Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Download 0.84 Mb.
bet18/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Yorug‘likka talabi. Yorug‘lik o‘simlik hayotining eng muhim omillaridan biridir. Yorug‘lik kunining uzunligi, yorug‘likning intensivligi va uning spektr tarkibi, fotosintez intensivligiga, organik moddalarning to‘planishiga, o‘simlikning o‘sishiga, rivojlanishiga, ayrim organlarning shakllanishiga ta’sir qiladi. Yorug‘lik barglar tuproq yuzasida paydo bo‘lmasdan o‘simlikka ta’sir ko‘rsatadi.
Serquyosh, bulutsiz, ochiq ob-havo, yetarli namlik donning shakllanishi, pishib yetilishida, yuqori hosil olishda muhim omillar hisoblanadi.
O‘suv davridagi parvarish. Maysalar unib chiqqandan keyin ularning oralari yumshatiladi, yovvoyi o‘tlarni tez-tez tozalab turiladi. Vegetatsiya oxirigacha tuproq namligini va havo haroratini hisobga olgan holda 4-6 marta sug‘oriladi. Bahorda hosil bo‘ladigan qatqaloqlar va begona o‘tlarni yo‘qotish uchun borona bilan ko‘ndalangiga ishlanadi.
O‘suv davridagi o‘g‘itlash va sug‘orish ishlari yuqoridagi aytib o‘tilgan tarzda amalga oshiriladi. Sug‘orishlar barglarining holatiga qarab o‘tkaziladi. O‘simlik chanqasa bargi to‘qlashadi, buklanganda sinmaydi. O‘suv davrida ekinlarning kasalliklari va zararkunandalari shuningdek begona o‘tlariga qarshi kurash ishlari tizimini amalga oshirish zarur shartlardan biridir.
Hosilni yig‘ish. Qushqo’nmas may-iyun oylarida gullaydi, urug‘lari iyul oyida pishadi. Qushqo’nmas mevasi pishib yetilishiga yaqin qolganda o‘rib olinadi yoki yashil massasi uchun yetishtirilganda qiyg’os gullaganda yig’ishtirib olinadi. Qushqo’nmas xosilini yig‘ib terib olish, don yetishtirish va uning yalpi xosilini oshirishdagi eng so‘nggi va eng ma’suliyatli davr xisoblanadi.
Qushqo’nmas o’simligi savatcha to’pguli va poya, barglari tikonlardan iboratligi uchun o’simlikni yig’ishtirish biroz mushkul,shu sababdan bu o’simlik kombaynlarda yig’ishtiriladi.O‘rim yig‘im ishlarini o‘z vaqtida va qisqa muddatda tugallash nobudgarchilikni oldini olish don ekinlaridan mo‘l xosil yetishtirishning asosiy garovidir.
2.4. ph ko’rsatkichini aniqlash metodikasi
Kolorimetrik metod:
Bufer usuli yordamida tekshirilayotgan eritmaning pH qiymatini kolorimetrik aniqlash.Ish quyidagi bosqichlardan iborat: Universal indikator yordamida tekshirilayotgan eritmaning pH qiymatini taxminiy aniqlash.
1. Chinni idishga 1 ml tekshiriluvchi probirka quyiladi va undagi indicator qog‘oz tasmasini namlanadi. Ko'rsatkich qog'ozining rangini universal indikator uchun rang shkalasi bilan solishtiring va sinov eritmasining taxminiy pH qiymati bilan xulosa chiqaring (xato ± 0,5).
2. Ko'rsatkichni tanlash. Jadvaldan foydalanib, o'tish hududi topilgan pH qiymatini o'z ichiga olgan indikatorni tanlang
3. Bufer eritmalardan standartlar tayyorlash. Mavjud kuchsiz kislotalar va ularning kuchli asosdagi tuzlaridan pH tanlangan indikatorning o'tish mintaqasini qoplaydigan bufer aralashmalarini tuzing. 5 ml bufer aralashmalarni 7-8 probirkaga soling, jadvaldan komponentlar nisbatlarini oling: "Bufer aralashmalari". Keyin har bir probirkaga tanlangan indikatordan 2 tomchi tomiziladi va yaxshilab aralashtiriladi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling