Doklad Mavzu: Suvda va quruqlikda yashovchilar ekologiyasi Bajardi : Nusratillayev Humoyiddin Toshkent 2022 Reja: Kirish. Asosiy qism


Suvda ham quruqlikda yashovchilarning sistematikasi


Download 19.16 Kb.
bet3/5
Sana22.03.2023
Hajmi19.16 Kb.
#1286035
1   2   3   4   5
Bog'liq
doklad. Suvda va quruqlikda yashovchilar ekologiyasi

Suvda ham quruqlikda yashovchilarning sistematikasi
Suvda ham quruqlikda yashovchilar quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning kam sonli sinfi bo'lib, o'z ichiga 2500 ga yaqin tum i oladi. O'zbekistonda suvda ham quruqlikda yashovchilaming 3 ta turi uchraydi. Ular Oyoqsizlar (Apoda), Dumlilar (Caudata) va Dumsizlar (Ecaudata) turkumlariga bo'linadi.
Oyoqsizlar (Apoda) turkumiga 80 ga yaqin tur kiradi, ular tashqi ko'rinishidan chuvalchanglarga o'xshaydi. Tropik zonalarda tarqalgan, yer tagida hayot kechiradi. Oyoqlari yo'q, ko'zlari reduksiyalangan. Urug'lanishi ichki. Kopulyativ organi bor. Umurtqalari amfisel tipida, qobirg'alari bor. Yurak bo'lmalari orasidagi parda to'liq emas. Bu turkumga Janubiy Amerikada tarqalgan halqali chervyaga va Janubi— Sharqiy Osiyoda tarqalgan seylon ilonbaliqni vakil qilib keltirsa bo'ladi.
Dumlilar (Caudata) turkumiga 350 ga yaqin tur kiradi va ular asosan shimoliy yarim sharda tarqalgan. Gavdasi uzunchoq bo'lib, yaxshi rivojlanmagan dumi bor. Oldingi va keyingi oyoqlari deyarli bir xil uzunlikda bo'ladi. Tana umurtqalariga kurtakka o’hshash qobirg'alari birikkan. Peshona va tepa suyaklari qo'shilmagan. O'mrov suyagi yo'q, bilak, tirsak hamda katta va kichik boldir suyaklari o'zaro qo'shilmagan. Keyingi kovak vena bilan bir qatorda kardinal venalar ham saqlanadi. Yon chiziq organi umrbod saqlanadi. Urug'lanishi ichki.
Ba'zi turlarida neoteniya hodisasi uchraydi, ya’ni lichinkasi metamorfozga uchramasdan lichinka holida ko'payadi. MDH hududida dumli amfibiyalardan tritonlar keng tarqalgan. Karpat tog'larida olovli salamandra, Uzoq Sharqda yapon salamandrasi, Bolqon orollarida esa protey va boshqa turlari yashaydi.
Dumsizlar (Anura) turkumiga 2100 ga yaqin tur kiradi. Boshi yapaloq, tanasiga tutashib ketadi, dumi yo'q, keyingi oyoqlari oldingisiga nisbatan 2 — 3 marta uzun. Shu sababli ular sakrab harakat qiladi. Urug'lanishi tashqi. Dumsiz amfibiyalarga to'garak tillilar, haqiqiy baqalar, qurbaqalar, daraxtlarda yashovchi quruldoq baqalar oilalari kiradi va bular yer yuzida ancha keng tarqalgan. O'zbekistonda dumsiz amfibiyalarning faqat ikkita turi, ya'ni ко'1 baqasi va yashil qurbaqa yashaydi. Suvda ham quruqlikda yashovchilar sovuqqonli (poykilotermli) hayvonlar bo'lib, ulaming gavda harorati tashqi muhit haroratiga bog'liq. Shu bilan birga ularning hayoti atrof—muhitning namligiga ham bog'liq bo'ladi



Download 19.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling