Zaryadlangan kolloid zarracha barcha qarama-qarshi ionlar bilan birgalikda misella deb ataladi.
Suspenziya va emulsiyalar- kolloid eritmalarga o`xshash sistemalardir. Suspenziya va emulsiyalardagi dispers faza zarrachalari kolloid eritmalardagiga qaraganda ancha yirik bo`ladi. Ularning o`lchami 100 nm dan 1000 nm gacha bo`ladi va mikroskopda ko`rinadi.
Suyuq fazada tarqalgan qattiq modda zarrachalaridan iborat sistemalar suspenziyalar deb ataladi.Emulsiyadagi suyuqlikning juda mayda tomchilari dispers faza bo`ladi.
1-tajriba. Suspenziya hosil qilish. Probirkaga 3-4 ml suv solib, ustiga bo`r kukunidan tashlang va probirka og`zini barmoq bilan berkitib, yaxshilab chayqating.So`ngra probirkani shtativga qo`yib, suspenziyani asta-sekin qavatlarga ajralishini kuzating. Hosil bo`lgan suspenziyada dispers faza va dispersion muhit nimadan iborat?
2-tajriba. Kondensasiya usulida gidrazol hosil qilish.
Probirkaga 4-5 ml spirt quyib, uning ustiga fenolftalein kukunidan tashlab eriting. Hosil bo`lgan eritmaga loyqa hosil bo`lguncha suv qo`shing. Faza o`zgarishi natijasida kolloid eritma hosil bo`lishini kuzating.
3-tajriba. Oltingugurt zolini olish. Probirkaga 3-4 ml natriy tiosulfat eritmasidan solib, unga 2 ml suyultirilgan sulfat kislota eritmasidan qo`shing. Eritmani 5-chi tajriba uchun saqlab qo`ying.
4-tajriba. Gidroliz natijasida zol hosil qilish. Stakanga 20 ml distillangan suv solib, qaynaguncha isiting va qaynab turgan suvga temir (III)-xlorid eritmasidan tomchilatib 3-5 ml qo`shing. Hosil qilingan temir (III)-gidroksid zolidan probirkaga 2-3 ml solib, unga 1-2 ml alyuminiy sulfat eritmasidan qo`shing. Qo`ng`ir tusli cho`kmaning hosil bo`lishini kuzating va sababini tushuntiring.
5-tajriba. Isitish orqali koagullash. 3-tajribada olingan probirkadagi kolloid eritmani qaynaguncha isiting. Oltingugurt kolloid eritmasining koagullanishi sababli loyqa hosil bo`lishini kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: |