Doklad Mavzu: Suvda va quruqlikda yashovchilar ekologiyasi Bajardi : Nusratillayev Humoyiddin Toshkent 2022 Reja: Kirish. Asosiy qism


Suvda ham quruqlikda yashovchilar ekologiyasi


Download 19.16 Kb.
bet4/5
Sana22.03.2023
Hajmi19.16 Kb.
#1286035
1   2   3   4   5
Bog'liq
doklad. Suvda va quruqlikda yashovchilar ekologiyasi

Suvda ham quruqlikda yashovchilar ekologiyasi
Amfibiyalarning yashash joylari ancha xilm a—xil, ko'pchiligi nam joylarda yashaydi, ayrim turlari, butun umrini suvda o'tkazadi (dumlilar). Tropik zonalarda yashovchi oyoqsizlar esa yer tagida hayot kechiradi. Bolqon proteyi qorong'i g 'o r suvlarida yashaydi.
Amfibiyalar sovuqqonligi sababli tashqi muhit harorati +10 C °bo‘lganda faolligi susayadi, +5 +7 C° bo'lganda karaxt bo'lib qoladi, harorat — 2 C° bo'Isa o'ladi. Shuning uchun ham amfibiyalar asosan ekvatorda tarqaUb, qutbga borgan sari turlarining soni keskin kamayadi.
Amfibiyalar asosan nam iqlimda yashaydi, quruq iqlimda va sho'r suvda yashay olmaydi. Amfibiyalarning oziqlanishi deyarli bir xil bo'ladi, asosan hayvon organizmlari, itbaliqlari esa o'simliklar bilan ovqatlanadi. MDH hududida yashaydigan amfibiyalar hasharotlar, chuvalchanglar, molluskalar, ayrim turlari xatto jo'jalar va sichqonlarni ham tutib yeydi.
Amfibiyalaming ko'pchiligi bahorda ko'payadi. Baqa, qurbaqa va boshqa ko'pchilik amfibiyalar tuxumlarini suvga tashlaydi va urug'lanishi suvda o'tadi. Dumli va oyoqsiz amfibiyalarda esa urug'lanish ichki. Amfibiyalaming pushtdorligi o'zgarib turadi. Baqalar 10000 tagacha tuhum qo'yadi. Suvning haroratiga qarab itbaliqlar 8 kundan 28 kungacha rivojlanadi. Yozning oxirida itbaliqlar baqalarga aylanadi.
Ko'pchilik amfibiyalar nasli uchun qayg'urmaydi. Ammo ba'zi amfibiyalarda nasi uchun qayg'urish namoyon bo'ladi, lekin bulaming pushtdorligi keskin kamayadi. Masalan, oyoqsizlar 20 tacha tuxumlarini yer kovaklariga, ildiz yoki tosh ostiga qo'yib, ulami tanasi bilan o'rab isitadi. Amerika pipalari 50—100 tacha tuxumlarini orqasidagi chuqurchalariga qo'yadi.
Amfibiyalarda bir kecha — kunduz va fasl siklliligi bor. Qurbaqalar, bo'z baqalar va tritonlar kechasi faol hayot kechiradi. Harorati va namligi yuqori bo'lgan tropik o'rmonlarda ko'pchilik amfibiyalaming hayoti yil bo'yi faol bo'ladi. Lekin bu hududlarda qurg'oqchilik va yog'ingarchilik fasllari almashinib turganda amfibiyalaming hayot muhitlari keskin o'zgaradi. Qurg'oqchilik mavsumida amfibiyalar uyquga ketadi. O'rta shimoliy kenglikda esa amfibiyalar qishda uy.quga ketadi.
Suvda ham quruqlikda yashovchilaming kelib chiqishi katta ahamiyatga ega. Butun quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlaming suv muhitidan quruqlik muhitiga chiqishi ularning tuzilishida muhim o'zgarishlar yuzaga kelganligini ko'rsatadi. Awalo, jabra bilan nafas olishdan o'pka bilan nafas olishga o'tiladi, suzgich qanotlari besh barmoqli oyoqlarga almashinadi. Keyinchalik qon aylanish sistemasi, nerv sistemasi va suzgich organlari o'zgaradi.

Xulosa
Amfibiyalar inson uchun katta ahamiyatga ega. Awalo, ular turli — tuman yerlarda yashab, zararkunandalami qirib, bog'larga, poliz va dalalarga, o'rmon va o'tloqlarga katta foyda keltiradi. O't baqasi bir kecha—kunduzda o'rtacha 6 ta umurtqasiz hayvonni yeydi, 6 oy davomida esa 1200 dona hasharot va molluskalami qiradi. Tuxumlari, itbalig'i va voyaga yetgan amfibiyalar ko'pchilik ovlanadigan baliqlar, o'rdaklar va boshqa qushlar uchun yem bo'ladi. Ba’zi mo'ynali hayvonlar (norka, qunduz) baqalar bilan ovqatlanadi.
Ayrim mamlakatlarda (Fransiya, AQSH, Sharqiy Osiyo davlatlari) baqa va salamandralaming go'shtini odamlar iste'mol qiladilar. Baqa va triton biologiya va tibbiyot izlanishlarida juda ham ko'p miqdorda laboratoriya hayvoni sifatida ishlatiladi. Baqalar ovlanadigan baliqlarning chavoqlarini yeb, ma'lum darajada zarar ham keltiradi.
Amfibiyalar inson uchun foydali bo'lganligi sababli ulami qo'riqlash zarur. Amfibiyalarning 8 turi, shu jumladan, yetti suv tritoni yoki baqatish, Ussuriy timoqli tritoni, Kaipat tritoni, qamish qurbaqasi MDH "Qizil kitobi"ga kiritilgan.


Download 19.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling