Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Qushqo’nmas o’simligini etishtirish tajribalari bayoni


Download 0.84 Mb.
bet19/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

2.5. Qushqo’nmas o’simligini etishtirish tajribalari bayoni
Qushqo’nmas o’simligi 2022-2023 yillarda Marxamat tumanida ekilib, uning parvarishlash barcha bosqichlari amalda kuzatildi.
2022-yilning 26 iyulida qushqo’nmas urug’lari to’la yetildi va maxsus kombaynda uning doni ajratib olindi.Bu maydonga Qushqo’nmasning Belorusiyadan keltirilgan qoramtir urug’li “Zolushka” navi va Rossiyaning oq sariq rangdagi “Panaseya”navi ekilgan.
Qushqo’nmas o’simligini uch xil muddatda ekib yetishtirilganda ya’ni 25.10,25.03,15.04 sa eng maqbul muddat bu 25.10 muddatdagi ekilgan o’simliklar bo’lib eng yuqori hosildorlikni berdi.
Qushqo’nmas o’simligining dorivorlik hususiyatlariga ta’sir etmaslik uchun ko’proq organik o’g’itlardan foydalanildi.Ekish oldidan fosforli o’g’itlar bilan ishlov berilib so’ng N VA K li o’g’itlardan vegetatsiya davri davomida shonalash va gullash fazalarida foydalanildi.O’simlik 60-40-2 sxemada ekildi.
.


II-bob bo‘yicha xulosa.
Olib borilgan tadqiqotlarimiz uchun foydalanilgan uslublar ko‘plab olimlarning tajribalarida qo‘llanilgan bo‘lib, o‘zining ishonchliligi va xaqqoniyligini isbotlagan hamda tajribalarni o‘tkazilgan yillarida agrotexnika tadbirlari barqaror sharoitda bajarilib aniq ma’lumotlarni olishga asos bo‘ldi.
Bizning tajribalarimiz Andijon viloyati Marxamat tumani Andijon tajriba ko’rgazma maydoni o’tloqi bo’z tuproqlari sharoitida olib borilgan.Tajribalarimizda foydalinish uchun tanlab olingan qushqo’nmas o‘simligining rivojlanishini bioekologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga ekish muddati va me’yorlarini, o’sishi, rivojlanishi va don hosildorligiga ta’siri tajribalarda o‘rganildi va tahlil qilindi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tumanning tuproq va iqlim sharoitlari, tuproqning sho‘rlanmaganligi qushqo’nmas ekinining navlarini to‘g‘ri tanlab joylashtirish, qulay muddatlarda maqbul tup ko‘chat qalinligi va o‘g‘itlash me’yorida oziqlantirib parvarishlash orqali yuqori, sifatli hamda arzon hosil olishni ta’minlaydi. Marhamat tumanida Belorussiyadan keltirilgan “Zolushka” navi va Rossiyaning “Panaseya” navi ekilib, hosildorlikda jiddiy farq yo‘qligi aniqlandi.
Biz Marxamat tumanida Qushqo’nmasni parvarishlash jarayonida bevosita qatnashdik va Belorusiyadan keltirilgan qaramtir urug’li va Rossiyaning oq sariq rangdagi donga ega navlarning yuqori hosildorlikka ega ekanligini kuzatdik. Qushqo’nmasning har ikkala navi gektaridan 2-2.5 tonna don berishi amalda isbotlandi.Bu ikki navning rang ko’rsatkichidan tashqari qanday farqli hususiyati borligi keyingi tadqiqotlarimizda o’rganiladi.Kelgusi rejalarimiz bu navlarning urug’larida dorivor moddalar darajasini aniqlashdan iborat.
Marxamat tumanida Qushqo’nmasning Belorussiyadan keltirilgan qoramtir urug’li “Zolushka” navi va Rossiyaning oq sariq rangdagi “Panaseya” navi ekilib, ularning xosildorligida deyarli farqi yo’qligi aniqlandi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling