9-MAVZU. GM GMS tizimi. DOIMIY TAKOMILLASHTIRISH PRINTSIPI.
Reja:
9.1. Biznes - rejani yoyish.
9.2. Muammoni yechish.
9.3. Andon kontseptsiyasi.
9.4. Bino, jihoz va o`lchash vositalarini takomillashtirish.
9.5. Loyihalashtirish va ishlab chiqarishni (DFM/DFA) muvofiqlashtirish.
9.6. Umumiy texnik xizmat ko`rsatish tizimi / samaradorligi.
9.7. Doimiy takomillashtirish jarayoni.
Doimiy takomillashtirish printsipini maqsadi:
- atrof muhitni o`rganish;
-
asosiy muammoni ajratish, muhokama o`tkazish,
tub sababni topish, to`g’ri
qaror
chiqarish va tez bartaraf qilish uchun chora tadbirlar
ishlab chiqish;
- darajalardagi munosabatlar o`rtasidagi tusiqlarni olib tashlash;
- muammo darajasini aniqlashda kaskad usulidan foydalanish;
- yo`qotish kamaytirishda ishlab chiqarish madaniyati tizimi (5S) rivojla-nishini qullab
quvvatlash;
- yetakchilik bilan namuna bulish.
9.1 Biznes rejani yoyish (BPD- Business Plan Deployment)
Butun kompaniya bo`yicha maqsadlarni o`rnatish,
rejalarni birlashtirish va
qo`yilgan barcha maqsadlarga erishilganlikni va o`zgarishlarni
boshqarish jarayoni
ta’minlash. CHoralar ko`rishda va ishlab chiqarish
madaniyatini doimiy
takomillashtirishda butun xodimlarni birlashtirish va jalb etish.
- kompaniya rahbari barchani kompaniya maqsadidan xabardor etishi;
- barcha BPD- Biznes rejani yoyishga mashulligi;
Maqsadlarni o`rnatish.
«Biznes rejani yoyish» dan asosiy maqsad kompaniyaning
barcha xodimlarini
qo`yilgan maqsadlarga erishishga jalb etish. Boshqacha
qilib aytganda har bir
qo`yilgan maqsadlar asosida umumiy maqsadga erishish.
Maqsadlarni har bir joyni
xaqiqiy imkoniyatidan kelib chiqib o`rnatish.
Misol: Kompaniya maqsadi:
Istehmolchi qanoatlanishini oshirish (tan-narxini kamaytirish orqali).
Maqsad: materiallar sarfini 10% ga tushurish.
Metod: har bir joyda materiallar sarfini ularni haqiqiy imkoniyatidan kelib chiqib
taqsimlash va nazoratini olib borish.