Doniyorova Gavharning


Download 431 Kb.
bet14/15
Sana28.12.2022
Hajmi431 Kb.
#1016857
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Bobur ruboiylarida badiiy san’atlarning qo’llanilishi

Zilqofiyatayn – arabcha so’z bo’lib, ikki qofiyali demakdir.Zulqofiyatayn qo’llangan baytda ikkitadan to’rtta so’z qofiyadosh bo’ladi. Misol:
Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi,
Shod etmas emish ko’ngulni mehnatda kishi.
Ko’nglum bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh,
G’urbatda sevinmas emish, albatta kishi.
ushbu baytda “yod –shod”, “g’urbatda –mehnatda” so’zlari zulqofiyatayndir.
Radif – misralar oxiridagi so’z yoki so’zlar takroridir. Radif she’rdagi asosiy fikr ko’rsatkichi bo’lib, xushohanglik, xushjaranglik yaratuvchi sh’er unsuridir. Misol:
Ishqingda ko’ngul xarobadur, men ne qilay?
Hajringda ko’zum purobdur, men ne qilay?
Jismim aro iztirobdur, men ne qilay?
Jonimda ko’p alamlardur, men ne qilay?
Ichki qofiya – baytni to’rt bo’lakka, misrani ikki bo’lakka bo’lish va undan so’ng baytda asosiy qofiya kelishidir. Ana shu to’rt bo’lakning oldingi uch bo’lagi oxiridagi ohangdosh so’zlar “ichki qofiya” bo’ladi. Misol:
Labing bag’rimni qon qildi, ko’zimdin qon ravon qildi,
Nega holim yomon qildi, men andin bir so’rorim bor.
Ushbu misralardagi “qon”, “ravon”, “yomon” so’zlari ichki qofiyadir.
Boshqofiya – qofiyaning misra boshiga chiqib qolish hodisasidir. Misol:
Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmak ondin ortiq bo’lmas,
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.
Misra boshida qo’llangan “jondin”, “sondin”, “Ondin” so’zlari bosh qofiyadir.Quyidagi ruboiyda esa “tuz”, “yuz”, “uz” so’zlari boshqofiyani hosil qilgan:
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtai ayshdin ko’ngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Qofiya – bayt so’nggidagi har xil so’zlarning ohangdoshligidir.Misol:
Har vaqtki, ko’rgasen mening so’zimni,
So’zumni o’qib, sogingaysen o’zumni.
Vasling bila ko’nglimni Xudoy aylab shod,
Yoritti so’ng yuzing bila ko’zimni.
Ushbu baytdagi “so’zimni”, “o’zimni”, “ko’zimni” so’zlari qofiyadir.
Mukarrar – so’zlarning juft takroriga aytiladi. Misol:
Qayg’ungni cheka-cheka qoribtur Bobur,
Rahm aylaki, o’zidin boribtur Bobur.
Noranj yubordi sengaki, bilgaysen,
Ya’niki bu nav sarg’oribtur Bobur.
Bunda “Cheka –cheka” so’zlari mukarrar san’atini yuzaga keltirgan.
Tasdir – birinchi misra oxiridagi so’zni keyingi misra boshida takrorlashdir. Misol:
Tafakkur necha qilsam topilmas sening misling,
Paridek seni ko’rdim emassan magar inson.
Inson magar emassan, ko’rdim seni paridek,
Misling seni topilmas qilsam necha tafakkur.

Download 431 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling