Donni saqlash va qayta ishlash
Download 0.87 Mb.
|
dondan labaratoriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asboblar va materiallar
Ishning bajarilishi:
Don ifloslanganligi o’rtacha namunadan yirik begona qo’shimchalarni somon. qiltik, kesak, tuproq, toshchalarni ajratgandan keyin aniqlanadi. Buning uchun teshikchalari 6mm. elak yordamida don elanadi. Donning ifloslanganlik darajasini qulda yoki ajratg’ichda krest shaqlida ajratib olinadi va o’rtacha namunadan aniqlanadi. O’zbekiston Davlat standarti 10939-64talabiga muvofik bu maqsad uchun bug’doy, arpa, tariq, grechixa, sholilardan 50g. kunjut urug’i va boshkalardan 25g. raps, gorchisadan – 10g, makkajuxori, nuxat, loviya, kanakunjut, pista donlaridan q 100g. olinadi.25g.yoki undan oshiqroq tortim 2kg. yukni tortadigan texnik tarozida 0,1g. aniqlikda tortiladi. Bug’doy doni tarkibidagi mayda donlarni va ifloslanganlikni aniqlash uchun urtacha namunadan 50g. ajratilib quyidagi elaklarning nusxalarida 1-tagligi,2-1mm. aylana elak, 3-1,7mm .teshikchali, 4-2,5x20mm, 5-kopkok elanadi. Donni elash uchun elaklar yig’indisini va tortimni stol ustiga kuyiladi. Elash 3minut davomida bajarilib 110-120marta kul bilan silkitib elak xuddi un elangandagiday elanadi. Mayda ulchamdagi begona qo’shimchalar 1mm. teshikchali elakda elanib begona ut qo’shimchalari fraksiyasiga qushiladi. L,EX20mm. elakdan utgan don va begona aralashmalar uchta fraksiyaga ajratilib begona ut qo’shimchalari,don qo’shimchalari va asosiy don mayda donlar xisoblanib olingan namuna og’irligiga nisbatan foizda ifodalanadi. Begona ut va don qo’shimchalari fraksiyalari birlashtirilib texnik torozida 0,01g. aniqlikda tortilib olingan namuna og’irligiga nisbatan foizda aniqlanadi. Umumiy ifloslanganlikni aniklash uchun donning o’rtacha namunasidan ajratilgan xamma begona qo’shimchalar tarozida tortiladi va tortim og’irligiga nisbatan foizda aniklanadi. Kerakli asboblar va materiallar: Ajratish asbobi,texnik tarozi,taxta,shpatellar,don namunasi. Nazorat savollari: Donning ifloslanganligi deb nimaga aytiladi? Dondan begona qo’shimchalar qanday ajratiladi? Begona qo’shimchalar va ularning foiz miqdori qanday aniqlanadi? Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling