25.05.2023, 10:05
Eskirmas muammolar: XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar – Davr24
https://davr24.uz/archives/1298
1/117
DOLZARB XABARLAR
Monopoliyaning buzuq basharasi: O‘zbekistonliklarga tupurib qo‘ygan avtomonopolistlar
To‘y va maʼrakalardagi ortiqcha sarf-xarajatlar davriy matbuot sahifalarida muntazam ravishda ko‘tarilib turgan va qizg‘in
bahs-munozaraga sabab bo‘lgan. Ushbu masalalar muhokamasida jamiyat doimo deyarli ikkiga bo‘linib,
bir qismi sarf-
xarajatlarni cheklash tarafdorlari boshqa qismi esa ularni cheklamaslik tarafdorlari bo‘lgan.
“Mening krim” jamoaviy murojaatlar portalida 2020 yil 6 iyulda to‘y marosimlarini 30 kishilik tartibda o‘tkazilishini
doimiy saqlab qolish haqida jamoaviy
murojaatnoma
joylashtirildi va uni shu paytgacha 10 mingga yaqin kishi o‘qib
chiqqan. 24 oktyabr avgust holatiga ko‘ra, bu taklifga 3 482 nafar kishi yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, 427 nafar kishi buni
yoqlamagan, 78 kishi turlicha izohlar qoldirgan. Murojaat mualli karantin vaqtida 30 kishilik to‘ylarni o‘tkazishga
ruxsat berilgani va karantindan keyin ham to‘ylarni ham 30 kishi bilan o‘tkazishni davom ettirishni taklif qiladi.
Bir tomondan, bunday cheklov o‘rnatilishi maqsadga muvo q emasdek ko‘rinadi. 2018 yil 29 iyunda
Oliy Majlis Senatining
o‘n beshinchi yalpi majlisida senatorlar xalqimizning milliy urf-odatlari, hududlarning o‘ziga
xosligidan kelib chiqib, to‘y-
hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka
va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishi
borasida yagona, qatʼiy normalar belgilanishi maqsadga muvo q emas,
degan
xulosaga
kelishgan. Xalqimiz orasida to‘y-
hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishga muayyan meʼyoriy hujjat bilan emas,
odamlar
o‘rtasida keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish
har jihatdan foydali ekanini
ko‘rsatganligi qayd etiladi.