Donni qayta ishlashda ishlatiladigan mashinalarning tuzilmasi va turkumlanishi


Ishlab chiqarish binolari ichiga chang chiqmasligi uchun mashinalarning


Download 26.86 Kb.
bet4/6
Sana21.06.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1638009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DONNI QAYTA ISHLASHDA ISHLATILADIGAN MASHINALARNING TUZILMASI VA TURKUMLANISHI

5. Ishlab chiqarish binolari ichiga chang chiqmasligi uchun mashinalarning
ishonchli germetikligi va aspiratsiya qilinishi. Bu talab asosan, don, krahmal,
shakar, un changlarining ma’lum konsentratsiyada portlashga xavfliligi va
yetarli jadallikdagi issiqlik manbalarining mavjudligi tufayli ham muhimdir.
6. Mashina va apparatlarning mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarida bayon qilingan talablarga muvofiq ishlashi. Xususan, tashqi tomondan mashinalar silliq va ixcham shaklni namoyon qilmog‘i kerak, bu holat ishlab chiqarish sanitariyasi va melinatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishni yengillashtiradi.
7. Ish jarayonini nazorat qilish va sozlashni avtomatlashtirish.
8. Mashinalarning aylanuvchan va ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi qismlarining statik va dinamik muvozanatda bo‘lishi. Mashina detal va yig‘ma qismlarini tayyorlashda yo‘l qo‘yiladigan noaniqliklar yoki boshqa nuqsonlar oqibatida, asosan shu detal yoki qismlar tayyorlashda ishlatiladigan materialning noto‘g‘ri taqsimlanishi natijasida ularning nomuvozanat holati yuzaga keladi. Nomuvozanatlangan holatning statik va dinamik ko‘rinishlari mavjud. Statik nomuvozanatlanganlik aylanuvchan jism og‘irlik markazining uning aylanish o'qiga nisbatan siljigan holda joylashuvi natijasida yuzaga keladi. Dinamik nomuvozanatlanganlik esa jism markaziy enersiya o'qining aylanish geometrik o‘qi bilan mos kelmasligi oqibatida paydo bo‘ladi. Nomuvozanatlangan detallarning aylanish paytida ba’zan juda katta qiymatga yetuvchi markazdan qochma kuchlar hosil bo‘ladi. Mashina elementlarining nomuvozanatlanganligi bino poli va uning tayanchlarining titrashiga, mashinaning podshipniklari va boshqa qismlarining yeyilishiga, energiya sarfming oshishiga, mashina unumdorligining pasayishiga, yeyilgan detallarni almashtirishga va xususiy ta ’mirlash ishlariga sarflanadigan mablag'ning oshishiga, majburiy tebranish va titrashlarning paydo bo‘lishiga, mashina ish sifatining yomonlashuviga va rezbali birlashmalarning o‘z-o‘zidan yechilib ketishiga olib keladi.
Shuning uchun ham mashinaning aylanuvchan qismlari statik yoki dinamik muvozanatlangan holatda bo‘lmog‘i kerak.

Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling