Djurabayeva Z. A. Ona tili


chekinilgan holatlarga diqqqat qiling va ularni izohlashga urinib ko‘ring


Download 1.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/214
Sana05.01.2022
Hajmi1.49 Mb.
#225945
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   214
Bog'liq
66onatilipdf

chekinilgan holatlarga diqqqat qiling va ularni izohlashga urinib ko‘ring.  
 
6-§. ONA TILI VA UNING TAYANCH DIALEKTLARI 
  
Reja: 
1. Sheva va dialekt haqida ma’lumot. 
2. Lahja haqida ma’lumot. 
3. O‘zbek adabiy tilining tayanch dialektlari. 
 
Tayanch  iboralar:  og‘zaki  nutq,  sheva,  shevashunos,  shevashunoslik, 
dialekt, dialektologiya, lahja, tayanch dialekt.   
 
Topshiriq. She’riy parchani yodlang, undagi g‘oya haqida bahs yuriting. 
 
Lahjalar birlashdi – til bo‘ldi yirik, 
Oftobday bo‘yladi “Qutadg‘u bilik”. 
Mahmud Koshg‘ariydan to‘q bo‘ldi ilik. 
Ahmad Yassaviyim hikmati tirik  
Otini keng yo‘lga solgan o‘zbekman. (Azim Suyun) 
 
Ona tili millat tafakkuri va ma’naviyatining yorqin ifodasi sifatida o‘zida shu 
millatga xos bo‘lgan barcha xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘ladi.  
Tarixdan  ma’lumki,  xalqlar  va  millatlar  har  doim  muayyan  bir  hududda 
istiqomat  qilib  kelishgan.    Hududiy  kenglik,  har  bir  hududga  xos  bo‘lgan  tabiat 
ko‘rinishi,  shu  yerda  yashovchi  xalq  vakillarining  kasb-kori,  turmush  tarzi,  ular 
bilan  yonma-yon  yashagan  boshqa  xalq  vakillarining  ta’siri  aniq  bir  til  doirasida 
ham  farqli  jihatlarning  paydo  bo‘lishiga  sababchi  bo‘lgan.    Masalan,  milliy  bosh 
kiyimimiz  do‘ppi  Namanganda  to‘ppi,  Samarqand  qalpoq,  Buxoroda  kalapo‘sh, 
Xorazmda takya tarzida qo‘llaniladi.  


Ko‘rinib  turibdiki,  o‘zbek  tilida  sheva  va  dialektlarning  miqdori  juda  ko‘p. 
Ular  ustida  uzoq  yillar  kuzatuv  olib  borgan  Ye.D.Polivanov  “Dunyoda  bironta til 
shevalararo o‘zbek tilichalik farqlanmaydi”,-deb aytgan edi.  
Darhaqiqat,  Respublikamiz  viloyatlarini  kezar  ekansiz,  o‘zlarini  qo‘ng‘irot, 
qipchoq,  kaltatoy,  jaloyir,  kenagas,  ming,  qirq,  yuz,  o‘g‘uz  shevasi  vakillari  deb 
atovchi ko‘plab yurtdoshlariimzga duch kelasiz. Ular boshqa xalq vakillari emas, 
balki o‘zbek xalqini takshil qiluvchi qadim turkiy qabila va elatlarning nomlaridir. 
Masalan,  Qashqadaryo  shevasida  ziqna,  xasis  kishi  ko‘ktirnoq,  qo‘nji  kalta  etik 

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling