Dolzarb xabarlar
“Oila yoki oila boshqarish tartiblari”
Download 179.35 Kb. Pdf ko'rish
|
Eskirmas muammolar XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar – Davr24
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Nabiy-alayhis-salom dedilar: “Ikki odam bir-birlaridan o‘tish uchun to‘y va ziyofat qilsalar, birontasinikiga bormanglar
“Oila yoki oila boshqarish tartiblari”
nomli asarida ushbu rivoyatni keltiradi: “Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.) dedilar: “To‘yda birinchi kunning taomi haq, ikkinchi kunning taomi sunnatdur, lekin uchinchi kunning taomi riyodir”. To‘yni bir-biridan qolmaslik uchun qilganlarga qarata A.Fitrat ushbu rivoyatni keltiradi: “Nabiy-alayhis-salom dedilar: “Ikki odam bir-birlaridan o‘tish uchun to‘y va ziyofat qilsalar, birontasinikiga bormanglar, ularning taomlaridan yemanglar”. U odam har bir odat va rusmning zarari yoki foydasini o‘ylab, keyin harakat qilishi lozim, degan xulosaga keladi. Jadidlar o‘z matbuotida bunday to‘y va maʼrakalar o‘tkazish xalqning ilmsizligidan bo‘lib, dunyoning hech bir millatida bu hol uchramasligini taʼkidlaydi. Qolaversa, Qurʼon Karim va Hadisi shari arimizdagi qoidalarga to‘g‘ri kelmaydigan holatdir, deb tushuntiriladi. Jadid taraqqiyparvarlar to‘y marosimlarini isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, kichik qilib o‘tkazishni va ortiqcha pullarni bolalarni o‘qitishga sar ashni taklif etadilar. Bu pullarni yoshlarni Makka, Misr, Istanbul, Rusiya dorilfununlariga diniy va dunyoviy bilimlarni egallashga jo‘natish uchun sar ashga chaqirganlar, millat yoshlaridan jamiyat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan turli kasb egalarini, huquqshunos, muhandis, muallim, tijoratchilar hamda bank xodimlari tayyorlashga undaydi. M. Behbudiy shu pullardan bolalar uchun tarbiyat xona (pansion) ochishni taklif etadi, bunday pansionlar ochish uchun jamiyat tuzish kerak, bu jamiyat odamlardan pul yig‘ib millat bolalarini o‘qitishi kerak. Gazeta sahifasidagi maqolalarda xatna, nikoh to‘yi va dafn marosimlarida sar anayotgan minglarcha pullarni millat istiqboli uchun xizmat qiladigan maktab, madrasa va dorilfununlar tashkil etishga ishlatish kerakligi qayta qayta takrorlangan. Milliy matbuot sahifalarida millat uchun zararli bo‘lgan bunday illatlar tez-tez tanqid ostiga olinadi va xalq millat manfaati uchun xizmat qilishga daʼvat etiladi. O‘sha davr gazetalaridan birida milliy jaridalarimiz (gazeta) davom etib tursa, bu bidʼatlarimiz ham yo‘q bo‘lib ketar deb, milliy matbuotdan katta umid qilgan. Ayniqsa, 1914-1915 yillarda chop etilgan “Sadoi Turkiston” va “Sadoi Farg‘ona” gazetalarida bu borada o‘tkir krlar bildiradi va millatni asrlar bo‘yi davom etayotgan uyqudan uyg‘otishga harakat qiladi. “Sadoi Turkiston” gazetasi tahririyatiga Turkistonning turli joylaridan xat va xabarlar kelib turgan. Qo‘qon shahridan jo‘natilgan xabarda shaxsiy manfaatini millat manfaatidan ustun qo‘yuvchi kishilar minglab rubl sar ab to‘y qilishni xalq orasida targ‘ib qilganligi taʼkidlanadi. Chunki bunday kishilar o‘zi bundan manfaatdor bo‘lib, ular har yili to‘ylarda chopon kiyishidan 300-400 rubl foyda qilgan. 25.05.2023, 10:05 Eskirmas muammolar: XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar – Davr24 https://davr24.uz/archives/1298 4/117 Jamiyatning ilg‘or krli kishilari bu urf-odatlarni isloh qilish tarafdori bo‘lsa, mahalliy aholining aksariyat qismi bunga tayyor emas va milliy to‘yga qarshi turuvchilar so‘ziga kirmay, katta to‘y qilgan boylarga hamdu sanolar o‘qishda davom etayotgan edi. Mualli nomaʼlum bu xabarda Toshkentning katta boylaridan biri Qori boy sunnat to‘yiga 5000 nafarga yaqin odam chaqirib, 3 kungacha osh bergani, to‘y kechalari xotinlar majlisida o‘yinchi, ashulachi, yallachilar chaqirilgani maqtab o‘tilgan edi. Turkiston taraqqiyparvarlari nafaqat davriy matbuotdagi chiqishlari bilan emas, balki to‘y va maʼrakalar islohini amalda ham qo‘llashga harakat qilgan edilar. Turkiston jadidlarining rahnamolaridan Mahmudxo‘ja Behbudiy 1909 yil 15 aprelida Maqsud Xo‘ja ismli o‘g‘liga xatna to‘yi qilib 1000 rubldan ham kam pul sar agan. To‘yga ketadigan ortiqcha sarf-xarajat o‘rniga Samarqanddagi kutubxonaga kitoblar xarid qilgan, bu kitoblar Rossiya va Turkiyadan keltirilgan. 1909 yilning 13 mayida “Turkiston viloyatining gazeti”da M.Behbudiy o‘tkazgan to‘yga Samarqand ahlining munosabati ikki xil bo‘lganini yozar ekan, baʼzilar M.Behbudiydan o‘rnak olish kerakligini taʼkidlasa, boshqalar uning boyligi va obro‘sini hisobga olib kamida 2000-3000 rubl sar ashi kerak edi, deb tanqid qiladi. Bu misol jadidlarning bu bidʼatga qarshi kurashda ham o‘rnak bo‘lganligini va millat manfaatini ko‘zlaganligini ko‘rsatadi. Ulardan o‘rnak olib, dabdabali to‘yga ketadigan mablag‘larning maʼlum bir qismini maktablar ochishga sar agan kishilar ko‘payadi. Masalan, Munavvar Alifkor o‘g‘liga xatna to‘yi o‘tkazishda sarf-xarajatni kamaytirib, uning o‘rniga maktab qurdirgan. Shuningdek, Mirzo Hamdam Og‘olikov ham marhum otasi tomonidan taʼmirlangan masjiddagi maktabni yangicha usulda qurishga kirishgan. 1914 yil 3 mayda namanganlik boylardan Isʼhoqjon Mirsolihboy o‘g‘li farzandiga xatna to‘yi qilishni maslahatlashish uchun tujjorlarni chaqiradi, ular bilan maslahatlashgan holda to‘yga sar anadigan puldan 2000 rublini maktab o‘quvchilari uchun mevalik bog‘ yaratishga va maktabga sar ashga ahd qiladi. To‘ylar islohi haqidagi bunday xabarlar “Sadoi Farg‘ona” gazetasi tahririyatiga tez-tez kelib turgan. Chunonchi, 1915 yilda Qo‘qon tujjorlaridan Hoji Muhammadjon va mulla Yusuf Attor besh-olti nafar odamni chaqirib bir tovoq osh ila ziyofat qilib o‘g‘illarini xatna qilganlar. Shuni aytish lozimki, bu davrda Turkistonning baʼzi boy kishilari to‘yga munosabatlarini o‘zgartira boshlashdi. Masalan, Toshkentlik Saidazimboy “meva to‘y”ni bekor qildi, yaʼni to‘yda quruq mevalar tarqatilishini bekor qildi. N.S.Likoshinning yozishicha, o‘sha davrda mushakbozlik bilan to‘y qilishgan, savdogarlar to‘ydan keyin alohida “savdogar to‘y” o‘tkazishgan bo‘lsa, XX asrning boshiga kelib bu odatlar barham topdi. Turkiston jadidlari faqat matbuot orqali emas, balki teatr ko‘rinishlari orqali ham to‘y va maʼrakalardagi isrofgarchiliklar, ularning moddiy va maʼnaviy zararlarini ko‘rsatib, xalq ongiga singdirishga harakat qilganlar. 1915 yil 21-24 yanvarda Toshkent va Namangan ko‘ngilli teatr havaskorlari tomonidan Hoji Muinning “To‘y” fojeasi sahna tomoshasi qo‘yilgan. Xalq bu tomoshani mamnuniyat bilan tomosha qilgan. 1917 yil fevral inqilobidan keyin esa Turkiston taraqqiyparvarlarining tashkiloti “Sho‘roi Islomiya” tomonidan to‘y va maʼrakalarni tartibga solish to‘g‘risida aprelda qarornoma eʼlon qilingan. “Sho‘roi Islomiya”ning 1917 yil 22 aprel dagi umumiy majli si da bu tadbirlarni amalga oshirish uchun komissiya tuzilgan. Kommissiya tarkibiga Said Ahrorxon Mahsum, Murod Xo‘ja Eshon, Hamid Xo‘ja Eshon, Abdulsamig‘ Qori kiritildi. Komissiya aʼzolari oldiga to‘y va maʼrakalarni dabdabali qilmasdan, isrofgar chi likka yo‘l qo‘ymasdan o‘tkazish tartiblarini xalqqa yetkazish vazifasi qo‘yilgan edi. Qarornomada nikoh to‘ylarida kichik to‘y, qozon qaytarish, katta to‘y-bazmlar, yuz ko‘rar, hayitlarda mol so‘yib kelin ko‘rish, qiz oshi berish, ayollarning har biriga alohida non va osh tortish, sandiqda yillar davomida saqlanadigan gulko‘rpa va boshqa foydasiz mollar, aravalarga g‘alla va boshqa narsalar ortib to‘y yuborish, qalin olish va shunga o‘xshash isrofgarchiliklarga barham berish kerakligi taʼkidlanadi. Bularning o‘rniga kelin va kuyov tomondagilar kiyim va zarur uy- ro‘zg‘or buyumlarini kelishib xarid qilishi, nikoh kuni kuyov o‘z do‘stlari va mahalla kishilari bilan karnaysiz, faqat surnay bilan borib nikoh qilishi va kelin tomondagilar o‘z qarindoshlari bilan kelinni olib borishi belgilanadi. Qarornomada kuyov bilan boradigan odamlar soni 20-40 kishidan oshmasligi, kelin bilan boradigan ayollarning soni 10-20 tadan oshmasligi 25.05.2023, 10:05 Eskirmas muammolar: XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar – Davr24 https://davr24.uz/archives/1298 5/117 Previous Post Download 179.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling