Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

 
3-bob. ORFOEPIYA 
 
19-§. ORFOEPIYA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT. HOZIRGI ONA 
TILINING ORFOEPIK ME’YORLARI 
 
Reja: 
1. Orfoepiya haqida ma’lumot. 
2. Unli tovushlar orfoepiyasi.  
3. Undosh tovushlar orfoepiyasi.  
4. Ruscha-baynalmilal so‘zlar orfoepiyasi.  
5. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi. 
6. Forscha-tojik tilidan o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi.   
 
 


Tayanch  iboralar:    orfoepiya,  talaffuz  me’yorlari,  me’yor,  unli  tovushlar 
orfoepiyasi, undosh tovushlar orfoepiyasi, o‘zlashgan so‘zlar orfoepiyasi. 
 
Topshiriq.  Gapni  ko‘chiring.  Undagi  so‘zlarning  aytitishi  va  yozilishi 
o‘rtasidagi farqlarni toping
 
Erishilgan  saodatni  fisqu  fasoddan  saqla,  fisq-u  fasod  o‘chgan  o‘tni  ham 
yondiradi. (Yusuf Xos Hojib) 
  
Muayyan tilni egallash uchun uning lug‘at jamg‘armasidagi barcha so‘zlarni 
yodlab  olish  yoki  grammatik  ta’riflarini  shunchaki  o‘zlashtirish  kifoya  qilmaydi. 
Hamma  gap  mazkur  tildagi  til  birliklarini  puxta    o‘zlashtirib  olishga  bog‘liqdir. 
Shu  ma’noda  tilning  bir-biridan  ajralmas  ikki  oltin  qoidasini:  orfoepiya  (to‘g‘ri 
talaffuz qilish) va orfografiya (to‘g‘ri yozish) ni bilish muhim ahamiyatga ega.  
To‘g‘ri  gapirish  va  to‘g‘ri  yozish  adabiy  til  me’yorlarining  shu  til  sohiblari 
yoki uni o‘rganuvchilar tomonidan qay darajada o‘zlashtirilishiga  bog‘liqdir.  
Adabiy  tilni  egallashning  muhim  bosqichi  nutq  madaniyati  sanaladi.  Tildagi 
me’yorlarga bo‘ysungan holda to‘g‘ri va yoqimli so‘zlay bilish nutq madaniyatidir. 
Shunga  asoslanadigan  bo‘lsak,  aslida,  to‘g‘ri  talaffuz  qilish  og‘zaki  nutq 
madaniyatini  har  tomonlama,  mukammal  egallash  deganidir.  Buni  esa  bizga 
orfoepiya bo‘limi o‘rgatadi. 
O‘zbek tilining orfoepiyasi (grekcha orthos – to‘g‘ri, epos – nutq so‘zlaridan 
olingan)  so‘zlarni  to‘g‘ri  talaffuz  qilishning  o‘ziga  xos  qonun-qoidalarini  o‘z 
ichiga oladi. 
Orfoepiya  birinchi  galda  fonetika  bilan  chambarchas  bog‘liq  holda  takomil 
topib  boradi.  Tovushlarning  har  biri  o‘zining  muntazam    artikulyatsiyasi  va 
akustikasiga  egaligi  tildagi  orfoepik  jarayonlarni  ta’minlaydi.    Bundan  tashqari 
tovushlar  so‘zlar  ichida  kelganida  turli  xil  fonetik  o‘zgarishlarga  uchraydi.  Agar 
biz  so‘zlarni    og‘zaki  nutqda  ishlatilgan  shakllarida,  xususan,  sheva  unsurlarini 
qo‘shgan  holda  qo‘llaydigan  bo‘lsak,  u  holda  tildagi  me’yor  butunlay  buzilgan, 
adabiy til qolipidan tashqariga chiqib ketgan bo‘lardi. 
O‘zbek  tili  tarixida  so‘zlarni  to‘g‘ri  talaffuz  qilish  me’yorlari  nihoyatda 
qiyinchilik bilan shakllangan va taraqqiy topib kelgan. O‘zbek xalq shevalarining 
rang-barangligi,  tilimizga  arab,  fors-tojik  va  boshqa  tillardan  ko‘plab  so‘z  va 
birikmalarning  kirib  kelishi,  o‘zbek  tili  yagona  grammatik  me’yorlarining 
yaratilmaganligi  orfoepik  me’yorlarning  shakllanishiga  to‘sqinlik  qilib  kelgan. 
Ilm-fan,  texnikaning  jadal  sur’atlar  bilan  rivojlanishi,  hayotimizga  radio, 
televideniye  va  ommaviy  axborot  vositalarining,  teatr  va  kinoning  kirib  kelishi  
natijasida  o‘zbek  orfoepiyasi  bilan  imlosi  bir-biriga  yaqinlashdi.  Yalpi  xalq 
savodxonligi  darajasining  o‘sishi,  maktab  va  maorifning  keng  takomil  topishi  bu 
jarayonni  yanada  jadallashtirdi.  O‘zbek  tilining  alohida  bir  bo‘limi  sifatida 
orfoepiya yuzaga keldi va taraqqiy topdi.  
Orfoepiyada quyidagilar alohida e’tibor qaratiladi: 
1. Unli tovushlar orfoepiyasiga. Unlilar nutqqa o‘ziga xos ohang, yumshoqlik, 
bo‘yoq berib turganligi bois orfoepik  me’yorlarning shakllanishida ularning o‘rni 
juda katta bo‘ladi. 


a)  i  tovushi  so‘zning  yopiq  bo‘g‘inlarida  hamda    ikki  undosh  orasida  qisqa 
talaffuz etiladi: qir, bilak, tilim, tig‘ kabi; 
b)  so‘zning  ochiq  va  urg‘uli  bo‘g‘inlarida,  shuningdek  y  tovushidan  oldin 
yoki keyin kelsa, cho‘ziq aytiladi: kiyim, bilim, yigit, tayin kabi; 
g) so‘z o‘rtasida oi shaklida ishlatilsa, y tovushi qo‘shib aytiladi: toyifa, foyiz, 
koyinot  shaklida,  lekin  yozuvda  tashlab  yuborilada.  Shuningdek,  ilmiy,    badiiy, 
siyosiy kabi arab tilidan kirgan so‘zlarda cho‘zib talaffuz qilinadi
d) “u” tovushi jarangsiz ikki undoshlar orasida kelsa, qisqa (tuz, tuk, quruq), 
ochiq  bo‘g‘inda,  jarangli  undosh  yonida  va  so‘z  oxirida  cho‘ziq  talaffuz  qilinadi 
(muloyim, qum, avtobus)
u)  ruscha-baynalmilal  so‘zlarda,  sayoz  til  orqa  va  bo‘g‘iz  undoshidan  keyin 
kelsa yumshoq va cho‘ziq talaffuz qilinadi: iyun, iyul, arxiv  kabi. 
j)  chuqur  til  orqa  undoshlaridan  so‘ng  kelganida  qattiq  talaffuz  etiladi: 
g‘uncha,  qur’a,  xurmo  kabi.  Ayirish  belgisidan  keyin  kelsa,  ajratib  talaffuz 
qilinadi: mas’ul, mal’un, mash’um singari; 
z) tuxum, chuqur, sovuq, qovun kabi so‘zlar tarkibida kelayotgan ikkinchi unli 
tovush i ga moyil aytiladi
i)  e  unlisi  ayirish  belgisidan  oldin  cho‘zib  (she’r,  e’lon,  e’tibor),  yopiq 
bo‘g‘inlarda  qisqa  (sen,  men,  ber),  ruscha-baynalmilal  so‘zlarda  i  ga  moyilroq 
aytiladi:  telefon, benzin, vazelin kabi; 
y)  o‘  unlisi  sayoz  til  orqa  va  bo‘g‘iz  undoshidan  keyin  kelsa  yumshoq               
(to‘k,  go‘l,  ho‘kiz),  chuqur  til  orqa  undoshlaridan  so‘ng  ishlatilsa,  qattiqroq 
(qo‘rqmas, g‘o‘ra, xo‘rlik) talaffuz qilinadi; 
k) unlisi y, ch, j, l, m, n undoshlari, sayoz til orqa tovushlari hamda bo‘g‘iz 
undoshidan  keyin  kelsa  yumshoq  (gap,  yarim,  laylak,  halim),  chuqur  til  orqa 
undoshlaridan keyin kelsa, qattiq (g‘arb, qarmoq, xarob) aytiladi. 
l) ai holatlarida esa bitta y qo‘shib talaffuz qilinadi: zayifa, poyiz, rayis kabi. 
m)  o  unlisi  ruscha-baynalmilal  so‘zlarda  o‘  kabi  aytiladi:  organizm,  opera, 
nomer kabi. 
O‘zbek  tilining  yoqimli  va  jozibador,  ta’sirchan  bo‘lishida  undosh 
tovushlarning o‘rni nihoyatda kattadir. Bo‘g‘inlarni tashkil qilishda, nutqqa ohang, 
rang berishda undosh tovushlarning o‘rni unli tovushlarnikidan kam emas. Undosh 
tovushlarning qanday aytilishi ularning so‘zdagi pozitsiyalariga, shuningdek, qaysi 
tovushlar 
bilan 
yonma-yon 
kelayotganiga  ko‘p  tomonlama  bog‘liqdir. 
Undoshlarning  talaffuzidagi  muhim  nuqtalar  sifatida  quyidagilarni  ajratib 
ko‘rsatish mumkin. 
a) b undoshi so‘z boshida ochiq va ravon (bobo, botir, bol), so‘z oxirida esa p 
tarzida aytiladi (g‘olib, kitob, oftob). Kabob, ishqiboz, darboz so‘zlarida esa v kabi 
aytiladi; 
b)  v  undoshi  ruscha-baynalmilal  so‘zlarda  f  ga  o‘tadi:  avtobus,  avtomatika, 
avtol kabi; 
g) f tovushi p kabi aytiladi: taraf, shofyor, fil singari; 
d)  d  undoshi  so‘z  oxirida  kelganda,  jarangsizlashib,  t  kabi  aytiladi    (obod, 
savod, shod singari); 
y) t undoshi so‘zning barcha bo‘g‘inlarida kela oladi va ravon talaffuz etiladi: 
tor, bet, to‘r kabi. So‘z oxirida kelganda ba’zan tushib qoladi. Dasht, g‘isht, go‘sht 
singari so‘zlarda. Bunda undan oldin undosh tovushning bo‘lishi shart; 


j) q, k, g, g‘ undoshlari so‘zning barcha o‘rinlarida kela oladi va hech qanday 
o‘zgarishsiz talaffuz etiladi;  
Istagim,  bilagim,  bulog‘i,  to‘kkani,  achchiqqina  kabi  ko‘rinishlarda  esa 
fonetik-morfologik qonuniyatlarga ko‘ra boshqa tovushga o‘zgarishi kuzatiladi. 
z)  to‘qson,  maqsad, taqsimot  so‘zlarida  q  undoshi  x  kabi  aytiladi:    Bulardan 
tashqari  har  bir  undosh  tovushning  muayyan  o‘rinlarda  ayrim  fonetik  jarayonlar 
bilan  bog‘liq  o‘ziga  xos  talaffuz  jihatlari  ham  bor.  Ularni  o‘rganish  to‘g‘ri  va 
o‘rinli so‘zlash malakasini beradi. 
O‘zbek adabiy tiliga fonetik jihatdan Toshkent, morfologik jihatdan Farg‘ona 
vodiysi  shahar  shevalari  asos  qilib  olingan.  Shuni  ham  unutmaslik  kerakki, 
shevalardagi  holatlar  hamisha  orfoepik  me’yorlarga  zid  keladi.  Oddiy  so‘zlashuv 
tilidagi  turli-tuman  fonetik  o‘zgarishlar,  dag‘allik,  ayrim  so‘z  va  birikmalardan 
o‘rinsiz  foydalanish  orfoepik  me’yorlarni  buzadi.  Qolaversa,  o‘zbek  tiliga  uning 
tarixiy  takomili  natijasida  arab,  fors-tojik,  rus  va  boshqa  tillarda  minglab  so‘zlar 
o‘zlashib qolgan. 
Avvalo,  arabcha  so‘zlar  talaffuzi  haqida.  Arab  tili  flektiv  tillar  sirasiga 
kirganligi hamda o‘ziga xos alohida tovushlarga ega bo‘lganligi uchun o‘zbekcha 
so‘zlarning ayrimlarida buni hisobga olmasdan ilojimiz yo‘q. 
Arabchadan  olingan  ikki  unli  yoki  undosh  yonma-yon  kelgan  taassurot, 
taajub,  maorif,  saodat  kabi  so‘zlarda  bitta  unli  tushirib  qoldiriladi  va  ikkinchisi 
cho‘zib aytiladi. 
Xalq,  xayol,  xom,  saxiy,  himoya,  hukm,  ehtimol,  goh  so‘zlari  tarkibida 
kelayotgan  x  va  h  bir-biridan  farqlanadi:  biri  yumshoq,  ikkinchisi  qattiqroq 
aytiladi. 
A’lo,  e’tiqod,  e’lon,  sa’va  kabi  ayirish  belgisi  bilan  ishlatiladigan  so‘zlar 
alohida talaffuz me’yorlari mavjud. 
O‘zbek tiliga kirib o‘zlashib qolgan forscha-tojikcha so‘zlar talaffuzida ham 
o‘ziga xos qonuniyatlar mavjud. 
Fors-tojik tilida so‘z o‘rtasi va so‘z oxirida qo‘sh undoshlarning kelishi ko‘p 
kuzatiladi.  O‘zbek  tilida  ishlatiladigan  pand,  Samarqand,  sust,  past  kabi  so‘zlar 
talaffuzida shu holatni ko‘rishimiz mumkin. 
Fors-tojik  tilidan  kirgan  bahor,  nahor  kabi  so‘zlar  tarkibidagi  birinchi 
bo‘g‘indagi a unlisi o kabi aytiladi. 
Shuningdek,  o‘zbek  tiliga  fors-tojik  tilidan  o‘tib  qolgan  f  tovushi  juda  ko‘p 
o‘rinlarda p kabi aytiladi: foyda, oftob, kaft va hokazo  so‘zlarda. 
XIX asrning oxirgi choragidan boshlab o‘zbek tiliga juda ko‘plab ruscha va u 
orqali  inglizcha,  fransuzcha,  nemischa  so‘zlar  kira  boshladi.  Bu  jarayon  hozirda 
ham  davom  etmoqda.  Bugungi  ilm-fan,  texnika  tilini,  ijtimoiy-siyosiy  matnlarni 
ruscha-baynalmilal  so‘zlarsiz  tasavvur  qilish  qiyin.  Shu  bois  ularning  talaffuzida 
alohida o‘rinlar borligini ta’kidlamoqchimiz. 
Sirk,  aksiz,  sentner  kabi  so‘zlar  tarkibidagi  s  tovushi,  garaj,  tiraj,  jurnalist 
kabi  so‘zlardagi  sirg‘aluvchi  “dj”  undoshi,  familiya,  futbol,  kofe  so‘zlaridagi  f 
undoshi  hamda  yumshatish  va  ayirish  belgilari  o‘zbek  tiliga  rus  tilidan  o‘tgan. 
Shunga  ko‘ra  ular  ishlatilayotgan  so‘zlarda  o‘ziga  xos  talaffuz  o‘rinlari  mavjud. 
Stakan, stul, shtraf, brigadir, doklad, tank, bank kabi so‘zlar talaffuzida so‘z boshi 
o‘rtasi va oxirida tovushlarning orttirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan proteza, epenteza, 
epiteza hodisalarini ta’kidlab o‘tish mumkin. 


 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling