Диссертация Куйсинов rtf


Download 299.08 Kb.
bet22/30
Sana30.04.2023
Hajmi299.08 Kb.
#1405590
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
Куйсинов Одил Алмуратович

1-variant: kompostlash maydonchasida 50 sm qalinlikda zichlangan qoramol, ot, qo„y go„ngi yotqiziladi va zichlanadi. Xom ashyo qancha ko„p bo„lsa, yotqizilgan go„ng qatlami shuncha keng bo„lishi mumkin. Uyum uzunligi esa maydon kattaligiga qarab davom etaveradi.
Go„ng qatlamining ustiga qiyin parchalanadigan maydalangan 1 sm o„lchamdagi shox-shabba, qipiqlar, daraxt barglari, somon va g„o„zapoyaning maydalangani, chuchuk suv loyqasi, sabzavot va poliz ekinlari vegetativ massasi (1 sm uzunlikda), gumusli tuproq 50 sm qalinlikda zichlanib yotqiziladi. Uning ustiga yana go„ng qatlami zichlanib yotqiziladi. Uchinchi qatlamda yuqorida aytilgan qoldiqlar maydalangan holatda to„kiladi va zichlanadi. So’ngra yana go„ng va chiqindilar qatlami va h.k. bilan uyumning balandligi 3 metrgacha yetkaziladi. Oxirida uyumning usti qamish, sholipoya poxoli, o„tlardan to„qilgan buyralar, havo o„tkazuvchi qoplar, pleyonkalar bilan berkitiladi. Albatta, namlik va harorat kuzatib boriladi. Namlik uyumning hamma qismida 60%, harorat 700C dan oshmasligi kerak.
2-variant. Eng avvalo, sekin chiriydigan materiallar (qipiqlar, barglar, shox- shabalar, somon, chuchuk suv loyqasi, kanalizatsiya qoldig„ining qattiq qismi, g„o„zapoya, sabzavot va poliz ekinlarining vegetativ qismi va hosil qoldiqlari, sholipoya va h.k.) 50 sm qalinlikda yotqizilib, o„g„itning tayyor bo„lishi qancha muddatga mo„ljallanganligiga qarab zichlanadi yoki zichlanmaydi. Keyin namligi 50-60% bo„lishi ta’minlanadi. Bu qatlamning ustiga ikkinchi qatlam sifatida 50 sm qalinlikda go„ng yotqiziladi.
Qatlamlarning kengligi va uzunligi xom ashyo materiallari miqdorining ko„p yoki ozligiga bog„liq. Bu qatlamni ham zichlash yoki zichlamaslik o„g„itning tayyor bo„lishi qancha muddatga mo„ljallanganligiga bog„liq. Tezroq tayyorlash uchun zarur bo„lsa qatlamlar zichlanmaydi, agarda vaqt ko„p bo„lsa zichlanadi. Havo kamayib, namlik ko„p bo„lganda parchalanish nisbatan sekin boradi. Uchinchi qatlam, ya’ni sekin parchalanuvchi material, to„rtinchi qatlam va butun uyum sekin parchalanovchi material bilan qoplanadi. Uyumning balandligi 2,5-3 metrdan baland bo„lmasligi kerak.

Download 299.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling