Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari Reja


II. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan don xarid qilishni rasmiylashtirish


Download 82.04 Kb.
bet5/6
Sana17.06.2023
Hajmi82.04 Kb.
#1538857
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Don va donni qayta ishlash jarayonlarining ilmiy asoslari Reja

II. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan don xarid qilishni rasmiylashtirish
9. Don mahsulotlari korxonalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun don kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq preyskurant xarid va shartnomaviy xarid narxlari bo‘yicha bevosita qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilinadi.
10. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi korxonalaridan xarid qilinadigan donga o‘rtacha sutkalik yoki bir martalik namuna bo‘yicha sifat aniqlangan holda yuk xati reyestri tuziladi, keyinchalik PK-10-shakl bo‘yicha qabul qilish kvitansiyasi, navli urug‘liklar xarid qilishda esa PK-10a-shakl bo‘yicha qabul kvitansiyasi yoziladi.
11. PK-10 va PK-10a-shakl bo‘yicha qabul kvitansiyalari qat’iy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi, kvitansiyalar seriyasi va tartib raqami ma’muriy-hududiy birliklar bo‘yicha belgilanadi.
12. Qabul kvitansiyalari nusxalarining zarur sonida, biroq har bir turkum va o‘simlikka kamida 5 nusxadan qo‘lda rasmiylashtiriladi.
13. Qabul kvitansiyalari shakllari belgilangan tartibda tasdiqlanadi va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan davlat ehtiyojlari uchun don sotilganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.
III. Temir yo‘l va avtomobil transportida ichki tashish tartibida keltirilayotgan don va don mahsulotlarini rasmiylashtirish
14. Temir yo‘l transporti bilan boshqa korxonalardan keltirilgan don va mahsulotlarning barcha turkumi qabul qilib oluvchi korxonaning moddiy javobgar shaxsi yoki taroziboni tomonidan temir yo‘l stansiyasining qabul qilib oluvchi-topshiruvchisi bilan birgalikda, avtomobil transportida keltirilganda esa yukni yetkazib kelgan va shu yukning saqlanishiga javobgar bo‘lgan haydovchi ishtirokida aniqlanadi.
Don mahsulotlari ortilgan vagonlarni temir yo‘l chetida mavjud bo‘lgan stansiyalar tarozilarida tortish, vagonlarni bir-biridan ajratmasdan tortish hamda katta yuk ortilgan vagonlarni (ikkiga bo‘lib) kichik hajmli yukni tortishga mo‘ljallangan tarozilarda tortish taqiqlanadi.
Yuklarni tortish natijalari tegishli tarozi jurnallariga (28 va 29-shakl) yozib qo‘yiladi.
15. Standart og‘irlikdagi qoplarga solingan mahsulotlar tortmasdan qabul qilinadi va beriladi. Turkumning og‘irligi joylarning soni va standart og‘irlikka qarab vakolatli shaxslar ishtirokida aniqlanadi.
Yuk vagondan tushirilish vaqtida ayrim qoplar yirtilganligi (yorilganligi, tikilgan joyidan so‘kilganligi va hokazolar) aniqlangan taqdirda mazkur qoplardagi mahsulot tijorat dalolatnomasida (reklamatsiya dalolatnomasida) qayd etilgan haqiqiy og‘irlikdan kelib chiqib kirim qilinadi..
Vagon ichida to‘kilgan mahsulotlar qoldig‘i mavjud bo‘lsa, ushbu qoldiqlar yig‘ilib tortiladi hamda haqiqiy og‘irlikdan kelib chiqib yuk qabul qiluvchi tomonidan kirim qilinadi.
16. Temir yo‘l transportida keltirilgan don mahsulotlarini qabul qilish moddiy javobgar shaxs tomonidan bir necha vagonda keltirilganda (14-shakl), bitta vagon uchun 15-shakl bo‘yicha qabul qilish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
17. Qabul qilish dalolatnomalari temir yo‘l yuk xatlari bilan birgalikda buxgalteriyaga taqdim etiladi.
18. Avtomobil transportida keltirilgan don mahsulotlarini qabul qilish yukni qabul qilib olgan moddiy javobgar shaxs tomonidan yuk jo‘natuvchining ilova qilingan yuk xatiga imzo chekilib, qabul qilish paytida aniqlangan undagi haqiqiy og‘irlik ko‘rsatilib rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Import bo‘yicha keltirilgan don import qiluvchi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi, ularning bundan keyingi tashilishi mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Portlardan import don mahsulotlari (un, yorma)ni o‘rtacha konosament og‘irlik bo‘yicha jo‘natish taqiqlanadi.
20. Don va don mahsulotlarining ombor hisobi ularning amaldagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuritiladi.
21. Amalda qabul qilingan og‘irlik (qoplar soni)ning jo‘natish stansiyasi (bandargoh, port, korxona) yuk xatida ko‘rsatilgan og‘irlikdan farq qilishi don yoki mahsulotni topshiruvchi yoki qabul qiluvchi shaxslar tomonidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bilan tasdiqlanadi.
22. Temir yo‘lda tashishda don va don mahsulotlari og‘irligining tabiiy kamayish normasidan ortiqcha kamomadi va massa nettoni aniqlash natijalaridagi cheklangan tavofut, shuningdek standart og‘irlikdagi qoplarga joylangan un, yorma va makkajo‘xori urug‘idagi kamomad yoki ular sifatining yomonlashishi mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda boriladigan temir yo‘l stansiyasi tomonidan tuzilgan tijorat dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
To‘kilgan holda va idishda (qopda) tashiladigan don va dukkakli don, moyli o‘simliklar, barcha navdagi un, barcha turdagi yorma, kepak, omixta yem avtomobil tarozilarida tortishning aniqlik normasi yuk og‘irligining +0,1 foizidan oshmasligi kerak.
Ichki yo‘llarda temir yo‘lda tashiladigan don va don mahsulotlari bo‘yicha hisob-kitob qilishda tabiiy kamayish va tarozi nuqsoni normasi kamomadi mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda hisobga olinadi.
23. Don va don mahsulotlari kamomadini aniqlashda hamda ayni bir yukni jo‘natuvchi va oluvchining bir tipdagi tarozilarda tortishda aniqlangan kamomaddan tortishning mazkur diapazoni uchun avtomobil tarozilarning yo‘l qo‘yiladigan nuqsoniga tegishli og‘irlikni chiqarib tashlash zarur. Vagonlardan yukni tushirishda, agar mahsulotni sifatsiz idishda tashish oqibatida sochilgan va ko‘karib chiqqan mahsulot bo‘lsa, bu tijorat dalolatnomasi bilan tasdiqlanishi kerak. Korxonalar ushbu hollarda zararni qoplash uchun e’tiroz jo‘natuvchiga bildirishlari kerak.
24. Tabiiy kamayish normasidan ortiq bo‘lgan kamomad hajmi va netto og‘irlikni aniqlash natijasidagi cheklangan farq uchun belgilangan tartibda aybdor shaxslarga nisbatan e’tiroz bildiriladi.
Yuk jo‘natuvchilarning e’tirozlari bo‘yicha don mahsulotlari to‘liq ortilmaganligi va ortiqcha yuklanganligining moddiy hisobi bo‘yicha tiklovchi yozuvlar daftarning xarajat qismida (36-shakl), ortiqcha yuklash — xarajat ko‘payishiga qora rangda, to‘liq yuklamaslik esa — xarajat kamayishiga qizil rangda yoziladi.
25. Nosoz vagonlarda yoki plombasi buzilgan vagonlarda kelgan don mahsulotlarining kamomadi yoki buzilishi uchun e’tiroz belgilangan tartibda temir yo‘l yoki transport ekspeditorlik kompaniyalariga bildiriladi.
Don va don mahsulotlari kamomadi (buzilishi) uchun transport tashkilotlari va yukni jo‘natuvchilarga e’tiroz bildirish mazkur Nizomga 1-ilovada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
26. Keltirishda aniqlangan ortiqcha don va don mahsulotlari belgilangan tartibda yukni oluvchi tomonidan kirim qilinadi, ularning qiymati esa yukni jo‘natuvchining hisob raqamiga o‘tkaziladi.
27. Avtotransport tashkiloti tomonidan yetkazib berilgan don kamomadining aniqlangan hajmiga avtotransport tashkilotlariga e’tirozni rasmiylashtirish va taqdim etish uchun haydovchilar tomonidan imzolangan yuk xatlari asosida har bir korxona bo‘yicha o‘simliklar bo‘yicha kamomad vedomosti tuziladi.
28. Kamomadni ortiqcha mahsulot bilan qoplash taqiqlanadi.
29. Don (bug‘doy, arpa, suli, qora bug‘doy, makkajo‘xori, guruch va hokazo donlar) va donni qayta ishlash mahsulotlarini tashish va saqlashdagi tabiiy yo‘qotishlar normasi mazkur Yo‘riqnomaga 2 va 2a-ilovalarda nazarda tutilgan tartibda qo‘llaniladi.
30. Namligi, begona o‘tlar aralashganligi va sifatning boshqa tovar ko‘rsatkichlari bo‘yicha don va don mahsulotlari sifatida tavofutlar mavjud bo‘lganda mazkur Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan tartibda reklamatsiya dalolatnomalari tuziladi.
IV. Shartnomani rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar hamda donni qayta ishlash yuzasidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga va boshqa korxonalarga, shuningdek jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha hisob yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
31. Donni xomashyo mahsuloti qaytarib olinishi asosida qabul qilib olish va qayta ishlash shartnoma asosida amalga oshiriladi, ularning dastlabki hisobi ham mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtiriladi, bunda mahsuloti qaytarib olinadigan xomashyo qiymati buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq balans hisob raqamlari sifatida hisobga olinadi.
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Mahsuloti qaytarib olinadigan don bo‘yicha laboratoriyada ham, buxgalteriyada ham miqdor va sifatni hisobga olishning tartib raqami qo‘yilgan va ip o‘tkazib tikilgan, tegishli imzolar qo‘yilgan va korxona muhri bosilgan alohida daftari yuritiladi.

Download 82.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling