Dolzarb masalalari


Download 356.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana16.04.2023
Hajmi356.92 Kb.
#1361302
1   2   3   4   5
Bog'liq
Wrkxb1NuP9oXhZ4sHsQ4VzRKExu3ok6RMAHjopSy

Baholash mezoni 
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar tajribani to‘g‘ri tashkil etishni 
bilishlari kerak. Tadqiq etilayotgan omilning ta’sirini o‘rganish uchun ikki xil, 


ya’ni nazorat va sinov tajribalari qo‘yiladi. Bu ikki xil tajriba sharoitlari tadqiq 
etilayotgan omilning bor yoki yo‘qligi bilangina bir-biridan farq qiladi. Yuqorida 
keltirilgan 3- va 4-tajribalarni o‘zaro taqqoslab, xamir massasining kamayishiga 
achitqilar sababchi ekanini aniqlash mumkin, chunki xamirda hosil bo‘lgan 
karbonat angidrid gazsimon holatda bo‘lganligi sababli og‘zi ochiq shisha idishdan 
tashqariga chiqib ketadi. Natijada xamirning massasi kamayadi, buni tarozi 
yordamida aniqlash mumkin (3-tajriba). 1-tajribada og‘zi tiqin bilan yopilgan 
idishdagi xamirning massasi kamaymaydi, chunki achitqilar ishtirokida xamirda 
karbonat angidrid hosil bo‘lsada, idish tiqin bilan yopilganligi sababli tashqariga 
chiqib ketmaydi, natijada tarozi ko‘rsatkichi o‘zgarmaydi. 
Agar o‘quvchilar “D. Novvoy 3- va 4-tajriba natijalarini o‘zaro taqqoslashi 
kerak” javob variantini belgilasa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball). Boshqa 
javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa, qabul qilinmaydi (0 ball). 
Mustaqil sihlash uchun topshiriqlar 
 “Suvning qattiqligi va uni yumshatish usullari” mavzusi. 
1-topshiriq.  
1.Choynak tubida hosil bo‘lgan quyqa tarkibida karbonatlar borligini qanday 
bilish mumkin?
2. Nima uchun buloq suvi ta’mga ega, yomg‘ir suvi esa ta’msiz?
2-topshiriq. Bu rasmlarni nima bog‘laydi? 
3-topshiriq. Grunt suvlari tarkibiga qattiq tuzlar qanday tushishini rasm orqali 
ifodalang: 


Nazorat savollari: 
1. Qanday metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning tadqiqot 
qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin? 
2. O‘quvchilarning 
ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash 
kompetensiyasi deganda nima tushuniladi? 
3. O‘quvchilarning 
ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash 
kompetensiyasini aniqlashga oid topshiriqlarni yechishda nimalarga e’tibor 
qaratish kerak? 

Download 356.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling