Doniyorova Gavharning
Download 431 Kb.
|
Bobur ruboiylarida badiiy san’atlarning qo’llanilishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajohuli orifona
Irsolu masal (maqol qo’llash) – she’rda maqol, matal, hikmatli so’zlarni muayyan maqsadda tamsil yo’li (tamsil – maqol keltirish san’ati) bilan ishlatish usuli. Irsolu masal nazmda ham, nasrda ham qo’llaniladi
She’riyatga oid ilmiy asarlarda ta’kidlanganidek, adabiy asarlarda maqol, metal va hikmatli so’zlar, asosan, quyidagi uch yo’l bilan qo’llaniladi: 1) qo’llanilgan maqol, metal va hikmatli so’zlar shoirning aniq ishorasi bilan (derlar, aytibdurlar, masaldur, masaldurkim) beriladi. Misol: Ulkim, anga ilm ichra g’olib yo’qtur, Derlarki, beri kelurg’a rog’ib yo’qtur. Dedimki, bu so’z rost emastur, negakim, Tolibni tilar andaki, tolib yo’qtur. Ruju’ (qaytish) – tasvir ob’yektining dastlabki obrazli ifodasi (go’yo bu ifodaga ko’ngil to’lmagandek)dan qaytib, undan ma’noliroq, ta’sirliroq, kuchliroq, obrazli ifodaga o’tish usuli.Misol: Yod etmas emish kishini g’urbatda kishi, Shod etmas ko’ngilni mehnatda kishi, Ko’nglim bu g’ariblikda shod o’lmadi, oh, G’urbatda sevunmas emish albatta kishi. Bu ruboiyda ruju’ boshqacha usulda yuz bergan: birinchi misraga nisbatan ikkinchi misra, ikkinchi misraga nisbatan uchinchi misra va uchinchi misraga nisbatan to’rtinchi misra ruju’ vazifasini o‘taydi. Tajohuli orifona (bilib – bilmaslikka olish san’ati). Bunda shoir barcha narsani bilib turadiyu, ammo o’zini bilmagandek ko’rsatadi. Misol: G’urbat tug’i yopqon ruhi zardimnimu dey? Yo hajr chiqargan ohi sardimnimu dey? Lirik qhramonning ahvoli o’ziga ma’lum: g’urbat ko’raverib ranglari sarg’aygan, oh-fog’on chekaverib qalbi ozurda. Buni bilib bilmaslikka olish badiiy san’atini qo’llash orqali yanada ta’sirli chiqishini ta’minlagan. Talmeh ( nazar solmoq, ishora qilmoq) – she’rda mashhur qissa, mashhur bayt yoxud mashhur maqolga ishora qilish usuli. Bu san’at mumtoz adabiyotimizda keng qo’llanilgan, xususan, Bobur ruboiylarida ham ko’plab uchraydi. Misol: Konglumda nechaki sayr matlub o’lsa, Ahbobni so’rmoq dog’I marg’ub o’lsa. Gar hajring imtidodi mundin o’tar, Qolmas manga sabr – sabri Ayub o’lsa. Ruboiyda mumtoz adabiyotimizda sabr timsoli sanalgan Ayub payg’ambarga ishora qilinmoqda. Lirik qahramon yor hajrida cheksiz azob-uqubatlar ni boshidan o’tkazdi, bu sitamlardan jonidan to’ydiki, endi sabrning chegarasi ko’rinib qoldi. Quyidagi ruboiyda esa tarixiy shaxs Sulton Mahmudga ishora qilinmoqda: Bo’ldim meni oshuftayu hayron mardud, Qilg’il madadeki, bo’ldi imkon nobud. Dunyo bila uqboda rujum sandadur, Ey ikki jahonni shahi Sulton Mahmud! Bobur juda ko’p o’rinlarda talmeh san’atidan foydalangan. Masalan, quyidagi ruboiyda ham talmeh juda o’rinli qo’llangan: Yuz shukr de, Boburki Karimi g’affor Berdi menga Hindu, Sindu mulkidin bisyor! Issiqlig’iga gar senga yo’qtur toqat, Sovuq yuzin ko’ray desang, G’azni bor. Ruboiyda Hind, Sind, G’azni kabi shahar nomlari keltirilganki, bu nomlar Bobur hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega hisoblanadi.Chunki Boburning umri o’zga yurtlarda kechganligi ma’lum. Bundan tashqari bu ruboiyda tazod san’ati ham qo’llangan. Tazod san’atini “issig-sovug’” so’zlari tashkil etgan. Download 431 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling