Donni qayta ishlashda ishlatiladigan mashinalarning tuzilmasi va turkumlanishi


MASHINA VA APPARATLARNING TEXNOLOGIYAVIYLIGI


Download 26.86 Kb.
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi26.86 Kb.
#1638009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
DONNI QAYTA ISHLASHDA ISHLATILADIGAN MASHINALARNING TUZILMASI VA TURKUMLANISHI

MASHINA VA APPARATLARNING TEXNOLOGIYAVIYLIGI
Mashina va apparatlarning texnologiyaviyligi deganda ulami berilgan masshtabda ishlab chiqarish va tayyorlashga sarflanadigan materiallarni tejagan holda ular konstruksiyasining optimal texnologik jarayon talablariga mos kelishi tushuniladi. Shunday qilib texnologiyaviylik – mashinalarni tayyorlashning texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini oshirish bilan bog‘liq bo'lgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo'lgan muhim texnikaviy asosdir. Mashina konstruksiyasining texnologiyaviyligi alohida tayyorlov detallarini tayyorlashdan boslilab, toki ulami yig‘ish va tayyor mashinani sinovdan o'tkazish bilan bog'liq bo'lgan ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlariga taaluqlidir. Oziq-ovqatishlab chiqarish mashina (apparat)larining umumiy mehnat sig‘imi, material sig'imi va massasi ularning texnologiyaviylik ko'rsatkichlari bo'lib hisoblanadi. Mashinaning umumiy mehnat sig‘imi tayyorlov jarayonlarining sig‘imi, ishlov berishning mexanikaviy, termik va boshqa turlarini, mashinani yig‘ish va sinovdan o'tkaz ish kabi ishlarni o ‘z ichiga oladi. Mashinalarni konstruksiyalashda mehnat sig'imining pasayishiga ularning detal va qismlarini unifikatsiyalash va normallashtirish ishlari ta’sir ko‘rsatishini hisobga olish kerak. Bu narsa mashinadan foydalanganda uning zarur ehtiyoj qismlarini qisqartirishga va ta ’mirlash ishlarini osonlashtirishga imkon beradi.
Mashinaning material sig'imi va massasi materialning umumiy sarfi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Mashina va apparatlami yasashda ulaiga sarfbo'ladigan metall miqdorini tejashni doimo esda tutmoq kerak. Mashina va apparatlarni konstruksiyalashda detallar massasini kamaytirish uchun yuqori mexanik xususiyatli materiallami tanlash maqsadga muvofiqdir. Bunda alohida qismlarni shtamplab va pishirib ish tutish maqsadga muvofiqdir. Mashina detal va qismlarini unifikatsiyalash va normallashtirish, standartlashtirilgan detal va buyumning maksimal keng miqyosida qo‘llanilishi mashinalaming seriya va texnologiyaviyligini oshiradi, binobarin, unumdorlikni ham oshirib ishlab chiqarish tannarxini pasaytiradi, loyihalashtirishni soddalashtiradi va tezlashtiradi, mashinaning ta’mirlash murakkabligini pasaytiradi va ehtiyot qismlar nomenklaturasini qisqartiradi. Metallarni mustahkamlashning zamonaviy progressiv usullaridan keng foydalanish lozim. Bu usullaiga roliklar bilan to'sinlash, termomexanikaviy ishlov berish, yuza qismini chiniqtirish, ssementlash, azotlash, xromlash, sulfidlash, mashina ishchi organlarining yuzasiga maxsus materiallami sepib yopishtirish islilari kiradi.
Masliinalami yasashda va ta’mirlashda sintetik materiallar (plastmassa)dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu materiallaming zichligi kichikbo‘lishiga
qaramasdan, ular yetarlicha mexanik mustahkamlik, egiluvchanlik, elastiklik va yuqori yeyilishga chidamlilik darajasi bilan ajralib turadi. Ko‘p holatlarda sintetik materiallardan foydalanish nafaqat mashinaning massasini pasaytiribgina qolmasdan, balki uning ishonchliligi va chidamliligini ham oshiradi va shu bilan birga tayyorlash tannarxi va mehnat sig‘imini kamaytiradi. Metallning o‘rniga plastmassaning ishlatilishi katta iqtisodiy samaradorlikka olib keladi, biroq detallarni loyihalashda ularning fizikmexanikaviy xossalarini sinchiklab o'rganish va hisobga olish zarur.
Mashina va apparatlar alohida murakkab bo‘lmagan birlashmalardan tashkil topgan bo‘lmog‘i kerak. Bu talabning bajarilishi ulami bo‘laklash, tashish va montaj qilish va ta’mirlash paytida bajariladigan ishlami osonlashtiradi. Material va detallarning davlat standartlari talablariga mos kelishi - ularni o ‘zaro almashtirishning zaruriy shartidir.


Download 26.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling