Djurabayeva Z. A. Ona tili
mukki, pishiq-puxta kishi naymit
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
66onatilipdf
mukki, pishiq-puxta kishi naymit, ko‘tarasiga, hammasini birdaniga savdo qilish,
olish do‘rji, ichi qora odam kuya deyiladi. Yuqoridagi so‘zlar adabiy tilda mavjud emas. Bunday leksik birliklar iste’mol doirasiga ko‘ra chegaralangan leksikaga oid sanaladi. Muayyan hudud doirasida qo‘llaniladigan va ma’nosi faqat shu yerda istiqomat qiluvchi aholiga tushunarli bo‘lgan xalq tili ko‘rinishiga sheva deyiladi. Masalan, Toshkent shevasi, Marg‘ilon shevasi, Urgut shevasi, G‘ijduvon shevasi, Koson shevasi, To‘rtko‘l shevasi kabi. Shevaga oid so‘zlar dialektizmlar deb ham ataladi. Dialektizmlar tildagi dialektal leksikani tashkil qiladi. Shevaga xos so‘zlarning eng muhim jihatlari quyidagilarda ko‘rinadi: 1. Dialektal so‘zlar xalq tilining tartibga solinmagan, me’yorlashtirilmagan shakli sanaladi. Ma’lum bir hududda qo‘llangan shakl ikkinchi bir hududga xos bo‘lmaydi. Masalan, Tohir Malikning “Falak” qissasidan olingan quyidagi parchaga e’tibor qilaylik. – Assalomu alaykum, bucha. Sog‘-omonmisiz, akam salomatmilar? Eshikdagilardan xabaringiz yo‘qmi? – Ular sizdan keyinroq Shirmonbuloqqa ko‘chib ketishgan. Dadangizning bo‘lalari olib ketdilar. Parchadagi bucha – kichik buvi, kichik aya, eshik – hovli, uy, bo‘la – xolavachcha ma’nolarida qo‘llangan. 2. Dialektal so‘zlarning iste’mol doirasi chegaralangan bo‘ladi. Shu hududdan tashqarida qo‘llanmaydi. Boshqa hududda mazkur so‘z o‘zga nom bilan ataladi. 3. Dialektal so‘zlarning faqat og‘zaki shakli mavjud. Shu bois, dialektal leksikada vulgarizmlar, evfemizmlar, jargon va argolar ko‘p kuzatiladi. 4. Yozuvchi va shoirlar badiiy asarda qahramonlarning xarakterini ochishda shevaga xos so‘zlardan foydalanishi mumkin. 5. Ta’lim-tarbiya, ilm-fan, ommaviy axborot vositalari (radio-televideniye, gazeta-jurnallar)da, rasmiy ish yuritishda shevaga xos so‘zlardan foydalanilmaydi. 6. Sheva va dialektlar adabiy tilning ichki boyish manbasi sanaladi. Masalan, cho‘liq (cho‘ponning yordamchisi), ko‘pkari, sovrin, elovlamoq (uyqusiramoq) kabi so‘zlar shevalardan olingan. Shevalar yig‘indisiga lahja deb ataladi. O‘zbek tilida uch lahja mavjud: 1. Qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi. Bu lahjada so‘zlashuvchilar Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida yashashadi. O‘zbek adabiy tilining rivojlanishida qorluq-chigil-uyg‘ur lahjasiga kiruvchi shevalar yetakchilik qiladi. 2. Qipchoq lahjasi. Respublikamizning barcha joylarida uchraydi. Masalan, Qashqadaryoda yashovchi qipchoq shevalarida chig‘alak – g‘ildirak, zaylicha – sholcha, palos, to‘shang – bo‘shang, tolli – shirin, tollitayoq – tartibsiz kabi leksemalar qo‘llaniladi. 3. O‘g‘uz lahjasi. Xorazm viloyatida keng tarqalgan bo‘lib, o‘ziga xos leksik jamg‘armaga ega. Mazkur lahjada faol ishlatiladigan so‘zlarga atiz – tomorqa, ekin ekiladigan maydon, lachak – xalat, dayi – tog‘a, yop –kanal, taka – yostiq singari leksik birliklarni misol qilib keltirish mumkin. O‘zbek adabiy tilining shakllanishi va rivojlanishida barcha sheva va lahjalarning o‘z o‘rni bor. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling