eritmasidan 1-2 ml quying va gel hosil bo`lguncha ishqor eritmasidan tomchilatib qo`shing. Reaksiya tenglamasini yozing.
7-tajriba. Emulsiyalarni hosil qilish. Bitta probirkaga 5 ml sovun eritmasidan, ikkinchisiga esa 5 ml distillangan suv qo`ying. Har qaysi probirkaga 1 ml dan benzin yoki benzol qo`shib bir necha marta chayqating. Emulsiya hosil bo`lishini kuzating. Probirkalarning qaysi biridagi emulsiya ko`proq barqaror? Nima uchun?
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari
1. Zol, dispers faza, dispersion muhit, liofillik, liofoblik tushunchalariga ta’rif bering.
2. 2% li FeCl3 eritmasi va distillangan suv berilgan bo`lsa, qanday qilib kolloid eritma tayyorlaysiz?
3. Agar K4[Fe(CN)6]·3H2O tuzidan 0,1 gr olib, uni 100 ml suvda eritganda necha foizli eritma hosil bo`ladi? Hosil qilingan eritmaning 100 ml ga 1% li CuSO4 eritmasidan tomchilatib qo`shilganda jigar rang tusli zol hosil bo`ladi. Reaksiya tenglamasini yozing.
4. Oltin zolining bir litrida 10 g oltin bor; bu kolloid eritmaning 270 C dagi osmotik bosimini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |