Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Download 0.84 Mb.
bet9/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Geografik tarqalishi
1.2. Qushqo’nmas o`simligining morfobiologiyasi va sistematikasi
Qushqo’nmas o’simligini yer yuzining ko’p mintaqalarida uchratish mumkin.Jumladan O’rta osiyo mamlakatlarining deyarli barchasida uchratish mumkin. Yurtimizda begona o’t sifatida yo’l yoqalarida,dala maydonlarining chetlarida begona o’t sifati o’sadi.Yurtimizda qushqo’nmasning ikkita turi o’sadi ulardan biri dog’li olabuta. Qushqo’nmas o’simligining poyasi to'g'ri yoki shoxlangan, burushiq, silindrsimon, yalang'och yoki yuzasi unsimon qoplama bilan qoplangan kuchsiz to'rsimon-tukli, balandligi 150-160 sm. Uning faol o'sishi shonalash fazasiga to'g'ri keladi. Barglari - o'tkir tishli parraklarga ega, parsimon-parraknamo yoki parsimon-ajralgan ko'rinishda, yashil, yaltiroq, katta oq dog'larga ega, barglari bandli, yotiq-poyasimon, asosiy poyani o'rab turadi. Pastdagi barglar yirik, uzunligi 80 sm gacha, eni 30 sm gacha, to'lqinsimon. To'pguli diametri 3-6 sm bo'lgan savatcha, cho'zinchoq, ko'pincha sharsimon, novda va shoxchalarning uchida bir donali. O'rami cherepitsali, ignali yoki o'tkir yashil bargchalardan iborat. Gulo'rni yassi, etli. To'pgulda 80 dan 100 tagacha gullar shakllanadi. Gullari -naysimon, binafsharang, pushti rang, kamdan-kam xolatda oq. Bitta to'pgulning gullashi o'rtacha 2-6 kun davom etadi. To'pgulda gullarning joylashuvi -markazdan tarqalishi kuzatiladi. Uning xushbo'yi xidi asal-yasminli, muattar. Qushqo’nmas uchun gulchangi shamol yordamida tarqalishi xos emas. Germaniyada maxsus o'tkazilgan tajribalarga muvofiq, changlanishdan 2 soat o'tgach, to'pguldagi gullarning 25% da meva tuguladi va 90-100 % mevalarni o'z-o'zidan changlanish ta'minlaydi. Mevasi -urug'chalari kokilli, ellipssimon yoki teskari tuxumsimon, uzunligi 8 mm gacha, eni 2-4 mm, qalinligi 1-3 mm, ozgina yapaloq, tuksiz, yaltiroq, to'q jigarrang yoki qora, uzun-uzun cho'zinchoq qo'ng'irsimon dog'larga ega. Urug'chalarda gulkosaning qo'shimchalaridan shakllangan uchar kokilchalar ularni shamol yordamida tarqalishiga yordam beradi.Zolushka va Panaseya navlarining urug’lari bir biridan rangi jihatidan farq qiladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling