Djurabayeva Z. A. Ona tili


-ira:  yaltiramoq,  yiltiramoq,  qaltiramoq; -i


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   214
Bog'liq
66onatilipdf

-ira: 
yaltiramoq, 
yiltiramoq, 
qaltiramoq; -i: boyi, tinchi, changi.       
IV.  Ravish  yasovchi  qo‘shimchalar:  -cha:  yashirincha,  o‘zicha,  eskicha;  -
chasiga:  ochiqchasiga,  harbiychasiga,  chalqanchasiga;  -larcha:  yigitlarcha, 
qahramonlarcha,  polvonlarcha;  -lab:  oylab,  haftalab,  yillab;  -dek,  -day:  guldek, 
otdek,  lochiday;  -ona:  do‘stona,  mardona,  kamtarona;  -an:  qalban,  ruhan, 
qisman;  -lay (in): butunlay, tiriklayin, yashirin va hokazo.  
So‘z yasalishida so‘zlarni bir-biriga qo‘shib so‘z yasash usuli keng tarqalgan. 
Tilimizda ot so‘z turkumiga oid qo‘shma so‘zlarning quyidagi qoliplari uchraydi. 
1. Ot+ot: qalampirmunchoq, oshpichoq, oshqozon, chumchuqko‘z, g‘ozpanja, 
qo‘ziqorin, oshqovoq, gulsafsar, ko‘zoynak, asalari kabi.  
2.  Sifat+ot:  oqqush,  oqsoq,  qorayaloq,  qizilmiya,  olachipor,  olako‘z, 
Kattaqo‘rg‘on,  Yangiyer va hokazo.  
3.  Son+ot:  sakkizoyoq,  uchburchak,  to‘rtburchak,  qirqbo‘g‘im,  mingoyoq, 
Uchko‘prik, o‘nboshi, beshyuzboshi singari. 
4.  Ot+sifatdosh  yoki  harakat  nomi:  o‘rinbosar,  dunyoqarash,  kungaboqar, 
otboqar kabi. 
 5. Fe’l+fe’l: iskabtopar, izlabtopar, olibsotar singari.   
6. Son+fe’l shakli: beshotar, o‘zibo‘larchilik, o‘zibarmonlik va hokazo. 
Qo‘shma sifatlar quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi:  
1. Sifat+sifat: olachipor, xomsemiz, qorasovuq.  
2. Ot+ot: havo rang, jigar rang, bodomqovoq.  
3. Ravish+ot: kamqon, kamchiqim, kamgap, hozirjavob. 
4. Ravish+fe’lning sifatdosh shakli: kechpishar, ertapishar, tezoqar.    
5. Ot+aro: xalqaro, guruhlararo, maktablararo.  
Qo‘shma  fe’llarning  ot+fe’l:  imzo  qo‘ymoq,  javob  bermoq,  sakkiz  bo‘lmoq, 
taq  etmoq,  g‘ayrat  qilmoq,  fikr  qilmoq;  fe’l+fe’l:  olib  bermoq,  qaytarib  olmoq, 
borib kelmoq ko‘rinishidagi holatlari uchraydi. 
 Ravishlar  har  so‘zi  bilan  o‘rin,  payt  ma’nosini  bildiruvchi  so‘zlarning 
qo‘shilishi  natijasida  yasaladi:  har  lahza,  har  gal,  har  zamon.  Shuningdek,  bir 
so‘zi bilan o‘rin, joy, miqdor bidiruvchi so‘zlarning qo‘shilishi natijasida ham hosil 
qilinadi: bir mahal, bir zamon, bir yo‘la.  
Birma-bir,  dam-badam,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri,  yuzma-yuz,  qo‘lma-qo‘l,  uchma-
uch  ko‘rinishidagi  ot,  son  so‘z  turkumiga  oid  so‘zlar  o‘rtasiga  -ma,  ba- 
qo‘shimchlarini qo‘shish orqali ham qo‘shma ravishlar yasaladi.     


Bulardan tashqari, so‘z yasashning  fonetik usuli ham mavjud. Bu usulda so‘z 
tarkibidagi    ba’zi    tovushlar  o‘zgarishi  va  urg‘uning  o‘rni  ko‘chishi    natijasida  
tug‘iladigan yangi ma’nodagi so‘zlar hosil qilinadi: ko‘r – ko‘z, bo‘r – bo‘z, buva – 
buvi, oq – oppoq  va hokazo. 
Semantik usul bilan so‘z yasashda tilning lug‘at fondida mavjud bo‘lgan so‘z 
(so‘z  formasi)ning  ma’nosi  o‘zgarishi  natijasida  yangi  so‘z(ma’no)  hosil  bo‘ladi. 
Bu  usul    ba’zi  adabiyotlarda  leksik-semantik  usul  deb  ham  yuritiladi.  Masalan, 
quloq, burun, tish,  ko‘z, etak, bel, nur kabi so‘zlarni bunga  misol  qilib  olishimiz 
mumkin.  Solishtiring:  quyosh  nuri  –  ezgulik  nuri,  beli  og‘rimoq  –  tog‘ning  beli 
kabi.  
Shuningdek, ot so‘z turkumida abbreviatura (so‘zlarni qisqartirib so‘z yasash) 
usuli  ham  uchraydi:  O‘zMU  –  O‘zbekiston  milliy  universiteti,  DAN  –  Davlat 
avtomobil nazorati, MCHJ – mas’uliyati cheklangan jamiyat va hokazo.   
 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling