Djamolova muhlinso muhammadrasul qizining


Download 0.84 Mb.
bet12/36
Sana14.10.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1702989
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
SO\'NGI VARIANT Muxlinsa opa 03.10

Qarshi ko’rsatmalar
Ko’pgina o’tkazilgan tajribalarda qushqo’nmas o’simligining hech qanday nojo’ya ta’siri mavjud emasligi isbotlangan. Shu sababli bu o’simlikni hatto homiladorlar ham iste’mol qilishi mumk


I bob bo‘yicha xulosa
Qushqo’nmas o’simligining olabuta turi Marxamat tumani Andijon tajriba
ko’rgazma maydoni o’tloqi bo’z tuproqlarida o’stirilib parvarish qilindi tajriba davomida o’simlikda bir necha bor fenalogik kuzatuvlar olib borildi. O’simlikning yetishtirish agrotexnalogiyasi, biologiyasi va dorivorlik xususiyatlari o’rganildi.
Qushqo’nmas o’simligi qadim davrlardan buyon dorivor o’simlik sifatida foydalaniladi. Ovqat hazm qilishni yaxshilash jigar o’t faoliyatini me’yorlashtirish va oshqozon-ichak kasalliklarini davolash qobiliyati uchun ko'pchilik uni hozir ham sog‘liq uchun qo’llaydi. Urug‘lari tarkibida ko’pgina foydali vitaminlar va silymarin moddasi mavjudligi bois jigar va buyrak kasalliklari uchun foydalanilgan. Urug‘lardan olingan dorilar o’t safro haydovchi teri kasalliklari va gepatitni davolash uchun ishlatilgan
Bunday keng qamrovli ta’siri uchun qushqo’nmas ko’p kasalliklarni proflaktikasi va davolanishida qo’llaniladi. Urug‘i va quritilgan ko’k poyasi va guli jigar, ichak, o’t qopi va me’da kasalliklarida yordam beradi. Uning asosida tayyorlangan vositalar virusli gepatitning deyarli barcha turi, diareyada yordam beradi va ovqat hazm qilinishini yaxshilaydi.
O’simlikning foydali tomonlari olimlar tomonidan o’rganilgandan keyin, bugungi kunda farmasevtika va kosmetikada dori preparatlari va foydali fitochoylar ishlab chiqarish qo’llanilmoqda. Hozir, ayniqsa qushqo’nmas yog‘iga talab katta. Buni o’zingiz ham dorixonalar va kosmetika do’konlarida kuzatishingiz mumkin.


II. TADQIQOT O‘TKAZISH JOYINING TUPROQ IQLIM
SHAROITI VA TADQIQOT O‘TKAZISH USLUBI.
2.1.Tajriba o‘tkaziladigan joyning tuproq va iqlim sharoitlari.
Bizning tajribamiz Andijon viloyati Marxamat tumani Andijon tajriba ko’rgazma maydoni o’tloqi bo’z tuproq sharoitida olib borildi.
Andijon viloyatning umumiy maydoni 424 ming km2, iqlimi keskin kontinental. Yozi uzoq, issiq, qishi sovuq. Yillik o‘rtacha harorat 28 °C gacha, iyul oyida 39 °C gacha yoki undan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Yilning 310-320 kunida havo harorati 0 oC dan, 180-200 kunida 10 °C dan yuqori bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori viloyat uchun o‘rtacha 226 mm, g‘arbda 100-200, markaziy tumanlarda 200-300, shimoliy tumanlarda 300-400 va sharq qismida 400 mm dan ortiq.
Bahori ancha qisqa va ob-havosi o‘zgaruvchan. Eng ko‘p yog‘ingarchilik bahorda kuzatiladi. Odatda may oyida kuchli yomg‘ir va jala yog‘adi, sel keladi; tuproq yuzasida qatqaloq paydo bo‘ladi. Viloyat hududidan Sirdaryo oqib o‘tadi va shu hududda u Qoradaryo bilan qo‘shiladi. Ko‘gart, Qoraungur va Moylisuv tog‘ daryolari Qoradaryoning irmoqlaridir. Qoradaryoga qo‘shilmaydigan Aravonsoy, Oqbuyra kabi daryolar ham mavjud. Viloyatda eng katta suv ombori Kampirobodda joylashgan. Bu suv manbalari viloyat iqlimiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi (2.1.1-jadvalga qarang).
Viloyat hududi shimoliy-g‘arb va shimoliy-sharq tomonlardan Chotqol va Farg‘ona tog‘ tizmalari, janubdan esa Oloy va Turkiston tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan tog‘lar aro pasttekislikdan tashkil topgan.
Iyulning o‘rtacha ko‘p yillik harorati 27,3 °C, yanvarniki -3 °C. Vegetasiya davri 160-180 kun. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 225 mm. Tumanning shimoliy va shimoliy-sharqida Qoradaryo, Andijonsoy, Shahrixonsoy, Savay kanallari oqib o‘tadi. Sovuqbuloq bulog‘i, Usmon Yusupov nomidagi Katta Farg‘ona kanali, Quyi Ulug‘nor kanali, Kuyganyor va Ko‘tarma nasos stansiyalari, Chinobod, Asaka tashlamalari bor. Adir qismining tuprog‘i arziq, qolgan erlari bo‘z tuproq va o’tloqi bo’z tuproqlardir.
Bahordagi oxirgi sovuq ertasi bilan 2 martga, kechi bilan 2 aprelga to‘g‘ri keladi. Kuz (harorat +20 °C dan pasayishi) senyabrning uchinchi – oktyabrning birinchi o‘n kunligida boshlanadi.
Marxamat tumani 1926 yil 29 sentyabrda tashkil qilingan. Marxamat tumani Buloqboshi,sharq va janubda Qirg’iziston Respublikasi, Asaka tumanlari bilan chegaradosh.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling