Диссертацияси илмий раҳбар: Д. И. Рўзиева педагогика фанлари доктори, доцент
Download 3.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Диссертация Бўлажак ўқитувчиларда конфликтологик компет Full
- Bu sahifa navigatsiya:
- PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI PEDAGOGIKA KAFEDRASI “KONFLIKTOLOGIK KOMPETENTLIK” kasbiy to‘garagining
- “Konfliktologik kompetentlik”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Kelishilgan” “Tasdiqlayman” Pedagogika va psixologiya fakulteti dekani _____________G.N.Ibragimova “_____”_________________ Toshkent davlat pedagogika universiteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor __________O.A.Qo’ysinov “_____”______________ PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI PEDAGOGIKA KAFEDRASI “KONFLIKTOLOGIK KOMPETENTLIK” kasbiy to‘garagining ISH REJASI 1-илова 167 “Konfliktologik kompetentlik” to‘garak dasturi to‘garak nizomiga muvofiq ishlab chiqildi. Tuzuvchi: Shodiyev I.N. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti “Konfliktologik kompetentlik” to‘garagi NIZOMI I. UMUMIY QOIDALAR 1. “Konfliktologik kompetentlik” to‘garagi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi O‘RQ-637-sonli “Ta’lim to‘g’risida”gi qonuni, 2019-yil 19-mart kuni Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig’ilishida ilgari surilgan: yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta’minlashga oid 5 ta muhim tashabbus, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy-me’yoriy hujjatlar hamda mazkur Nizom asosida yuritadi. 2. “Konfliktologik kompetentlik” to’garagi uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, ta’limning rivojlantiruvchi vazifasini amalga oshirish bo‘yicha davlat va jamiyatning uzviy hamkorligida ishlab chiqilgan dasturlar va rejalar asosida o‘sib kelayotgan yosh avlodni ruhiy va ma’naviy jihatdan mustaqil hayotga tayyorlash, pedagogik jarayondagi nizoli vaziyatlar, ularning sabablari, xususiyatlarini ilmiy jihatdan anglash, nizolarni hal etish borasidagi metod, usul, texnologiya va strategiyalarning mohiyatini tushunish, pedagogik vaziyatlarda ulardan to’g’ri foydalana olishga doir ko’nikmalarni tarkib toptirish hamda jamiyatda munosib o‘rin egallashini kafolatlaydigan, real iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga yuqori malakali, mustaqil fikrlaydigan kadrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyat yurituvchi, ilmiy-ijodiy ishlarni maqsadli hamda tizimli asosda amalga oshiruvchi amaliy va ilmiy-uslubiy uyushma hisoblanadi. 3. “Konfliktologik kompetentlik” to‘garagi talaba-yoshlarning pedagogik nizoli vaziyatlarda optimal yechimlarni izlab topishga oid ko‘nikma va malakalarini, egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotga tadbiq eta olish kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-ijodiy uyushma sifatida tadqiqot ishiga sinaluvchi sifatida jalb etilgan sinaluvchilar va sohaga qiziquvchi talabalardan iborat guruhlarda tashkil etiladi. Zarur hollarda bu ishga sohaning taniqli vakillari tashqaridan taklif etilishi mumkin. Download 3.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling