Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Qushqo’nmas o`simligini o‘stirish texnologiyasi va uning xalq tabobatidagi ahamiyati


Download 0.84 Mb.
bet10/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

1.3. Qushqo’nmas o`simligini o‘stirish texnologiyasi va uning xalq tabobatidagi ahamiyati
Qushqo’nmas o’simligiekilmagan shudgor ( dam berilgan yer ) va kuzgi bug'doydan so’ng ekilganda yaxshi o’sadi. Ular o'z navbatida, nafaqat, katta miqdordagi urug' hosilini olish, balki uning sifat ko'rsatkichlarini oshishini ham ta'minlab beradi. Qushqo’nmasni kech kuzda yoki erta bahorda boshqa ekinlar kabi ekish lozim. Urug'larning unuvchanligi kamida 70-80 %, tozaligi jihatdan kamida 94- 96 % bo'lib, ular birinchi yoki ikkinchi sinfga mos kelishlari kerak. Urug'larga ekishdan oldin ishlov berish talab qilinmaydi. Ochiq joylarda qator orasi 40-60 sm, ekish chuqurligi 2-4 sm, ekish me'yori gektariga 14-16 kg, hamda o'simliklar orasidagi masofa 30 sm bo'lishi talab etiladi. A.N. Kshnikatkinaning ta'kidlashicha qushqo’nmas o'simligini yetishtirish davomida uning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda yetishtirish maqsadga muvofiqdir. Chunki, qushqo’nmas mevalarining gullashi pishishi uzoq davom etadi, jumladan birinchi gullar iyun oyida paydo bo'la boshlasa, oxirgisi senyabr oylariga to'g'ri kelishi mumkin. V.V. Pashkevichning fikricha, qushqo’nmasni kuzda unumdor tuproqqa ekish zarur, urug'larni chuquroqqa tashlab bahorda yangi chiqqan maysalarni qator oralari 30 sm bo'lgunga qadar, siyraklashtirish lozim. Qishloq xo'jaligi ekinlari yetishtirish texnologiyasida innovatsion usullardan foydalanganda ularning ob'ektiv baholanishi va agrotexnologik usullardan foydalanishning energetik samaradorligini aniqlash muhimdir.Ukrainalik olimlarning fikricha, qushqo’nmasning hosildorligi qator orasiga, o'simliklar soniga, yig'ishtirish usullari va tuproq-iqlim sharoitlariga bog'liq. Qushqo’nmas urug'larini ekishdan oldin mikroo'g'it saqlagan preparatlar bilan ishlov berilganda shonalash davri va gullash fazasi boshlanganda 46,3 - 56,2 ming m /ga eng katta maydon hosil qilgan bo'lib, nazorat naviga nisbatan 14,0 - 38,4 % oshganligi kuzatilgan. Qushqo’nmas barglarining maksimal yuzasi Super Gumisol fitopreparati bilan ishlov berilganda aniqlangan, ya'ni 56,2 ming m /ga. O'tkazilgan uch yillik tajribalardan o'rta hisobda Baykal EM - 1 fitopreparati bilan K/Na gumati qo'shib qo'llanilganda kun davomida rastoropsha barglarining eng katta barg yuzasi 60,4 ming m /ga, fotosinterik potensiali 3,01 million m /ga, hamda fotosintez mahsuldorligi 2,82 g/ m ekanligi aniqlangan. Voronova I.A. tajribalarida, rastoropsha ekishdan oldin hamda shonalash davrida agrokimyoviy vositalardan Albit, Siliplant va kaliy yoki natriyli guminlar bilan ishlov berilsa ancha samarali ekanligi aniqlangan bo'lib, bunday usulda urug' hosildorlligi 20,8 - 41,1 ga oshganligi kuzatilgan.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling