Djurabayeva Z. A. Ona tili


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

1-topshiriq.    Berilgan  gapni  o‘qing.  Ajratib  ko‘rsatilgan  so‘zlarni  asos  va 
qo‘shimchalarga  ajrating.  Yurtimizda  bog‘dorchilikning  rivojlanishi,  ayniqsa, 
intensiv  bog‘larning  barpo  etilishi  xalqimiz  dasturxonini  qishin-yozin  mevalar 
bilan  to‘ldirish  barobarida  mevachilikni  yangi  bosqichga  olib  chiqdi. 
(B.Muhammadiyev) 
 
2-topshiriq.  -chi,  -lik,  -chilik  qo‘shimchalari  yordamida  so‘zlar  yasang  va 
ulardagi o‘zgarishlarga e’tibor bering.  
 
Hayot hamisha oldinga qarab harakatlanadi. Bu jarayonda insoniyat har doim 
yashab  qolish  uchun  kurashadi  va  buning  natijasida  uning    turmush  tarzida, 
tafakkurida  tinimsiz  evrilishlar,  o‘zgarishlar  sodir  bo‘lib  turadi.  Ishlab  chiqarish, 
ish qurollari, narsa-buyumlar, yeb-ichishda zamon bilan bog‘liq yangiliklar yuzaga 
keladi. Bular o‘z navbatida tilda zuhr berib boradi: yangi nomlar, atamalar paydo 


bo‘ladi.  Masalan,    Mustaqillikka  erishilgandan  keyin  ijtimoiy  hayotimizda  sodir 
bo‘lgan  o‘zgarishlarni  ifodalash  maqsadida  tilimizda  tadbirkor,    tadbirkorlik, 
hadisshunos,  raqobatbardosh,  mulkdor  singari  so‘zlar    qo‘llanila  boshlandi.  
Mazkur  so‘zlar  sun’iy  ravishda  hosil  qilingani  yo‘q.  Bungacha  ham  tilimizda 
tadbir,  hadis,  raqobat,  bardosh,  mulk  degan  so‘zlar  mavjud  edi.  Bu  so‘zlarga 
qo‘shimchalar  qo‘shish  yoki  so‘zlarni  o‘zaro  biriktirish  yordamida  ularning 
ma’nosida  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.    Globallashuv  natijasida  rus  va  yevropa 
tillaridan  modernizatsiya,  paynet,  internet,  kompyuter,  skaner,  SMS  kabi  behisob 
so‘zlar  o‘zlashdi.  Bu  holat  tilda  qonuniy  hodisa  sanaladi.    Agar  hayotimizda 
yuzaga  kelgan  har  bir  yangi  narsaga  nisbatan  alohida  so‘z  qo‘llaydigan  bo‘lsak, 
tilda  so‘zlarning  tasavvur  qilib  bo‘lmas  darajada  ulkan  zaxirasi  paydo  bo‘lib, 
pirovard  natijada  ota-ona  va  farzand  o‘rtasida  ham  anglashilmovchiliklar  kelib 
chiqish ehtimoli vujudga kelgan bo‘lardi.  
 Tilning imkoniyatlari shu qadar kengki, ko‘p bo‘lmagan vositalar yordamida 
son-sanoqsiz  tushunchalarni,  tuganmas  axborotlarni  ifodalash  mumkin.  Yangi 
tushunchalarni ifodalash uchun tilda ilgari mavjud bo‘lgan so‘zlarga qo‘shimchalar 
qo‘shish orqali so‘zlar hosil qilish usulidan keng foydalaniladi.  
Yangi so‘z hosil qilish uchun so‘z yasashga asos qism (yetakchi morfema) va 
yasovchi  qism  (affiksal  morfema  yoki  ko‘makchi  morfema)  ning  bo‘lishi  talab 
etiladi.  Asosga  qo‘shilib,  unga  turli  xil  ma’nolar  qo‘shib  keladigan  va  mustaqil 
holda  qo‘llanmaydigan  qismning  umumiy  nomiga  affiksal  yoki  ko‘makchi 
morfema deyiladi.  
Ko‘makchi morfemalar ikkiga bo‘linadi:  
1. So‘z yasovchi morfemalar.            
2. So‘z shakli yasovchi morfemalar.  
Asosga qo‘shilib,  undan  anglashilgan  ma’noni  butunlay  o‘zgartirib  yuborish 
uchun  xizmat  qiladigan  morfemalarga  so‘z  yasovchi  morfemalar  deyiladi. 
Masalan,    gul  so‘ziga  -chi  qo‘shimchasini  qo‘shish  orqali,  gul+chi,-chilik 
qo‘shimchasi yordamida gul+chilik so‘zlari hosil qilinadi. Xizmat+chi, to‘quv+chi, 
sotuv+chi; 
parranda+chilik, 
uzum+chilik, 
dehqon+chilik, 
baliq+chilik, 
poliz+chilik    singari  so‘zlar  ham  shu  qolipda  yasalgan.  Ba’zan  qo‘shimchalar 
yaxlitlashib, bir nechta qo‘shimcha bitta ma’noni ifodalash uchun xizmat qilishga. 
Masalan, yuqorida keltirilgan  -chi; misgar, zargar, davogar so‘zlariga qo‘shilgan             
-gar;  do‘stlik,  birdamlik,  hamjihatlik,  bolalik  leksemalarida  qo‘llangan  -lik 
qo‘shimchalarini  alohida  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalar  sifatida  ajratish  mumkin, 
ammo  ovoragarchilik,  serobgarchilik,  insongarchilik so‘zlari  tarkibida  kelayotgan   
-garchilik qo‘shimchasini tarkibga ajratib mumkin emas. Chunki, tilimizda mazkur 
leksemalarni 
ovoragar, 
ovoragarchi; 
serobgar, 
serobgarchi; 
insongar, 
insongarchi tarzida ishlatib bo‘lmaydi.  
Bir asosdan bir necha yangi so‘z hosil qilinishi mumkin. Tin+ch, tin+ch+lik, 
no+tin+ch,  no-tin+ch+lik    so‘zlarining  yasalish  asosi  bir  xil.  Yasama  so‘z  asos 
qism ma’nosi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Agar  shunday bog‘lanish bo‘lmasa,  u 
yasama  so‘z  hisoblanmaydi.  Masalan:  sabo+t,  hayo+t  so‘zlaridagi  sabo,  hayo 
ma’noga ega bo‘lgani bilan  -t alohida so‘z yasovchi morfema sifatida olinmaydi, 
sabo, hayo so‘zlari sabot, hayot so‘zlari bilan mazmunan bog‘lanmaydi, lekin to‘la 
so‘zi belgini, unga  -t qo‘shilishi bilan to‘lat ish-harakatni bildiradi.   


Yetakchi morfemalarga qo‘shilib, yangi so‘z hosil qilmaydigan, so‘zning turli 
xil  shakllarini  vujudga  keltiradigan  morfemalarga  shakl  yasovchi  morfemalar 
deyiladi. Masalan, sekin+roq, biz+ni, ko‘r+gach va h.k. 
Shakl yasovchi morfemalar o‘z ichida ikki guruhga bo‘linadi: 
1.  Lug‘aviy  shakl  yasovchi  morfemalar  sanaladi.  Yetakchi  morfemaga 
qo‘shilib, undan yangi so‘z yasamaydigan, asosdan anglashilgan ma’noni qisman 
o‘zgartiradigan morfemalar lug‘aviy shakl yasovchi morfemalar sanaladi:  uy+lar, 
qiz+cha, qo‘zi+choq, bola+jon, ayt+gani kabi. Bunday morfemalar so‘zlarni bir-
biriga bog‘lash vazifasini bajarmaydi. 
2.  Sintaktik  shakl  yasovchi  morfemalar  hisoblanadi.  Asosga  qo‘shilib, 
so‘zning ma’lum morfologik shaklini ko‘rsatuvchi va uni boshqa so‘zga bog‘lash 
uchun xizmat qiluvchi morfemalarga sintaktik shakl yasovchi morfemalar deyiladi. 
Masalan: uy+ga, qiz+im, qo‘zi+lar, bola+ning, ayt+ing va boshqalar.  
Egalik,  kelishik,  shaxs-son  qo‘shimchalari  sintaktik  shakl  yasovchi 
morfemalar tarkibiga kiradi. 
Affiksal morfemalarda shakldoshlik, ma’nodoshlik, zid ma’nolilik hodisalari 
mavjud.   
Qo‘shimchalar ichida shakldoshlik munosabati ko‘p  uchraydi. -ma, -in, 
 -chi,  -li,  -dor,  -ch,  -(i)sh,  -ar,  -ik,  -k,  -ish,  -qin,  -chaq,  -(a)  y,  -siz  kabi 
qo‘shimchalarni bunga misol qilib keltirish mumkin. 
1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘rasidagi shakldoshlik:   
  qalamdon (ot) 
  qadrdon (sifat) 
  toshqin (ot)              jo‘shqin (sifat) 
  tepki (ot) 
            kechki (sifat) 
  qatlama (ot)            bo‘g‘ma (sifat) 
  o‘roq (ot)             qo‘rqoq (sifat) 
  yoshlik (ot)            buxorolik (sifat) 
  yuzsiz (sifat)           so‘zsiz (ravish) 
  ko‘rik (ot)             yugurik (sifat) 
 
2. So‘z yasovchi qo‘shimcha so‘z shakli yasovchi qo‘shimcha bilan shakldosh 
bo‘ladi. 
kelinchak (erkalash, hurmatlash shakli) erinchak (sifat yasovchi)  
so‘zlama (fe’lning bo‘lishsiz shakli)    burma (sifat yasovchi) 
o‘nlab (chama son shakli)                       yillab (ravish yasovchi) 
qizcha (kichraytirish shakli) 
           inglizcha (sifat yasovchi) 
onaxon (hurmat shakli) 
                     kitobxon (ot yasovchi) 
kitobi (III shaxs, birlik shakli) 
           boyi (fel yasovchi). 
3. So‘z shakli yasovchi qo‘shimchlar o‘rtasidagi shakldoshlik: 
ko‘kish (ozaytirma shakli)                     borish (harakat nomi) 
onam (egalik shakli) 
                   so‘radim (shaxs-son shakli) 
daftaring (egalik shakli)                     kelding (shaxs-son shakli) 
Qo‘shimchalar o‘rtasida ma’nodoshlik hodisasi ham kuzatiladi.  
Masalan,  -li  qo‘shimchasi  o‘rniga  -kor,  -dor,  bo-,  ba-,  ser-  qo‘shimchalarini 
qo‘llash mumkin: shiddatli – shiddatkor,  shirali – shirador, haybatli  –  bahaybat, 
suvli – sersuv, obro‘li – boobro‘ kabi. 


Shuningdek,  -chi  o‘rnida,  -shunos,  -kash,  -kor;  -siz  o‘rnida  esa  be-,  no-  old 
qo‘shimchalarni qo‘llash mumkin:  tarixchi – tarixshunos, janjalchi – janjalkash,  
sholichi – sholikor,  nomussiz – benomus  va hokazo.  
-ba,  -ser  qo‘shimchalari,  asosan,  otga  qo‘shilib,  asosdan  anglashilgan  belgi-
xususiyatning  meyordan  ortiq,  ko‘p  ekanligini  bildirsa,  be-,  no-  qo‘shimchalari 
xuddi shu narsalarga ega emaslikni anglatadi. Mazkur qo‘shimchalar -li, -siz, -dor 
qo‘shimchalari bilan sinonimik munosabatida bo‘la oladi. 
Masalan: 
basavlat—savlatli, 
bepoyon—poyonsiz, 
notayin— 
tayinsiz, 
serg‘alva—g‘alvali. 
Qo‘shimchalardagi  ma’nodoshlik  hamma  holatlarda  ham  bir  xil  kechmaydi. 
Noqulay,  nojo‘ya,  noshukur  kabi  so‘zlar  tarkibida  kelayotgan  qo‘shimchalar 
o‘rnida -siz qo‘shimchasini qo‘llash uslubiy g‘alizlik keltirib chiqaradi.  
Unumdor — unumsiz, iboli — ibosiz,  hafsalali — behafsala so‘zlar tarkibida 
kelayotgan qo‘shimchalarda zid ma’nolilik ko‘zga tashlanadi.  
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling