Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Qushqo’nmas o`simligini yetishtirish agrotexnikasi


Download 0.84 Mb.
bet16/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

2.3. Qushqo’nmas o`simligini yetishtirish agrotexnikasi.
Tuproqqa ishlov berish. Qushqo’nmas ekiladigan yerlarni kuzda shudgor qilishdan oldin chirigan go‘ng va fosfor o‘g‘iti bilan oziqlantirib 35-40 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi. Erta bahorda yerlarni begona o‘tlardan tozalanadi. Yerlarni tekislash maqsadida uni ikki qatorli borona bilan ishlab va mola bilan tekislab urug‘ ekishga tayyorlanadi. Haydash chuqurligi tuproq mexanik tarkibi, haydalma qatlam qalinligi va boshqa omillarni hisobga olgan holda o‘zgarishi ham mumkin.
Ekishdan oldin ishlov berishning asosiy vazifalaridan biri yerni yaxshilab tiklash va yer ustki qismini yumshatish, shu bilan urug‘ni normal chuqurlikda tashlash uchun sharoit yaratishdir.
Urug‘larni ekish. Qushqo’nmas o‘simligi urug‘idan ko‘payadi. Respublikamizning barcha tuproq sharoitlarida ekib o‘stirish mumkin. Uni yumshoq, suv bilan ta’minlangan, yovvoyi o‘tlardan tozalangan va oziqa elementlar bilan yaxshi ta’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilinadi. O’simlikni uch xil muddatda ekib kuzatildi 25.10,25.03,15.04 urug‘larni 2-4 sm chuqurlikda 60-40-2 sxemada qilib ekiladi. Ekish muddatlari, tabiiy iqlim sharoitlariga qarab belgilanadi.
Urug‘lik sifati mo‘l hosil olishning gorovidir. Ekish uchun yuqori konditsiyali 1 va 11 sinf talablariga javob beradigan urug‘lardan foydalanish lozim. Bunda 1 sinf urug‘larini tozaligi 99 % unuvchanligi 92 % dan kam bo‘lmasligi kerak. Shuning uchun ham urug‘larni ekishga tayyorlashda ularni har xil aralashmadan jumladan begona o‘t urug‘laridan tozalash talab etiladi. Har gektar yerga 14-16 kg urug‘ sarflanadi. Urug‘lar ekilgandan so‘ng 14-15 kunda unib chiqadi. Yosh nihollar bahorda bo‘lib turadigan sovuqqa chidamli hisoblanadi.

Variantlar

Ekish muddatlari

Ekish sxemasi,sm


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling