Donni saqlash va qayta ishlash
Download 0.87 Mb.
|
dondan labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
LABORATORIYA ISHI №4
M a v z u : Donning natura og’irligini aniqlash. 1-chi Natura og’irligini metrli Purkada aniqlash. Ishning maqsadi: Purka deb ataluvchi asbobdan foydalanib har hil bug’doy va arpa donlarining natura og’irligini aniqlashni urganish. Ishning mazmuni: Metrik purka asbobini ishlatish usuli bilan tanishish. Har hil ifloslanganlik darajasidagi va namlikdagi don namunalarining natura og’irligini aniqlash va standart bilan takkoslash. Ishning bajarilishi: Donning natura og’irligi deb uning 1litrdagi grammlarda ifodalangan massasi tushuniladi. Natura og’irligi ba’zan donning xajmiy og’irligi deb ham ataladi. Donning natura og’irligi uning to’lishganligiga, ifloslanganligiga va namligiga bog’lik. Donlar tulishmagan ya’ni puch bo’lsa, unda begona iflosliklar (organik iflosliklar)kup namlik yuqori bo’lsa ham natura og’irligi kamayib ketadi.Odatda donning natura og’irligi qancha yuqori bo’lsa uning sifati ham shuncha yuqori bo’ladi. Davlat standarti bo’yicha bug’doy, javdor, so’li, arpa va kungaboqar donning naturasi aniqlanadi. Donning naturasi mamlakatimizning turli zonalarida turlicha qabul qilingan. Masalan, bug’doy natura og’irligining bazis kondisiyasi mamlakatimizning turli zonalarida 730-735gl. qabul qilingan. O’zbekiston uchun 750gl. qabul qilingan. Don naturasi purka deb ataladigan maxsus g’alla tarozilarida aniqlanadi. Bizda asosan metrik parka qullaniladi.Metrik purka donning gramm mikdorini 1l. xajmida ifodalaydi. Metrik purkalar 1 va 20litrli bo’ladi. Amalda 1litrli purka ko’p qullaniladi. Donning natura og’irligini aniklaydigan litrli purka. O’lchami: 2-tuldirg’ich silindr: 3-voronkali silindr: 4-voronka, 5-tarozi toshi: 6-pichoq: 7-torozi koromislasi: 8-ulchov toshlari: 9-g’ilof: 10-torozi shtativi, 11-ulchashni joylashtiradigan uya: 12-ulchashga pichoqni joylashtiradigan uya: 13-ulchashga pichoqni joylashtiradigan oraliq: 13-torozi toshlari quyiladigan likopcha. Natura og’irligini aniqlash uchun purka teqis gorizontal yuzali stol ustiga o’rnatilib qutidan purkaning hamma qismlari olinadi: avallo torozi yig’iladi. Torozi muvozanatini qaror toptirish uchun torozi kosasi ostidagi vint buriladi. Keyin ulchagichdan posangi toshi chiqarib olinib quti qopqog’iga o’rnatiladi. Ulchagish shunday o’rnatilishi kerakki uning raqamlari tuynukdan purka bilan ishlaydigan kishi tomonga qaratilgan bo’lishi kerak. Ulchogich tuynugiga pichog’i o’rnatiladi va unga posangi toshi quyilib o’lchashga tuldirg’ich joylanadi. Don purkaning voronkali silindrga ma’lum bir oqimda (siljitmasdan) tukiladi. Agar silindrda belgilangan joyi bo’lmasa don uning yuqori qismiga etkazmasdan solinadi, umuman don yuzasi bilan silindr yuqori qismi oxiridan 1sm. joy qolishi kerak. Don bilan tuldirilgan silindr tuldirgichga joylanib chap qul barmog’i bilan voronkaning zatvori ochiladi,keyin chap qul bilan ulchagichni ushlab ung qul bilan tezlikda tuynukdan pichoq sug’urib olinadi. Posangi va don ulchag’ichga tushadi,shundan keyin sekingina yana pichog’ni tuynukka uz joyiga quyiladi. Don tuldirilgan ulchagich silindr tuldirgichdan olinib 0,5g aniklik- kacha tortiladi. Don natura og’irligini bilgan holda 1mz. dagi don og’irligini oson aniqlash mumkin. Buning uchun natura og’irligini 1000ga. kupaytirish kerak bo’ladi. Huddi shunday donning butun bir partiyasini saqlashda omborxona hajmini hisoblash mumkin. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling