Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Download 0.84 Mb.
bet13/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Tabiati: Tuman xududi relyefi pasttekislik, tog’lar,qir va adirlardan iborat. Oloy tizmasining etaklari,Ulug’tog’,Tuyamo’yin adirlari mavjud.Tumandan Qoradaryoning quyi irmoqlari, Shaxrixonsoy, Farg’ona ,Karkidon kanallari, oqib o’tadi.Tuman adir qismining tuproqlari arziq, bo’z tuproq va o’tloqi bo’z tuproqlar.
Iqlimi keskin kontinental.Marxamat tumani iqlim sharoiti dehqonchilik uchun qulay bo‘lib o‘z vaqtida ekinlarni o‘stirish uchun qulay. Iyulning o‘rtacha xarorati 27,3 daraja, yanvarniki minus 3 daraja. Eng past xarorat minus -26 daraja, eng yuqori xarorat 42 daraja. Yiliga o‘rtacha 218-320 mm yog‘in tushadi. Yomg‘ir asosan qishda va baxorda yog‘adi. Vegetatsiya davri 220 kun.
Axolisi: asosan, o‘zbeklar, shuningdek, uyg‘ur, qirg‘iz, tojik, tatar, rus va boshqa millat vakillari xam yashaydi. Axolining o‘rtacha zichligi 1 km2 ga 374 kishi to’g’ri keladi.
Tajriba o‘tkazilgan yilning iqlim sharoitlarini ta’riflash uchun Andijon gidrometerologiya stantsiyasi ma’lumotlaridan foydalanildi (2.1.1.-jadval)
Andijon viloyati Marxamat tumani tuprog‘i avvaldan sug‘oriladigan o’tloqi bo’z tuproq. O’tloqi bo’z tuproqlar kapilyar namlanishga sabab bo’luvchi sathi yaqin (1-3m) grunt suvlari ta’sirida hosil bo’ladi. Bo‘z tuproqlar zonasida o’tloqi bo‘z tuproqlar tarqalgan maydon o‘zining tekisligi, yog‘in-sochinlarning eng kam miqdorda bo‘lishi hamda havo harorati eng yuqori, aksariyat-tuproqdan sarflanadigan suvning eng katta ko‘rsatkichga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi
O’tloqi bo‘z tuproqlar ob-havoning (tabiiy iqlimning) kelishiga qarab, 40-120 sm gacha chuqurlikda namlanadi.


2.1.1-jadval
Andijon viloyatida 2021 yildagi yog‘ingarchilik miqdori va havo haroratining taqsimlanishi
(Andijon gidrometerologiya stantsiyasi ma’lumotlari)

Oylar ma’lumot

YAnvar

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Oktyabr

Noyabr

Dekabr

Ko‘p yillik o‘rtacha

Issiqlik miqdori t °C

-39

-03

6,4

20,8

25,2

25,1

26,9

30,7

10,9

18,0

5,0

0,2

Oylar davomida o‘rtacha

-0,8

0,7

11,2

13,4

22,7

27,6

30

25,1













Yog‘ingarchilik miqdori mm

Ko‘p yillik o‘rtacha

36,0

30,0

47,0

25,0

22,0

15,0

8,0

3,0

3,0

20,0

32,0

20,0

Oylar davomida o‘rtacha

60,0

19,0

19,0

18,9

40,0

8,0

1,4

2,0

1,8

14,0







O’tloqi bo‘z tuproqlar ob-havoning (tabiiy iqlimning) kelishiga qarab, 40-120 sm gacha chuqurlikda namlanadi. O’tloqi bo‘z tuproqlarda o‘simlik foydalana olmaydigan namlik (so‘lish namligi) to‘q tusli va tipik bo‘z tuproqdagilarga nisbatan 1,5-2 barobar kam. Oziq moddalar jihatdan kam ta’minlangan tuproqlar qatoriga kiradi. Ya’ni azot 0,05 – 0,11%, fosfor 0,10-0,14% va kaliy 1,72-2,20% ga yaqin. Bahorda o‘tkazilgan shudgorlashda chirindi va boshqa ozuqa moddalar ancha kam bo‘ladi.


Tajriba o‘tkazilgan maydonning tuproq sizot suvlarining sathi 2-3 metr. Mexanik tarkibi o’tloqi bo’z tuproq. Tajriba o‘tkazilgan maydon tuproqlarining dastlabki agrokimyoviy ta’rifi 2.1.2 – jadvalda berilgan.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, haydalma (0-30 sm) qatlamda tuproq chirindisi 1,6%, haydalama osti (30-50) qatlamda esa 0,9% ni tashkil etdi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling