Dolzarb xabarlar


“Bizni kemiruvchi illatlar”


Download 179.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi179.35 Kb.
#1568699
1   2   3   4   5
Bog'liq
Eskirmas muammolar XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar – Davr24

“Bizni kemiruvchi illatlar”
nomli
maqolasida xalqni kemiruvchi haqiqiy illat, har qanday davrdan eng og‘iri bo‘lgan to‘y va maʼrakalar butun Turkiston
shaharlari va qishloqlarini qamrab, xalqni inqirozga yo‘naltirayotganini yozadi. Odamlarimiz kuniga 18-20 soat mehnat
qilib, yemay-ichmay, dam olmay “o‘z qatorindagi odamlarni qilgan to‘yidan ziyodroq” to‘y qilishni maqsad qilishadi.
Bunday to‘y o‘tkazishdagi musobaqalar natijasida qanchadan-qancha kishilar ishlab to‘plaganini bir-ikki kunda sovurib,
yana qarz-havola qilib, bor budidan ayrilganlar. M. 
Behbudiy
yozadi: “Katta to‘y qilib xotun olgan bechoralarning holiga
yig‘lamoq kerak. Uch kunlik to‘yning azasi baʼzi oilalarda o‘n yil, hatto bir umr surar, balki bevatan va xonavayronlikka
sabab bo‘lur”. Behbudiy qarzdorlarning achchiq qismati haqida yozar ekan, qarzdan qutilish uchun ular yer va hovlilarini
sotishga majbur bo‘layot ganlari, bu holat yana 20-30 yil davom etsa, yer va hovlilar ajnabiylarga o‘tib, aksar xalqimiz
gadoylik darajasiga tushib qolishiga achinadi.
Gazetalardagi shu mavzudagi munozaralar ishtirokchilari bunday ayanchli ahvolga tushib qolmaslik uchun qizlarning ota-
onalari kuyovning sharoitidan kelib chiqib, to‘y belgilashlari kerak, ular tufayli kuyov qarzdor bo‘lib qolmasin, degan
xulosaga kelishadi. “Ey, ota-onalar va qiz yetimlar omonatdorlari insof qilib mazlumalarni tiriklay yondirmangizlar”, deb
murojaat etadi.
O‘sha davr maʼlumotlarida keltirilishicha, kambag‘allar to‘yga 200 rubldan 1000 rublgacha sar aganlar. Boylar esa
to‘ylarga 5000 dan 10 000 rublgacha xarajat qilganlar. Bu o‘z davriga nisbatan salmoqli mablag‘ hisoblangan. O‘sha
davrda 1 ta qo‘yning o‘rtacha bahosi 2,5-3 rubl (12,5 yoki 15 tanga) bo‘lgan. May oyida, yaʼni qo‘y eng qimmat bo‘lgan
vaqti 2 yoshli qo‘ylar 7 rublgacha (35 tanga) bo‘lgan. 1 botmon bug‘doyning narxi 1,5-2 rubl bo‘lgan.
Misol uchun, manbalarda yozishilicha, uylanayotgan bir qassob unashtirish uchun quyidagilarni bo‘lajak kelin tomonga
jo‘natgan: bir qozon palov, 100 ta katta non, 150 ta o‘rtacha non, 100 ta patir, 400 ta kichik non, 1 chelak nisholda, 4 ta
holva, 1 savat o‘rik, 1 ta shoyi ko‘ylak (8 arshin), 1 ta shoyi ishton (4 arshin), 1 ta ro‘mol, 1 juft laklangan maxsi (kalish
bilan) va 50 rubl pul.
«Katta to‘y» uchun esa 50 ta chopon, 25 ta ro‘mol, 3 o‘ram chit (27, 30 va 33 arshin), 25 ta qo‘y, 4 ta ot, 500 ta katta non,
1000 ta o‘rtacha va 2000 ta kichik non, 4 botmon guruch, 4 botmon un, 2 savat o‘rik, 1 savat qan do lat mahsulotlari, 5
bosh qand, 1 botmon sabzi va 500 rubl pul bergan.
1912 yilning 26 yanvarida “
Turkiston viloyatining gazeti
” sahifalarida Toshkent shahrining Beshyog‘och dahasi Qoratosh
mahallasida yashagan Osimboy Qosimboy o‘g‘li o‘z farzandiga 4 kun mobaynida xatna to‘yi qilganligi xabar qilingan.
Ushbu xabarga ko‘ra, bu to‘yga Toshkent shahrining har bir dahasidan bir necha yuz odamlar kelganligi, ziyofat uchun 6 ta
ho‘kiz va 30 ta qo‘y so‘yib, 40 botmon undan non yopilib, qand, nisholda va murabbolar qo‘yilgan.








25.05.2023, 10:05
Eskirmas muammolar: XX asr boshlarida Turkistondagi to‘ylar – Davr24
https://davr24.uz/archives/1298
3/117
Nikoh to‘yigacha bo‘lgan sarf-xarajatlar ham kishilar gardaniga og‘ir yuk bo‘lib tushgan. Shuning uchun o‘sha davr
matbuotida o‘lka aholisi orasida to‘ygacha ham ortiqcha sarf-xarajatlar ko‘payib ketganligi tanqid ostiga olingan.
Jumladan, 1903 yilning 18 dekabrida “Turkiston viloyatining gazeti”dagi maqolada taʼkidlanishicha, mahalliy aholi
tomonidan “betartib va befoyda” to‘ylar o‘tkazilgan. Unda to‘ydan oldingi urf-odatlar to‘g‘risida tanqidiy krlar aytilgan edi.
Masalan, bir xonadonning qizini kelin qilmoqchi bo‘lishsa, o‘sha uyga bir xotin bir patnis meva va to‘rtta yog‘liq patir bilan
borib, qizning ota-onasi bilan gaplashib, ular rozilik berishsa, mazkur xotinga oq ro‘mol o‘ratib yuborishgan. Ertasi kuni
ikkala taraf ham boy bo‘lsa, yana to‘rt odam qiz tarafga kelgan va ularga ziyofat qilib berilgan, ularning har biriga movut
chakmon berib yuborilgan edi. Undan keyin ertasi kuni bir lagan palov va bir lagan meva, 30ta katta yog‘liq patir hamda
olti kiyimlik ipaklik va ipaksiz narsalarni ikki xotin olib borib, kechgacha qizning uyida mehmon bo‘lishgan, qaytishlarida
ularga 2 jo‘ra atlas va 2 kiyimlik chit yoki farang berib jo‘natilgan.
Bunday sarf-xarajatlarga esa aholining aksariyat qismining qurbi yetmas edi. Qarz evaziga uylanib xonavayron bo‘lgan va
bevatan qolgan odamlar son-sanoqsiz bo‘lib, jamiyatning haqiqiy muammolaridan biriga aylangan edi.
To‘y va maʼrakalardagi ortiqcha mablag‘ sar ashga qarshi bo‘lganlar to‘ylardagi isrofgarchiliklar islom shariatiga ham
to‘g‘ri kelmasligini taʼkidlashadi. Chunonchi, 
Abdurauf Fitrat
 

Download 179.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling