Dolzarb xabarlar
Download 179.35 Kb. Pdf ko'rish
|
Eskirmas muammolar XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar – Davr24
JAMIYAT -
MAHALLIY Eskirmas muammolar: XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar 24.10.2020 1909 0 25.05.2023, 10:05 Eskirmas muammolar: XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar – Davr24 https://davr24.uz/archives/1298 2/117 Ikkinchi tomondan, mazkur masalada jamiyatimiz o‘z-o‘zini boshqara olmayotgani hamda sarf-xarajatlar kundan-kun ko‘payib borayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Xorijiy mamlakatlarda mehnat qilayotgan vatandoshlarimizni to‘y va u bilan bog‘liq boshqa xarajatlarni ko‘tarish uchun og‘ir sharoitda mehnat qilayotgani hech kimga sir emas. Shuningdek, ota-onalar topayotgan daromadlarini farzandlar salomatligini yaxshilash va ularga ilm berishga yo‘naltirsa, mamlakat rivojiga katta hissa qo‘shishlarini ham eʼtirof etish lozim. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, XX asr boshlarida ham to‘ylar va ularda yo‘l qo‘yilayotgan ortiqcha sarf-xarajatlarga nisbatan turlicha munosabatlar mavjud bo‘lganini hamda bu borada qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tganini ko‘rish mumkin. Jumladan, XX asr boshlarida Turkistonda jamiyatning taraqqiyparvar kuchlari o‘lka hayotidagi mavjud illatlarni ochiqchasiga tanqid qilib, ularni bartaraf etish yo‘llarini izlashga kirishganlar. To‘ylarda haddan ziyoda isrofgarchiliklarga yo‘l qo‘yilib, sharoitiga qaramay, to‘y qilishining oqibatida ko‘pgina kishilar qarzga botayotgan, qarzdorlar bor mol-mulki va yeridan ajralib qolayotgan edi. O‘lkada chop etilgan bir gazetada yoziladi: “Bir qancha boylarimiz haddidan ziyoda to‘ylar qilib, har bir odamga beqasam, movut, satin va boshqa qimmatbaho to‘nlar kiygizib xalqni hayron qildi. Keyin sag‘al kun o‘tmasdan o‘zlari hayron bo‘lib qoldilar, to‘y o‘tkazgandin bir oydan so‘ng, sinib, beobro‘ bo‘ladurlar”. Turkiston jadidchilik harakatining rahbari, buyuk taraqqiyparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy Download 179.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling