Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari Reja
Download 82.04 Kb.
|
Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Donni Maydalash jarayonining asosiy vazifalari
Boshoqli ekinlar (bug’doy, javdar, arpa, suli, tariq, sholi, makka-jo’xori, oq jo’xori) asosiy donli ekinlar hisoblanadi. Bug’doy, javdar va makkajo’xori ochiq urug’li ekinlarga kirib, bu ekinlarning donlari faqat meva qobig’i bilan qoplangan. Arpa, suli, tariq va sholi qobiqli ekinlarga kirib, ularning donlari meva qobig’idan tashqari yana gul qobig’i bilan ham o’ralgan. Ekish vaqtiga qarab bug’doy, javdar, arpa bahorgi va kuzgi turlarga bo’linadi. Bahorgi donlar bahorda, kuzgi navlar kuzda ekiladi. Qolgan o’simliklar, asosan, bahorda ekiladi.
Asosiy boshoqli ekinlardan bug’doy, javdar, arpa, suli, makkajo’xori, sholining donlari oziq-ovqat ishlab chiqarishda ishlatiladi. Asosiy boshoqli ekinlardan bug’doy, javdar, arpa, suli, makkajo’xori, sholining donlari oziq-ovqat ishlab chiqarishda ishlatiladi. Bug’doy va javdar, asosan, un ishlab chiqarishda qo’llaniladi. Sholi, suli, arpa va makkajo’xori texnikaviy maqsadlarda, yorma va omixta yem tayyorlashda, ishlatiladi. [2]M.N. Valixonov. Biokimyo. Toshkent: 2010. Bug’doy donining tuzilishi va kim-yoviy tarkibi. Bug’doy eng muhim oziq-ovqat ekini hisoblanadi. U dunyo bo’yicha, shu jumladan, MDH mamlakatlarida, don ishlab chiqarishda birinchi o’rinni egallaydi. Bug’doyning asosiy xossalari bo’lib, donning tuzilishi va kimyoviy tarkibi, tashkil qiluvchi to’qimalarning tuzilishi va tarkibi hisoblanadi. Bug’doy doni qobiq, Donni Maydalash jarayonining asosiy vazifalari Ishlab chiqarish sanoatning turli sohalarida maydalash jarayoni keng qo’llaniladi. Aniq yiriklikdagi bo’lakchalardan tashkil topgan qattiq jismlardan sochiluvchan material olish uchun ular turli usullar bilan maydalanadi. Qattiq jismni maydalashni ikki usuli bor: oddiy va tanlab maydalash. Agar maydalanadigan mahsulot kimyoviy tarkibi bo’yicha bir turli bo’lsa va barcha uning qismlari struktura-mexanikaviy xossalari bo’yicha bir xil bo’lsa, aniq yiriklikkacha maydalangan qattiq jism aniq maqsad uchun qo’llash mumkin bo’lgan sochiluvchan massaga aylanadi. Bunday ta’sir usuli oddiy maydalash deb qabul qilingan. Agar maydalanadigan qattiq jism kimyoviy tarkibi va strukturali-mexanik xossalari bo’yicha turlicha bo’lsa, yo’naltirilgan maqsadlar ta’sirini kuchaytirib, qattiq jismning tarkibiy qismini turli xossalarini kuchaytirish mumkin. Turli usullarni qo’llab, qattiq jismni maydalashda bir xil kuch ta’sirida yirikligi va kimyoviy tarkibi bo’yicha farq qiluvchi zarrachalar olish mumkin. Bu maqsadga erishishda bir bosqichli maydalash yetarli emas, uni ko’p marotaba takrorlash kerak. Bunda har gal har bosqichda turli yiriklikka va sifatga ega bo’lgan maydalangan fraktsiyalar elab olinadi. Maydalashning bunday usuli tanlab olish usulida maydalash deyiladi. Un tortishga tayyorlangan bug’doy va javdardan bir necha xil un navlarini olishda tanlab maydalash usuli asosiy hisoblanadi. Un tortishga tayyorlashda bug’doy va javdarning anatomik qismlaridagi strukturali-mexanik farqdan foydalangan holda, gidrotermik ishlov berish usullarini qo’llab, mag’iz va qobiqning o’zaro farqli xossalari kuchaytiriladi. Navli un tortishda ko’p marotabali maydalashdan asosiy maqsad qobiqlarni maydalamasdan maksimal darajada qobiqlarsiz mag’izni ajratib olish. SHuning uchun navli un tortishda tanlab maydalash usuli keng qo’llaniladi. Maydalash uskunalarining optimal ko’rsatkichlarini mos tushishi donni yuqori samaradorlikda qo’llanishini va yuqori navli unning maksimal chiqishini ta’minlaydi. Boshoqli ekinlarni maydalash uchun un tortish natijalarining maqsadli qo’llanilishidan bog’liq holda texnologik jarayonning turli bosqichlarida turli maydalovchi mashinalar qo’llaniladi. Maydalashning asosiy muammolaridan biri oxirgi mahsulotni iloji boricha granulometrik tarkibi bo’yicha yuqori bir turlilikka erishishdadir. Bu maxsulot sifat ko’rsatkichini bir xil barqaror bo’lish zaruriyatiga, shuningdek un olishda solishtirma energiya sig’imini kamaytirish talablariga asoslangan. Un tortish tegirmonlarida asosiy va energiya ko’p talab qiladigan texnologik uskunalar – maydalash mashinalaridir. Tegirmonlarda don va don mahsulotlarini maydalashda quyidagi maydalash mashinalari qo’llaniladi: a) jo’vaning ishchi yuzasi riflilangan yoki mikro g’adir-budirli ikki jo’vali maydalagichlar (jo’vali stanoklar); b) darralari radial yoki uzunasiga joylashgan maydalagichlar (darrali mashinalar, detasherlar); v) entoleytorlar. YOrma zavodlarida arpa, makkajuxori va bug’doy donlaridan maydalangan yorma olishda donlarni maydalashda jo’vali stanoklar va djerminatorlar qo’llaniladi. Omuxta yem zavodlarida don va boshqa xom – ashyo mahsulotlarini maydalash uchun bolg’ali maydalagichlar qo’llaniladi. Bug’doy donidan navli un tortishda maydalash texnologik jarayoni strukturasi bo’yicha uchta bosqichdan iborat bo’ladi: 1. Birinchi va ikkinchi sifatli yormali mahsulotlarni hosil qilish va qobiqli mahsulotlarni maydalash (yanchish jarayonlari); 2. Oraliq mahsulotlarini boyitish ( sovurish – elash va silliqlash jarayonlari); 3. Boyitilgan mahsulotlarni mayin yanchish (un tortish jarayoni). YUqori unumdorli uskunalar bilan jihozlangan tegirmonlarda don va donni maydalangan mahsulotlarini zararsizlantirishda, hamda jo’vali stanoklardan keyin hosil bo’lgan mahsulotlarni qo’shimcha maydalashda entoleytorlar va detasherlar ishlatiladi. Maydalash jarayonining umumlashgan qonuni. Qattiq jismlarni maydalash va deformatsiyalash jarayoni albatta energiya sarfi bilan kuzatiladi. U egiluvchan plastik deformatsiya hosil bo’lishiga va molekulalarni bog’lanish kuchini zabt etishga sarf bo’ladi, so’ngra jism parchalanadi va yangi umumiy yuzasi katta bo’lgan jismlar hosil bo’ladi. Egiluvchan deformatsiya natijasida tashqi kuchlar ta’sirida jismda energiya yig’iladi. Jismga tashqi kuchlar harakati to’xtagandan keyin bu energiyaning bir qismi qaytariladi. Egiluvchan deformatsiya kabi plastik deformatsiyada ham, olingan mexanik energiyaning bir qismi issiqlik energiyasiga aylanadi va natijada deformatsiyalanayotgan qattiq jismning temperaturasi oshadi. Maydalash jarayonida bir vaqtning o’zida qattiq jismga berilgan energiyaning bir qismi mahsulot zarrachalarini va maydalash mashinasining ishchi yuzalarini elektrlanishiga, hamda maydalash mashinasining qarshiligini yengishga (detallarni ishqalanishi va deformatsiyalanishi, qizishi va boshqalarga) sarf bo’ladi. Ma’lum yiriklikdagi zarrachalardan tashkil topgan materialni maydalashga sarf bo’ladigan energiyalarni o’zaro bog’liqligini hisobga olgan holda, Rebender P.A. energiya sarfini quyidagicha ifodalaydi. . Download 82.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling