Djurabayeva Z. A. Ona tili


-bob. SO‘Z YASALISHI (DERIVATSIYA)


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

9-bob. SO‘Z YASALISHI (DERIVATSIYA). 
41-§. SO‘Z YASALISHI HAQIDA  MA’LUMOT 
 
Reja: 
1.So‘z yasalishi(derivatsiya) va uning turlari haqida umumiy ma’lumot. 
2. Affiksatsiya usuli bilan so‘z yasalishi. 
3. So‘zlarni qo‘shib so‘z yasash (kompozitsiya usuli). 
4. So‘zlarni qisqartirib va semantik usul bilan so‘z yasash.   
 
Tayanch  iboralar:  so‘z  yasalishi,  qo‘shimchalar  qo‘shish  orqali  so‘z 
yasalishi,  affiksatsiya  usuli,  so‘zlarni  qo‘shib  so‘z  yasash,  kompozitsion  usul, 
abbreviatura usuli. 
 
1-topshiriq.  Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlar  qanday  so‘zlar  sanaladi.  Ularga 
izoh bering.  
 


1.  Sharbat  yig‘ar  bolarilar,  Asad  oyi  –  asal  oyi.  Jam  bo‘lishar  gulparilar, 
Yarqiraydi yoz chiroyi. (Ashurali Boymurod) 2. Samimiylik – gul kulgusi kabi sof, 
Qog‘ozgulga o‘xshab sovuq kulmaydi. (Olqor Damin)  
 
2-topshiriq.  “Gul”  so‘zi  ishtirokida  yasalgan  so‘zlarni  sodda  va  qo‘shma 
so‘zlarga ajrating va ularning yasalish qoliplari haqida gapirib bering. 
 
Gullamoq,  guldasta,  gulchehra,  gulchilik,  gulkaram,  karnaygul,  gulzor, 
gulxona, gultojixo‘roz, gulbarg, gulbahor, guldon.  
 
Har  bir  milliy  til  tinimsiz  ravishda  taraqqiy  etib  boradi.  Bu  taraqqiyotning 
sezilarli  qismi  yasama  so‘zlar  hisobiga  sodir  bo‘ladi.  Masalan,  bahs  so‘zi 
yordamida  bahsli,  bahslashmaoq,  bahstalab;  tin  so‘zi  asosida  tinch,  tinchlik, 
betinch,  tinim,  tinimsiz,  tinchlantirmoq,  betinim,  tinchliksevar;  imon    so‘zi  orqali 
imonli,  imonsiz,  beimon      kabi  so‘zlar  yasaladi.    So‘z  yasalishi  tilshunoslikning 
alohida bir bo‘limi sanaladi va u asosan ikki usul yordamida amalga oshiriladi. 
1.  Qo‘shimchalar  yordamida  so‘z  yasalishi.  Bu  usulga  morfologik  yoki 
affiksatsiya usuli deyiladi.  
2. So‘zlarni qo‘shib so‘z yasash. Bu usul sintaktik usul yoxud kompozitsion 
usul ham deb yuritiladi.   
Qo‘shimchalar  yordamida  so‘z  yasalishi  ot,  sifat,  fe’l,  ravish  so‘z 
turkumlariga xos.  
I. Ot yasovchi qo‘shimchalar to‘rt turga bo‘linadi:  
1.  Shaxs  otini  yasovchi  qo‘shimchalar:  -chi:  karnaychi,  surnaychi, 
kompyuterchi, dengizchi, futbolchi;  -dosh: sinfdosh, vatandosh,  safdosh, sirdosh;   
-gar:  misgar,  zargar,  kimyogar,  savdogar;  -kor:  pillakor,  san’atkor,  paxtakor, 
g‘allakor;  -bon:  bog‘bon,  darvozabon,  torozibon;  -dor:  muhrdor,  chorvador, 
mulkdor;  shunos:  tilshunos,  adabiyotshunos,  tabiatshunos,  zarshunos;  -paz: 
oshpaz,  somsapaz,  mantipaz;  -do‘z:  do‘ppido‘z,  gilamdo‘z,  maxsido‘z;  -xon: 
kitobxon, jurnalxon, gazetxon kabi. 
2.  Narsa-buyum  otini  yasovchi  qo‘shimchalar:  -don:  guldon,  qalamdon, 
tuzdon; -gich (-kich, -qich, -g‘ich): o‘tkazgich, ko‘rsatkich, chizg‘ich, o‘chirg‘ich, 
qisqich;  -ma:  suzma,  qovurma,  qatlama;  -m  (-im,-um):  chidam,  terim,  unum, 
chidam, kechirim; -gi (-ki,-qi,-qi): supurgi, yqilg‘i, tepki, uyqi; -k, -q (-ik, -iq, -uq,  

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling