Savol va topshiriqlar.
1. Affiksal (qo‘shimcha) morfema deb nimaga aytiladi?
2. Affiksal morfemalar qanday turlarga bo‘linadi?
3. So‘z yasovchi morfemalarga misollar keltiring.
4. Shakl yasovchi morfemalarga ta’rif bering.
174-mashq. Uyga vazifa. Gaplarni ko‘chiring, tagiga chizilgan
morfemalarga ta’rif bering.
1. Bolalik chog‘larida orzulari osmondek bo‘lgan Ra’no tez uquvchan,
qiziquvchan, aqli rasoligi bilan dugonalari orasida ajralib turardi. (Sh.Dehqonov) 2.
U dilbar, ismiga mos o‘ktam ayol. Ziroatchilik san’atini ham suv qilib ichib
yuborgan. (S.Mahmudova) 3. Qaldirg‘ochlar uy tanlashda farishtali, nurli
xonadonlarni tanlaydi. (T.Shodiyev)
Do'stlaringiz bilan baham: |