168-mashq. Fido so‘zi asosida yasalgan so‘zlarning izohlariga e’tibor
bering va ular ishtirokida gaplar tuzing.
FIDO [arabcha – qutulish, qutultirish; tavon, evaz; qurbolik, qurbon berish,
fido bo‘lish] Biror kimsa, narsa yoki g‘oya uchun o‘zini bag‘ishlash, baxshida,
qurbon qilish.
FIDOYI [arabcha – o‘z jonini qurbon qiluvchi] 1 Biror kimsa, narsa yoki
g‘oyaga astoydil berilgan va ular uchun jondan kechishga ham tayyor, sodiq.
2 Ko‘ngilli, o‘z ixtiyori bilan kelgan askar.
FIDOYILIK O‘z tanlagan yo‘li, maslagi, g‘oyasiga, kasbu koriga yoki biror
kimsaga sodiqlik, o‘zini baxshida etish.
FIDOKOR [arabcha +forscha – o‘z jonini qurbon qiluvchi, fidoyi] Biror
kimsa, narsa yoki e’tiqod uchun o‘z jonini qurbon qiladigan; cheksiz sadoqatli,
fidoyi.
FIDOKORLIK 1 O‘z ishi, kasb-kori, maslagi, e’tiqodiga yoki biror kimsaga
o‘ta berilganlik, o‘ta sodiqlik. 2 Butun borlig‘i bilan berilib ishlashlik, jonbozlik.
FIDOKORONA [arabcha+forscha – jonini fido qilgan holda, jonbozlik
ko‘rasatib] Jonini fido qilib butun borlig‘i bilan, sadoqat bilan, berilib.
Do'stlaringiz bilan baham: |