Donli ekinlar Reja. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari


Download 15.84 Kb.
bet6/6
Sana20.10.2023
Hajmi15.84 Kb.
#1713174
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1. Donli o‘simliklarning morfologik belgilari. Donli ekinlarning-www.hozir.org

Kletchatka (selluloza) hujayra devorlari va don qobig‘ining asosini tashkil etadi. Suning uchun po‘stli donda kletchatka ko‘p bo‘ladi.

Kul elementlari asosan donning po‘sti va meva qobig‘ida ko‘proq bo‘ladi. G‘alla ekinlari kulida 50% ga yaqin fosfor va 30% kaliy bo‘ladi, qolgan qismi Mg, Sa, natriy, oltingugurt, temir tuzlari va boshqalarga to‘g‘ri keladi. Don tarkibida kletchatka va kul qancha kam bo‘lsa, u shuncha yuqori baholanadi.

Vitaminlar odam va hayvonlar organizmining to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi. G‘alla ekinlari doni tarkibida A, V, V2, V3, S, D, YE vitaminlar bor. Oziq-ovqat tarkibida ana shu vitaminlar bo‘lmasa yoki yetishmasa organizmda moddalar almashinuvi buziladi va avitaminoz kasalligi kelib chiqadi.

Fermentlar zapas oziq moddalar murtak yaxshi o‘zlashtiradigan shaklga o‘tishida katta rol o‘ynaydi. Uglevodlarni (kraxmal, shakarni) parchalaydigan diastaza, yog‘larni parchalaydigan lipaza, oqsilni o‘zlashtiradigan proteaza, oksidlovchi fermentlar oksidaza, peroksidazalar asosiy fermentlar hisoblanadi.

Sinov savollari.

1. Donli ekinlar morfologik va biologik belgilariga qarab qanday guruhlarga bo‘linadi ?

2. Donli o‘simliklarning morfologik belgilarini sanab bering?

3. Donli ekinlarning o‘sish va rivojlanish fazalari ?

http://hozir.org
Download 15.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling